Grafik dizaynerlikni nimadan va qayerda o'qishni boshlash mumkin?
Tabiiyki, bu kasbni egallash uchun faqatgina istakning o'zi yetarli emas. Avvaliga kasbni o'rganish uchun juda ko'p narsa talab qilinadi, masalan:
Bir qator kompyuter dasturlarda ishlay olish;
Rassomchilik, rangli tasvir, grafikalar va shu kabilarda nazariy asoslarga tayanish;
Shriftlar bilan ishlash;
Grafika turlarini tushunish;
Mijozlarni topishni va h.k;
Ishingizni professionali bo'lish uchun siz ko’p va uzoq izlanishingiz kerak. Yuqorida aytib o'tganimdek, ushbu kasbni egallash uchun maxsus ta’lim shart emas. Kerakli dasturlar yordamida bemalol o'zingiz mustaqil o'rganishingiz mumkin.
Agar, sizda oliy ma'lumotingiz bo'lsa, lekin siz faqat kasbni o'zgartirishni xohlasangiz, unda siz grafik dizayn bilan shug'ullanmoqchimisiz yoki yo'qligini tushunish uchun kurslarni boshlashingiz mumkin.
Bu havolalarda siz masofaviy kurslar haqida ko'proq foydali ma'lumotlarni topishingiz mumkin:
http://www.parta.com.ua/edu_online/professional/web_design
http://artfuture-school.ru/courses/online/online-reklama.html
http://freeonlinecourses.ru/category/dizajjn/graficheskijj-dizajjn
Bu kurslar rus tilidaligini aytib o'tishim kerak. Afsuski, bizda xali grafik dizaynerlikni o'rgatadigan onlayn kurslar mavjud emas.
Kasbiy rivojlanishga qiziqish bildiradigan har qanday shaxs uchun profil kitoblar zarur. Grafik dizaynerlar bundan mustasno emas. O'zingiz o'qishni xohlaganingizni tanlang, lekin grafik dizaynerlarning ko'pchiligining fikriga ko'ra, grafik dizaynerning ish stolida turishi kerak bo'lgan kitoblari ichida eng yaxshi 10 ta kitoblarning nomlari va mualliflarini quyida keltirdim:
Belskiy "G’oyalarni amalga oshirish»( С. Белски «Воплощение идей»).
Nyuark " Grafik dizayn nima?». (К. Ньюарк «Что такое графический дизайн?»).
E. Tuemlov " Grafik dizayn: o'zgacha uslub» (Э. Туэмлоу «Графический дизайн: фирменный стиль»).
«Mijozlar bilan ishlash uchun grafik dizaynerga ko'rsatma» («Руководство графического дизайнера для работы с клиентами»).
«Elementar brend ishlab chiqish» («Элементарное создание бренда»).
Gordon, M. Gordon “Grafik dizayn. Master-klass”. (Б. Гордон, М. Гордон «Графический дизайн. Мастер-класс»).
Hembry «Grafik dizayn ustasi».( Р. Хембри «Графический дизайн»).
Royem "Vizual fikrlash. Vizual tasvirlar yordamida fikringizni qanday sotish mumkin ". (Д. Роэм «Визуальное мышление. Как продавать свои идеи при помощи визуальных образов»).
Ustin «Dizayndagi kompozisiya». (В. Устин «Композиция в дизайне»).
Monteyro «Dizayn bu- ishdir». (М. Монтейро «Дизайн – это работа»).
(Agar kitoblarni o'zbek tilidagi varianlarini topa olmasangiz, rus tilidagi nomlarini keltirdim.)
Grafik muharrir qanchalik ko'p dasturlarni bilsa, ishlashi shunchalik oson bo'ladi. Dasturlarni o'rganing va o'z mahoratingizni oshirib boring.
Eng muhimi — o'zingizni ishonchli foydalanuvchi deb his qilish va loyiha ustida ishlash uchun, iloji boricha ko'proq amaliyot bilan shug’ullaning.
Albatta, grafik dasturlarning barchasini o'rganish mumkin emas. Bilim va ko'nikmalar asta-sekin keladi. Bu maqolada sizni grafik dizayner faoliyatini boshlash uchun kerak bo'ladigan asosiy 3 ta dastur bilan tanishtiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |