FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“SAN`ATSHUNOSLIK” FAKULTETI
“TASVIRIY SAN`AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI”
YO`NALISHI 17.18 - GURUH TALABASI
MIRZOA`ZAMOVA MEHRANGIZNING
KOMPYUTER VA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANIDAN
“KOMPYUTER GRAFIKASI FANI TARIXI VA
RIVOJLANISHI ASOSCHILARI”
MAVZUSIDA YOZGAN
REFERATI
Mavzu: Kompyuter grafikasi fani tarixi va rivojlanishi asoschilari
Reja:
1. Kompyuter grafikasi haqida tushuncha.
2.Kompyuter grafikasining paydo bo`lishi va asoschilari.
3. Kompyuter grafikasi sohalari va uning afzalliklari.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Zamonaviy kompyuter texnologiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommabop yo`nalishlardan biri bo`lib bormoqda. Hozirda bu yo`nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug`ullanmoqda.
Kompyuter grafikasi- kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashhur yo`nalishlardan biri. Kompyuter grafikasisiz har qanday zamonaviy multimediya dasturi ish yurita olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda ko`pgina tasvir va bezak ishlari grafika dasturlari orqali amalaga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik dasturlar keng qo`llanila boshlandi.
Kompyuter grafikasi – grafik displey ekranida tasviriy informatsiyani vizuallashtirish (“ko`rinadigan” qilish). Tasvirni qog`ozda, fotoplyonka, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o`chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo`nalishda toraytirish yoki cho`zish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn o`zlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o`zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar “qistirmalari”ni, multfilmlar yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa sohalarda qo`llaniladi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o`zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, programma vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko`zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu sohaning hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo`nalishlarni tinmay o`rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o`zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya`ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o`zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish majmualari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |