Internet uchun yaratilgan grafik fayllarning formatlari
Web sahifa qancha ko’p grafikadan iborat bo’lsa, foydalanuvchi tomonidan ko’rish jarayonida uning ochilishi shunchalik sekin amalga oshadi. Ammo badiiy grafik elementlardan foydalanilmagan sahifalar individualligini va o’ziga xosligini yo’qotadi. Shuning uchun sayt loyixalovchisi dizayner va foydalanuvchi orasida vositachi vazifasini o’tashi va ikkala tarafning talab va takliflari bilan o’rtoqlashib, informatsiyani chiroyli va tushunarli ko’rinishda tezkor yetkazib berish masalasini xal qilishi lozim.
GIF va JPEG - eng keng tarqalgan grafik formatlar bo’lib, ular allaqachon Internet sahifalari uchun standart formatlar darajasiga aylangan, ularning ikkovi xam yetarlicha universal va ko’p sonli brauzerlar tomonidan qiladi.
Web sahifa uchun rasmlarni JPEG , illyustratsialarni GIF formatda saqlagan ma’qul.
GIF -formati:
256 xil rangga ega, agar sizda murakkab rang aralashmalaridan va juda mayda ob'ektlardan iborat rasmlar mavjud bo’lsa, ularni GIF formatga o’tkazish natijasida tasvirdagi tabiiylik yqoladi.
GIF fayllarini arxivatorlar yordamida siqqanda ularning xajmi deyarli o’zgarmaydi, ya'ni bu turdagi fayllar arxivlanganda siqilmaydi.
Rasmlarni ochish vaqtida tasvirlar qatorma-qator hosil qilinadi, natijada, tasvir to’liq ochilmay turib undagi ob'ekt xaqida xulosa chiqarish imkoni yuzaga keladi.
Tasvir fonining shaffofligiga erishish mumkin, bu ayniqsa tasvir Internet sahifasida fon ustiga joylashtirilgan xol uchun juda qulay.
Bir nechta qatlamlarni ustma-ust joylashtirish imkoniga ega. Bu imkoniyatdan asosan GIF animatsiyalarni yaratishda foydalaniladi.
GIF formatining ob'ektlari: matn, logotip, illyustratsiyalar, animatsiyali rasmlar, shaffof qismlarga ega rasmlar.
JPEG formati:
Rangli rasmlarni 16,7 mln ga yaqin ranglarda saqlash imkonini beradi.
Fayllarni siqish natijasida tasvir sifati o’zgarmay qoladi, uning xajmi esa bir necha barobar kamayadi, bu Web sahifalarning ochilish tezligini oshiradi.
Progressiv yuklanishga ega, ya'ni tasvir avval past sifat bilan paydo o’lbadi, keyin yuklanish jarayonida tasvir sifati asta-sekin yaxshilanib boradi.
JPEG formatining ob'ektlari: format ko’p murakkab ranglar aralashmasi va mayda ob'ektlardan iborat rasmlarni saqlash uchun qo’l keladi.
1-amaliy topshiriq.
1-mashq. RGB formatdagi ranglarni aniqlashni o’rganish. Bajarishga oid ko’rsatma: CorelDRAW dasturini ishga tushiring, uskunalar paneli (Tool Box) dan to’g’ri to’rtburchak chizish uskunasi (Instrument pryamougol'nika, Rectangle tool) ni oling, tezkor tugmasi F6, sahifa markaziga o’tib to’rtburchak chizing. Bir xil rang bilan bo’yash uskunasi (Instrument odnorodnoy zalivki, Fill color dialog) ni oling, tezkor tugmasi Shift+Q (F11), ochilgan muloqot oynasining Model qatorida RGB ni o’rnating, Components qatorining parametrlarini o’zgartirib kerakli ranglarni hosil qiling.
255:0:0
0:255:0
45:100:150
2-mashq. CMYK formatdagi ranglarni aniqlashni o’rganish. Bajarishga oid ko’rsatma: yuqoridagi ketma-ketlikning Model qatorida CMYK ni o’rnating.
15:25:45:65
100:100:100:100
0:0:0:100
50:50:50:0
Eslatma:
Bundan keyin, agar uch rang kanali ko’rsatilgan bo’lsa RGB, to’rt rang kanali ko’rsatilgan bo’lsa CMYK palitrasi xaqida gap ketmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |