Kompyuter dasturlari bilan ishlash bugungi kunda insonlarning birlamchi ehtiyojiga aylanib bormoqda



Download 18,29 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi18,29 Kb.
#225312
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Kompyuter dasturlari bilan ishlash bugungi kunda insonlarning birlamchi ehtiyojiga aylanib bormoqda. Bu jarayonda ularning o‘zbek tilidagi variantini ishlab chiqish shu tilda so‘zlashuvchilarning dasturdan foydalanish imkoniyatini oshiradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Dasturlarning o‘zbek tilida yaratilishi uchun esa, eng avvalo, texnik ta’minotdan tashqari lingvistik ta’minotni ham mukammal ishlab chiqish talab etiladi. O‘zbekcha matnlarni ovozlashtirish dasturini ishlab chiqishda unga lingvistik ta’minot tayyorlash jarayonida tadqiq etish zarur bo‘lgan ayrim masalalar ham bor.

O‘zbekcha matnlarni ovozlashtirish dasturi logografemalarni o‘qishi uchun arab hamda rim raqamlarini dasturning lingvistik ta’minotiga ham yozma, ham ovozli tarzda kiritish lozim bo‘ladi. Shuningdek, bu belgilar son so‘z turkumi doirasida o‘rganilgani uchun ham sonning grammatik ma’no turlarini o‘rganib chiqish va ularning qay tarzda dastur ta’minotiga kiritilishini ko‘rib chiqishimizga to‘g‘ri keladi. Son grammatik ma’nosiga ko‘ra miqdor va tartib sonlarga tasniflanadi. Miqdor son ham o‘z ichida sanoq, dona, chama, jamlovchi, taqsim sonlarga bo‘linadi. O‘zbekcha matnlarni ovozlashtirish dasturi sanoq, dona, chama, jamlovchi sonlarni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Lekin taqsim sonning turlari bo‘lgan kasr hamda aralash sonlarni o‘qishda muammo yuzaga keladi: , 2/5 (beshdan ikki yoki ikki taqsim besh), (uch butun o‘ndan ikki). Dastur kasr va aralash sonlarni o‘qishda taqsim, butun kabi so‘zlarni avtomatik tarzda kasr chizig‘i yoki butunni anglatuvchi ifoda uchun qo‘llay olishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun esa kasr chizig‘i kelgan o‘rinlarda taqsim so‘zini va aralash son kelgan o‘rinlarda butun va o‘ndan, yuzdan, mingdan, o‘n mingdan va h.k. so‘zlarni qo‘llash uchun ularni lingvistik ta’minotga kiritish lozim bo‘ladi.

O‘zbekcha matnlarni ovozlashtirish dasturi tartib sonlardagi chiziqchani juft sonlar, juft so‘zlardagi defisdan farqli o‘qishi uchun bu dasturga lingvistik ta’minot ishlab chiqish mobaynida bunday masalalarga e’tibor qaratish va muayyan qoidalarni kiritish muhim.

O‘zbekcha matnlarni ovozlashtirish dasturi qisqargan shaklda matnda qo‘llanilgan hisob so‘zlarini aslidek berilgan son bilan birga o‘qib berishi uchun dastur ta’minotiga ularning audio formatda tayyorlangan ro‘yxati kiritilishi talab etiladi.

Tinish belgilari matnda so‘zlarning, gaplarning ohangini belgilaydi. O‘zbekcha matnlarni ovozlashtirish dasturi gaplarni, gap tarkibidagi so‘zlarni, birikmalarni tegishli ohangda o‘qishi uchun dastur lingvistik ta’minotini ishlab chiqishda bu masalalarga e’tibor qaratish zarur. Dastur tabiiy talaffuz intonatsiyasini hosil qilib bera olmasligi mumkin, lekin kerakli o‘rinlarda qo‘llanilgan tinish belgilarini nomi bilan o‘qib berishi masalaning yechimi bo‘la oladi.

Yuqoridagi fikrlarimizni xulosalab aytishimiz mumkinki, o‘zbekcha matnlarni ovozlashtirish dasturining har qanday o‘zbek tilidagi matnlarni hech qiyinchiliksiz o‘qib berishida uning lingvistik ta’minotining qay darajada muakammal ishlab chiqilgani katta ahamiyatga egadir. Xususan, hozirda biz amalda lotin hamda kirill yozuvidan foydalanamiz va dasturning har ikkala yozuvda bitilgan matnlarni o‘qib berishi bizga o‘zbek tilida mavjud boy merosdan unumli foydalanishimizni ta’minlaydi. Shuningdek, o‘zbek tiliga boshqa tillardan, asosan, rus tili va u orqali boshqa tillardan o‘zlashgan ruschainternatsional so‘zlarni tadqiq etish va bunday so‘zlarni dastur lingvistik ta’minotiga kiritish masalalarini o‘rganish vazifasi ham oldimizda ko‘ndalang turibdi. O‘zlashma so‘zlarning talaffuzi o‘zbek tili so‘zlari talaffuzidan farq qilgani bois ham ularning audio formatdagi ham yozma shaklini lingvistik ta’minotga kiritish dasturning bunday so‘zlarni xatosiz o‘qishiga imkon yaratadi.



Matn turli sohalarga oid bo‘lishi mumkin, o‘zbekcha matnlarni ovozlashtirish dasturidan barcha soha vakillari o‘z sohalaridagi adabiyotlarni o‘qish uchun foydalanishlari tabiiy hol. Mana shu jihatlarni inobatga olgan holda daturning mukammal ishlashi, barcha sohalardagi matn turlarini o‘qib berishi uchun qisqartmalar, logografemalar, chiziqcha bilan yozilgan so‘zlar, tinish belgilari, lotin tili so‘zlari, matematik amallar, belgi, simvollar, shuningdek, sheva so‘zlarini ham o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Qolaversa, qadimgi turkiy tilga oid so‘zlar, eski turkiy til manbalaridagi so‘zlar ham bundan mustasno emas.
Download 18,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish