1982 yil Intel kompaniyasi navbatdagi 80286 va 80287 mikroprosessor va soprosessorlarni sotuvga chiqardi. Kompaniyaning bundan oldingi unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan 80186 va 80187 rusumli . mikrosxemalaridan farqli ravishda bu mikrosxemalar IBM PC AT286 rusumli shaxsiy kompyuterlarda foydalanildi. O’z navbatida bu shaxsiy kompyuterlar unda ishlatilgan mikroprosessorlarning yanada ommaviylashishiga olib keldi.
Ko’plab firma va kompaniyalar IBM PC o’rnini bosuvchi shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqara boshladilar. Ba’zan bu kompyuterlar original (asl) IBM PCdan ham kuchli va qulay chiqardi, chunki klonlar originalda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf qilishga ulgurar edilar. Bundan tashqari, bu klon kompyuterlarning deyarli barchasi originaldan arzon tushardi. Asta-sekin IBM kompaniyasi shaxsiy kompyuterlar bozoridagi mavqyesini yo’qota boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |