1985 yil Intel kompaniyasi o’zining navbatdagi 80386DX va 80386SX mikroprosessorlarini ishlab chiqdi. DX (Double – qo’sh) qisqartmali mikroprosessorga matematik soprosessor ham kiritilgan edi. Ulardan farqli ravishda SX (Single – yakka) qisqartmali mikroprosessorda matematik soprosessor yo’q edi. Bu mikrosxemalar birinchi 32 razryadli mikroprosessorlar edi.
Ular asosida yaratilgan birinchi 32 razryadli IBM PC AT386 shaxsiy kompyuterlarni dastlab Dell firmasi sotuvga chiqardi. IBM kompaniyasi o’zining yetakchilik mavqyesini yo’qotdi va keyinchalik bir necha marta urinishiga qaramay uni qaytarib ola olmadi.
Bu shaxsiy kompyuterlarning yana bir jihati ularda yangi avlod grafik operasion tizimlari: Windows ni o’rnatish va unda bemalol ishlash mumkin edi. Bu kompyuterlarning imkoniyatlari uch o’lchovli grafika bilan ishlan uchun ham yetarli edi. Birinchi uch o’lchovli o’yin – Wolfstein shu kompyuterlar uchun yaratildi. Keyinchalik uch o’lchovli o’yinlar ishlab chiqish juda katta tijoratga aylandi va kompyuter texnikasining jadal rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |