UNIX operatsion tizimi. UNIX — ko‘p foydalanuvchili, ko‘p masalali OT bo‘lib, u dasturlarni va turli foydalanuvchilarning fayllarini etarlicha kuchli himoya vositalarini o‘z ichiga oladi.
UNIX OT dasturlarining ko‘p qismi Si tilida yozilgan (DOS va OS/2 dagi kabi assemblerda emas) va mashinaga bog‘liq emasdir, bu OT ning yuqori harakatchanligini va amaliy dasturlarni universal EHM ga, mini EHM ga va turlicha arxitekturali ShK larga osongina o‘tkazishni ta’minlaydi. UNIX oilasidagi OT ning muhim xususiyati uning modulliligi va keng servisli dasturlar to‘plami bo‘lib, ular foydalanuvchi-dasturlovchilar uchun qulay operatsion vaziyatni yaratishni ta’minlaydi (ya’ni bu tizim amaliy dasturlovchilar mutaxassisligi uchun alohida samaralidir).
WINDOWS NT operatsion tizimi. WINDOWS NT- ko‘p foydalanuvchili, ko‘p masalali, ko‘p oqimli OT dir, u WINDOWS 95 interfeysiga deyarli o‘xshash bo‘lgan grafikli foydalanuvchi interfeysiga eta.
Bu operatsion tizimning o‘ziga xos xususiyatlari:
• ichiga qurilgan tarmoqdi yordam berish — boshqa OT lardan farqli ularoq u boshidayoq hisoblash tarmog‘ida ishlashni hisobga olib yaratilgan, shuning uchun foydalanuvchi interfeysiga fayllar, qurilmalar va ob’ektlarni birgalikda tarmoqli ishlatish vazifalari moslashtirilgan;
• muhimlik bo‘yicha ko‘p masalalik, bu yuqoriroq muhimli ilovalarning quyi muhim ilovalarni siqib chiqarishiga imkon beradi, xususan, "to‘xtab qolgan" ilovalarni bajarishda tizimning ishlamay turib qolishini avtomatik bartaraf qilish hisobiga mashina vaqtini yanada samaraliroq ishlatish imkonini beradi;
Ms Dos Operatsion Tizimi. Mustaqil ravishda ham, WINDOWS operatsion tizimi tarkibida ham qo‘llaniladi.
MS DOS ning asosiy tarkibny qismlari:
• Kiritish-chiqarish bazaviy tazini (BIOS — Basic Input Output System);
• Operatsion tizimning yuklovchisi (boshlang‘ich yuklash dasturi Boot Record);
• Kengaytma bloki BIOS (IBMBIO. COM fayli yoki unga o‘xshashlar);
• DOS bazaviy bloki (IBMDOS. COM fayli yoki unga o‘xshashlar), uni ko‘pincha uzulishlarni qayta ishlash bloki deb ataladi;
• To‘g‘rilangan ichki makrobuyruqlarni o‘z ichiga olgan buyruqli processor (COMMAND. COM dasturi) (servis va xizmat ko‘rsatish
qims dasturlari, fayllarga xizmat ko‘rsatiladigan ko‘p qims dasturlar);
• Tizim konfiguraciyasi fayli (CONFIG. SYS buyruqlar to‘plani);
• Jarayonlarni avtoyuklash fayli (AUTOEXEC. BAT buyruqlar to‘plani).
MS DOS bilan birgalikda DOS ga rasniy kirmaydigan, tizimning resurslari bilan ishlashni engillashtiradigan Tashqi makrobuyruqlar va servisli utilitalar va Tashqi qurilmalarning drayverlarini yuklaydigan fayl ham etkazib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |