UNIX operatsion tizimi. UNIX — ko‘p foydalanuvchili, ko‘p masalali OT bo‘lib, u dasturlarni va turli foydalanuvchilarning fayllarini etarlicha kuchli himoya vositalarini o‘z ichiga oladi.
UNIX OT dasturlarining ko‘p qismi Si tilida yozilgan (DOS va OS/2 dagi kabi assemblerda emas) va mashinaga bog‘liq emasdir, bu OT ning yuqori harakatchanligini va amaliy dasturlarni universal EHM ga, mini EHM ga va turlicha arxitekturali ShK larga osongina o‘tkazishni ta’minlaydi. UNIX oilasidagi OT ning muhim xususiyati uning modulliligi va keng servisli dasturlar to‘plami bo‘lib, ular foydalanuvchi-dasturlovchilar uchun qulay operatsion vaziyatni yaratishni ta’minlaydi (ya’ni bu tizim amaliy dasturlovchilar mutaxassisligi uchun alohida samaralidir).
Do'stlaringiz bilan baham: |