OS/2 operatsion tizimi. OS/2 (Operating Sistem/2) bitta foydalanuvchili ko‘p masalali OT dir, bir tomonlama (MS DOS -> OS/2) MS DOS bilan dasturli kelishadigan hamda 80286 va undan yuqori MP bilan ishlash uchun (IBM PC AT va PS/2 ShK) mo‘ljallangan. OS bir vaqtning o‘zida 16 tagacha dasturni bajarishi mumkin (ularning har biri o‘zining xotira segmentida), lekin ularning ichida faqat bittasi MS DOS uchun tayyorlangan bo‘ladi.
OS/2 ning muhim xususiyatlari quyidagilardir:
• foydalanuvchining ko‘p oynachalik interfeysining borligi;
• qiymatlar bazasi tizimi bilan ishlash uchun dasturli interfeyslarning borligi;
• lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun samarali dasturli interfeyslarning borligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |