Katta kompyuterlar. – Fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarini yechishga mo’ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi supperkompyuterlarnikiga nisbatan bir-ikki pog’ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY, IBM 390, 4300, IBM ESG’9000, Fransiyaning Borrous 600, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar. Hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning o’lchamlari tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |