K laster metodi
B irinchi avlod mashinalari 50 yillarda ishlab chiqarilgan bo’lib, asosiy komponent-lari elektron lampalardan iborat bo’lgan. Bu EHMlardagi minglab lampalar elektr energiyasini ko’p miqdorda talab qilgan, katta miqdorda issiqlik ajratib chiqargan va ko’p joyni egallagan. Bu mashinalarning amallarning bajarish tezligi past, xotira sig’imi kichik va tez-tez ishdan chiqib turgan. Dasturlar mashina kodida yozilgan. Dastur tuzuvchi o’zi xotira yachekasini dastur orqali taqsimlangan. Sobiq ittifoqda birinchi elektron hisoblash mashinasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida 1951 – yili Ukraina Fanlar Akademiyasi elektron institutida yaratildi va “MESM”(Malaya elektronno-schetnaya mashina) kichik elektron mashinasi deb nom oldi. 1954-yili aniq mexanika va hisoblash texnikasi institutida S.A.Lebedev rahbarligida “BESM”(Bolshaya eletronno-schetnaya mashina) katta elektron mashinasi yaratildi, u 2048 ta xotira yacheykasiga ega bo’lib sekundiga 9 ming amalni bajarar edi. O’sha vaqtda u jahondagi eng tezkor mashina edi. Birinchi avlod mashinalariga BESM -2 strеlа M-3 , Minsk Urаl-1, Urаl -2, M-20 vа boshqаlаr kirаdi.
6 0-yillarning boshlarida elektron lampa o’rniga yarim o’tkazgichli bazasida yaratilgan tranzistorlar ishlatila boshlandi, bu esa mashinaning massasi, o’lchamlari va iste’mol qiladigan energiyani, issiqlik ajratishini keskin kamaytirish imkonini berdi. Yarim o’tkazgichli mashinalar EHMning ikkinchi avlodi bo’ldi va ularning ishlash ishonchliligi va tezligi ancha oshdi. Bu avlodga mansub mashinalarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning qo’llanish sohasi bo’yicha ixtisoslshtirilishidir. Bu mashinalarda qo’yilgan masalalarni yechish uchun dasturlash tillaridan foydalanila boshlandi.
A pparatlar bloklari – mujassamlangan integral sxemalarning sanoatda ishlab chiqarilishi 60 –yillarning oxirida uchunchi avlod EHM larning yaratilishiga olib keldi. Sobiq ittifoqda yaratilgan katta va o’rtacha EHMlar (Ural-11,Ural-12, Ural-15 va yagona tizimli ES EHM lari ) va SM seryali EHMlar shular jumlasiga kiradi. Bu mashinalardan eng quvvatlisi hisoblangan ES-1060 sekundiga 1.5 mln. amalni bajarar edi. ES-ning joriy xotirasi yuzlab kilobayt va megabayt bilan o’lchanadi. Uchinchi avlod EHMlarini joylashtirish uchun maxsus jihozlangan mashina zallari talab qilinar edi.
Katta integral sxemalarning paydo bo’lishi sonli axborotlarni qayta ishlab chiqadigan dastur asosida boshqariladigan qurilmalar – mikroprotsessorlarning yaratilishiga olib keldi.
S anoatda 70-yillarda mikroprotsessorlar asosida to’rtinchi avlod mashinalari –mikro EHM ishlab chiqarila boshlandi. To’rtinchi avlod mashinalari tarkibiga “ELBRUS-2”, ”M-10”, ”Korvet”, ”AGAT-9”, ”PRAVES-8A”, IBM PC kompyuterlari ham mansub.
Beshinchi avlod EHMlari-bu to`rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intelektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalari avto`matik ravishda yechishni dasturiy ta`minot va muloqot prossesori borligi bilan farq qiluvchi, universal su`niy tafakkur mashinalaridir.
Bеshinchi avlod EHMlari — bu to’rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intеllеktual intеrfеys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda еchishning dasturiy ta’minoti va muloqot protsеssori borligi bilan farq qiluvchi, univеrsal sun’iy tafakkur mashinalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |