MUHAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNVARSITETI FARG’ONA FILIALI
KOMPUTER INJINERING FAKULTETI
AXBOROT XAVFSIZLIGI YO’NALISHI
640-20-GURUH TALABASI
UMARALIYEV ELMURODNING
MA’LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGARITMLAR FANIDAN MUSTAQIL ISHI
Reja:
1. Dasturlashda ma’lumotlar tuzilmasining o’rni va axamiyati
2. Ma’lumotlar turlari, ularni e’lon qilish va tasvirlash tushunchalari
3. Ma’lumotlar turlari va tasvirlash tushunchalari
4. Statik ma’lumotlar tuzilmasi
5. Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi
6. Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi
7. Xalqasimon bog’langan ro’yxatlar
8. Chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasi
9. Rekursiv algoritmlar va ularning funktsiyalari
10. Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasi va ular ustidagi amallar
11. Binar daraxtlar bilan ishlash
12. Muvozanatlangan binary daraxtlar
13. Yo’naltirilgan va yo’naltirilmagan graflar
14. Binar to’plamlar shaklidagi ma’lumotlar tuzilmalari
15. Qidiruv algoritmlarini qiyosiy tahlili
16. Saralash algoritmlarini qiyosiy tahlili
17. Ma’lumotlarni xeshlashtirish
18. Xesh jadvallar
1. Dasturlashda ma’lumotlar tuzilmasining o’rni va axamiyati
Maqsadi (ing.: purpose) - turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
Vazifasi (ing.: objective) – talabalarni turli xil ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o’quv jarayonlariga tadbiq etish usullari o’rgatishdan iboratdir.
Kurs talabalarni tuzilmalar ko’rinishida ma’lumotlarni gayta ishlash, optimal algoritimlar ishlab chiqish va dasturlash ko’nikmalarini takomillashtirishga yo’naltiradi.
Ushbu kurs quyidagi 3 bo’limdan iborat:
· Ma’lumotlar, tuzilmalar, rekursiya va ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash
· Standart ma’lumotlar tuzilmalari kutubxonasi bilan ishlash
· Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish. Ma’lumotlar tuzilmalarini modellashtirish
Ma’lumot - bu biror bir ob’ekt, jarayon, hodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir.
Berilgan ma’lumot (belgi)lar qanday qiymat qabul qilishiga qarab ma’lumotlarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar dastur tuzish uchun zarur bo’lgan tushunchalar sifatida qaraladi. O’rnatilgan ma’lumotlar tuzilmasi ikkilik miqdor (kodlangan ma’lumot)lar saqlanadigan registrlar va xotira so’zlarini ifodalab beradi. Qurilmani loyihalash uchun ishlab chiqilgan algoritm – bu elektron mantiqiy qurilmalarda qat’iy amalga oshiriladigan qoidalar bo’lib, xotirada saqlangan ma’lumot bajarilishi lozim bo’lgan komanda sifatida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |