4-ma’ruza. Chizma va sxemalar, ularning farqi. Chizmalardagi shartli shartlu belgilar. Kinematik sxemalar. Moylash sxemalari.
Chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo’lmaydi. Konstruktor va loyihachilar o’z ijodiy fikr va mulohazalarini faqat chizmalar yordamida bayon etadilar.
Chizmalarga asosan barcha muhandislik inshootlari, fuqaro qurilishi, mashina va mashina
qismlari va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi.
Chzma geometriyadan quyidagilarni o’rganiladi:
1) Fazoviy figuralarning tekislikdagi tasvirlarini, ya’ni tekis modellarini yasash usullari;
2) Chizmada geometrik masalalarni grafik yo’l bilan yechish usullari;
3) Figuralarning berilgan tekis chizmalari bo’yicha ularning fazoviy ko’rinishini va yaqqol tasvirlarini ham yasash usullari;
4) Figuraning grafik va analitik modellari hamda ularning biridan ikkinchisiga o’tish usuli.
Proyeksiyalanayotgan buyumlarni faqatgina grafik usulda tasvirlash hozirgi zamon ishlab chiqarish texnologiyasini qanoatlantirmaydi. Ko’p hollarda chizmalarni analitik usulda tasvirlanadi. Bu esa o’z navbatida EHMdan foydalanib, chizma grafik ishlarni
avtomatlashtirishga yordam beradi.
Buyumning tarkibiy qismlari va ular orasidagi bog‘lanishlar shartli tasvirlar yoki belgilar ko‘rinishida beriladigan konstruktorlik hujjatlari sxemalar deb ataladi ( 0 ‘zDSt 2.721-98). Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo‘lib, unda buyum qismlarining tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Buyumlarni loyihalash, sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foydalanish hamda mexanizm, asbob, moslama, inshoot va hokazolarning harakat (ish) jarayoni ketma-ketligi sxemalarda tushuntirib beriladi. Barcha sxemalar standart talabi bo‘yicha chiziladi. Ular, asosan, to ‘g‘ri burchakli proyeksiyalarda bitta ko‘rinishda yoyilgan holda chiziladi. Zarur bo‘lganda aksonometrik proyeksiyada chizilishi ham mumkin. Sxemalar masshtabga rioya qilmasdan chiziladi. Standart detallar uchun chizmalarda yozma tushuntirishlar berilmaydi, ammo standart bo‘lmagan detallarga yozma tushuntirishlar berilishi shart. Sxemalarda mashina hamda mexanizmlarning yig‘ish birliklari yaxlit tasvirlanadi va ular sxema elementlari deyiladi. Bularga nasos, podshipnik, mufta va boshqalar kiradi. Sxemalarda buyumlarga kirmaydigan elementlar buyum uchun xizmat qiladigan bo‘lsa, ular ingichka shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi. Lekin uning joyi va bajaradigan ishi tushuntirish matni orqali ifodalanadi. Standart tom onidan quyidagi atama va ta’riflar yetakchi tasnifli guruhlarda belgilangan. 1. Sxema elementi — sxemaning tarkibiy qismiga kiruvchi va m a’lum bir vazifani bajaruvchi, ammo mustaqil ish bajaruvchi, masalan, nasos, transformator, kompressor, mufta kabilar. 2. Moslama — yagona konstruksiyaga ega bo‘lgan elementlar yig‘indisi, apparat, mexanizm biror buyumda aniq bir vazifaga ega bo‘lmasligi mumkin. 3. Funksional guruh — yagona konstruksiyaga kirmasa-da, buyumda m a’lum bir vazifani bajaradigan elementlar yig‘indisi. 4. Funksional qism — ma’lum vazifani bajaruvchi funksional guruh va moslama elementi. 5. Funksional zanjir — m a’lum yo‘nalishda ish bajaradigan chiziq, kanal, trakt. 6. O ‘zaro bog‘lanish chizig‘i — buyumdagi funksional qismlar orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi chiziq bo‘lagi. 7. O ‘rnatish — energetik inshootlarda sxemasi chiziladigan obyektning shartli nomi.
Stanokning turli organlariga harakatlarni uzatishda qatnashayotgan alohida elementlar va mexanizmlarning o'zaro bog’lanishini ifodalovchi shartli tasvir stanokning kinematik sxemasi deb ataladi. Kinematik sxemalarni chizishda ГОСТ 2. 770-68 bo'yicha qabul qilingan shartli belgilardan foydalaniladi. Kinematik sxema ayrim kinematik zanjirlardan tashkil topadi. Stanokning kinematik zanjiri deb harakatni boshlang’ich zvenodan oxirgi zveno (masalan, elektr dvigateldan shpindel)ga uzatishni ta'minlovchi qator (tasmali, tishli, reykali, vintli, zanjirli, chervyakli) uzatmalar to'plamiga aytiladi. Harakatni bir ele-mentdan ikkinchi element (masalan, valdan val)ga yoki harakatni bir turdan ikkinchi tur (masalan, aylanma harakatni to'g’ri chiziqli harakat)ga aylantirib beruvchi mexanizm uzatma deyiladi. Harakatni uzatuvchi element yetaklovchi, harakatni qabul qiluvchi element esa yetaklanuvchi deb ataladi. Yetaklanuvchi val aylanish chastotasi nvd ning yetaklovchi val aylanish chastotasi nvsh ga nisbatiga uzatish nis0bati deyiladi: i= nvd /nvsh Kinematik zanjirlar doimiy o'zaro bog’langan elementlardan tashkil topgan yoki alMashinuvchi elementlarga ega bo'lishi mumkin. AlMashi-nuvchi elementlar ko'pincha tishli g’ildiraklar, disk yoki baraban shaklidagi kulachoklar, shkivlardan iborat bo'ladi. AlMashinuvchi o'zaro bog’langan elementlar guruhi sozlash uzeli deb ataladi. Kinematik zanjirning tishli g’ildiraklardan to`zilgan sozlash uzeli gitara deb ataladi. Gitaralar bir, ikki va uch juftli bo'lib, ko'proq ikki juftligi uchraydi. Kinematik zanjir oxirgi zvenolarining hisoblangan surilishlarini bog’lovchi tenglamalar kinematik zanjir balansi deb ataladi. Bu tenglama asosida sozlash uzelining uzatish nisbati aniqlanadi. Mexanik uzatmalardan tashqari gidravlik, pnevmatik va elektrik uzatish qurilmalariga ega bo'lgan stanoklar uchun shuningdek gidravlik, pnevmatik, elektrik va boshqa sxemalar ham to`ziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |