Konflikt — sujetning o‘zani. Ma’lumki, rivojlanish qarama qarshiliklarning kurashi oqibatidir. Ijtimoiy taraqqiyotning xuddi shu qonuniga mos holda adabiyotda ham hayot harakatda ko'rsatiladi. Hikoya boshida takidlaganimizdek paranji e’tiborni tortadi va qahramonlar hayotida kichik-kichik o‘zgarishlar yuz bera boshlashdi (Norqo‘zining fikrlash doirasi u gunoh deb hisoblab yurgan narsalari va tirnoq ostidan kir qidirib, o‘z ahvolidan bexabar qolib hammani oldida izza boladi) Bu o'zg arishlarni maydonga keltirgan omil sujet chiziqlari ichida yashingan qarama-qarshiliklardir. (Norqo‘zining dunyoqarashi va bunga qarshi va yondsh fikrlar mavjud bo‘lsa. Uning tilidan qo‘ymagan ibo-hayo, or-nomus masalari uning harakatlariga hikoya songida zidlanadi) So‘ng hikoya songida obrazlarning harakterlar bir-birlariga zidladi. Norqo‘zining fikrlani yoqlab chiqqan bir necha “aqillilar” va bunga qarshi chiqqan va ustidan kulgan boshqa obrazlar. Sujetida konflikt bo‘lmagan asar ta’sirchan bo‘lmaydi, chunki unda hayotiy haqiqat yorqin va izchil ifodalanmaydi. Faqat xarakterlar to ‘qnashuvi natijasidagina odamlarning ichki dunyosi to‘la ochiladi. Konflikt butun asar sujeti va mazmunining yo‘nalishini ta’min etadi. Konfliktsiz sujet ,,yasash“ mumkin emas. Chunki sujet o'zining chuqurm ohiyati jihatidan harakat qilayotgan konfliktdir1.
Sujetning tarkibiy qismlari. Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan ayol” hikoysi quyidagicha boshlanadi:«Ayol kishi erkakka qo‘l berib so‘rashdimi, bas!.. Ro‘za tutgan kishi og‘zini chayqasa, suv tomog‘iga ketmasa hamki, ro‘zasi ochiladi – shu og‘iz chayqashdan bahra oladi-da! Abdulhakimning qiziga usta Mavlonning o‘g‘li bir hovuch mayiz berganini o‘z ko‘zim blian ko‘rganman. Hayo bormi shularda? Shariat yo‘li – xo‘p yo‘l. O‘n bir yasharida paranji yopinmagan qizdan qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa ura bering. Paranji hayotning pardasi-da!»2.
Hikoya ushbu parcha bilan boshladi. Kitobxon ongida hikoya haqida ilk ma’lumot beradi. Asarning bunday qismi ekspozitsiya deb ataladi. (,,Ekspozitsiya“ (lotincha) —“bayon” , “tushuntirish demakdir) Ekspozitsiya sujet va konflikt boshlanishidan avva keladigan muqaddimadir. Ekspozitsiyaning muhim sharti va fazilatlaridan biri uning qisqa va mazmundor bo‘lishidir. Hatto shu kichik ekspozitsiya ham bizga faqat qahramon va u harakat eta boshlaydigan sharoit h aqida ma’lumot berish bilangina cheklanmaydi, balki bizni qahramonning bundan keyingi sarguzashtlarini to‘g ‘ri tushunishga tayyorlaydi. Hikoya adib ishlatgan ekspozitsiya juda qollanilgan, ba’zi yozuvchila bu qismni asarning o‘rtasida berib boradi. Yozuvchi tanlagan usulda asosan dediktiv yo‘nalishdagi asarlarda ishlatidi. Asar yoki hikoya boshida qottik yoki jinoyat haqida biroz gap yuritiladi va kitobxonni ipsiz bog‘lab qo‘yadi..
Sujetning ikkinchi tarkibiy qism i tugundir. Mulla Norqo‘zining xotini
pokdomon. Agar mulla Norqo‘zi o‘n yil yuziga kulib qaramasa, qopdan ko‘ylak, bo‘yradan lozim kiyishga majbur qilsa ham, pinagini buzmaydi. Har qanday xotin bilan ham inoq bo‘lavermaganining o‘zi o‘ta diyonatli, pokdomon ekanining nishonasidir. Uning bitta-yu bitta o‘rtog‘i bor. Bu xotin to‘g‘risida mulla Norqo‘zi shunday fikrda: agar farishta ilgari o‘tgan bo‘lsa – shuning onasi, endi tug‘ilsa – shuning bolasi bo‘ladi, agar hozir yer yuzida bo‘lsa – shu xotinning o‘zi. Keltirilgan bu qismdan boshlab kitobxon uchun yechilishi kerak bo‘lgan masala “jumboq” ekspozitsiydan o‘sib chiqadi. Bundan keying voqealarda nomalum kimsaning naqadar azizligi, ezozlanishi asardagi keying konfliktini yuzaga chiqaradi. Yuzaga kelgan tugun va konfliktning ochilishi asta-sekin voqelarni keskinlashtiradi va sujetning yana bir muhim tarkibiy qismi- voqealar rivojini yuzaga chiqradi. Konflikt va sujetning rivoji keskinlashib borgadi va hikoya kulminatsiyasini o‘zida aks ettiradi. (“Kulminatsiya” (lotincha) ,,cho‘qqi“ demakdir.) Kulminatsiya xarakterlar orasidagi to‘qnashuvning eng o‘tkir, hal etuvchi holatidir3.
Portret va Peyzaj. Kishilaming asarda badiiy so'z vositasida chizilgan tashqi qiyofasi portret deb ataladi. Portretga yana qahramonning gap ohangi, o'ziga xos qiliqlari va turli ruhiy holatlar munosabati bilan uning yuzida bo'lad ig an o'zgarishlar (mimika) ham kiradi. Asosan portret ikki xil yo‘l bilan chiziladi. Tashki ko‘rinish va ichki dunyosi orqali. Birinchi yo‘lda qahramon kitobxon ko‘z ongida gavadaladi. Ba’zan bu usul tashlab ham ketilishi mumkin bunday paytda yozuvchi qahramonni ichki dunyosini uning harakati va o‘zining tutishi orqali kiobxonning ongiga joylaydi va kitobxon xayolida qahramonni tassavvur qiladi. Abdulla Qahhor mazkur hikoya ikkinchi yo‘ldan borgan: Mulla Norqo‘zi har kuni bozordan qaytib samovarga chiqadi va ko‘ngli tortgan odamlarni atrofiga to‘plab, yarim kechagacha shariatdan yuz o‘girgan xotinlar to‘g‘risida shunday vaysab o‘tiradi; ba’zan panjasini yozib, o‘zi bilgan oilalarni sanab chiqadi.