Kompozitsiya tushunchasi haqida


Perspektivaning asosiy qonunlari



Download 143,76 Kb.
bet30/109
Sana04.08.2021
Hajmi143,76 Kb.
#137968
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109
Bog'liq
КМПОЗ

Perspektivaning asosiy qonunlari

Perspektiva qoidalari ko`zimizning anatomik tuzilishi xususiyatlari bilan bog`liqdir. Ko`zning ichidagi tasvir yorug`lik, ya'ni jismdan tarkalayotgan yoki aks etayotgan elektro magnit tulkinlarning ta'siri ostida paydo bo`ladi. Ko`z gavhari orqali yorug`lik nurlari ko`zning to`rparda bilan qoplangan orqa devoriga tushadi. U yerdan (tur pardadagi) fotoretseptorlar (tayoqcha va kolbachalar) paydo bo`lgan tasvirni qabul qiladi va uni ko`rish nervlari orqali miyaning tegishli qismiga o`tkazadi. Faqat eng aniq va ravshan ko`rish sathiga tushgan narsalarnigina biz yaqqol ko`ramiz, chunki to`r pardaning birgina sariq dog` deb ataluvchi kichkina qismi eng kuchli sezish qobiliyatiga ega bo`lib, u ko`z soqqasi orka devorining qorachiq ro`parasiga joylashgan qismiga to`g`ri keladi.

Eng kuchli ko`rish sathi O nuqta atrofida joylashgan. Eng yaxshi ko`rinish sathi ko`rish burchagining kattaligi, ya'ni nurlar konusining uchidagi burchagi bilan bog`liqdir. ( - rasm).

Tik tekislikda ko`rish nurlarining burchagi 28-360 ga teng, bu harkimsaning shaxsiy anatomik ko`z tuzilishiga bog`liq. Gorizontal tekislikda esa ko`rish nurlarining bo`r chagi xiyol kattaroq bo`ladi.

Rasm chizishda eng yaqqolko`rish satxini hisobga olish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki bundan muhim qoida kelib chiqadi: rasm chizuvchi bilan model o`rtasidagi masofa modelning eng katta o`lchovidan 2 - 2 1/2 marta katta bo`lishi zarur. Bu eng yaqqol ko`rish kobiliyatining birinchi asosiy qonunidir. Ikkinchi muhim qonuniyati shundan iboratki, narsaning ko`rinishidagi katta - kichikligi ko`z bilan narsa o`rtasidagi masofaga bog`liqdir. Kuzatuvchiga yaqinroqda joylashgan buyumlar kattaroq ko`rinida. Buni optikaning qonuni misolida tushinish mumkin. Masalan, buyum ob'ektivdan uzoqlashgan sari uning tasviri ekranga kichikroq bo`lib tushadi. Uchinchi qonuniyat shundan iboratki, buyum shakli to`g`risida olgan taassurotlarimiz buyumga nisbatan qarash nuqtasiga bog`liq bo`ladi. Buyumga oldidan, orkasidan, yoshidan, tagidan, ustidan qaraganda uni har gal har hil ko`ramiz. Perspektiva ana shunday qonuniyatlarga asoslangan.

Perspektiv tasvir mohiyatini tushunish uchun, perspektivaning asosiy tushunchalari: ufq chizig`i, uchrashish nuqtalari, surat tekisligi (surat deb kuzatuvchining ko`zlari bilan buyum o`rtasidagi faraziy tekislikka aytiladi.) bilan tanishish lozim.

Surat tekisligi deganda rasm chizayotgan kishi bilan tasvirlanayotgan narsa o`rtasidagi tekislik tushuniladi. masalan, derazadan tashqariga qaralsa, daraxt, ko`cha, uy va hokazolar ko`zga tashlanadi. Agarda, biz ko`rinayotgan narsalarning tasvirini oynaga chizsak ayni vaqtda oyna surat tekisligi vazifasini bajargan bo`ladi.

Qisqasi, narsaning tasviri chizilayotgan yuza (qog`oz, mato, devor va xokazo) ni surat tekisligi deb yuritiladi. Surat tekisligi doimo ko`z nurlariga perpendikulyar bo`ladi. Perspektivaning muhim tushunchalaridan yana biri ufq tekisligi va ufq chizig`idir. Ufq tekisligi - ko`z balandligida tasavvurdan hosil qilinadiigan tekislikdir.

Ufq chizig`i - bu ko`z balandligidagi chiziqdir. Ufq tekisligi kuzatuvchining bo`yi va holatiga (past, baldand) qarab pastda va yuqorida bo`lishi mumkin. Masalan, ochiq, keng maydonda osmon bilan yerning qo`shilib ketgan chegarasi ufq chizig`i bo`ladi. ( - rasm).

Ma'lumki, to`g`ri chiziqlar fazoda turli holatni egallashi, masalan, surat tekisligiga parallel, og`ma va tik bo`lishi mumkin.

Surat tekisligiga nisbatan burchak ostida joylashgan parallel to`g`ri chiziqlar kuzatuvchidan o`zoqlashgan sari bir-biriga yaqinlashib borib, ufq chizig`ining bir nuqtasida kesishadi. Bu nuqtani kesishish nuqtasi deb yuritiladi.

Surat tekisligiga tik bo`lgan to`g`ri chiziqlar ufq chizig`ida tutashib markaziy tutashishi nuqtasini hosil qiladi. Mana shu fikrlar to`g`risida perspektivaning quyidagi qoidalarini belgilash mumkin:




  1. Har qanday narsalar kuzatuvchidan uzoqlashgan sari kichraygandek ko`rinadi.


  2. Surat tekisligiga parallel joylashgan gorizontal chiziqlar, hech vaqt o`z yo`nalishini o`zgartirmaydi.


  3. Surat tekisligiga parallel joylashgan tik chiziqlar har doim tik holatda tasvirlanadi.


  4. Surat tekisligiga parallel bo`lmagan, o`zaro parallel gorizontal chiziqlar (bu chiziqlar surat tekisligiga tik bo`lishi ham mumkin) perspektivada ufq chizig`ining biror nuqtasida kesishadi.



Kishining ko`zi oldida (- rasm) turgan har bir buyumning oldingi tomoni kattaroq, uning davom etib ketadigan, ya'ni orqa tomoni kichikroq bo`lib ko`rinadi. Masalan, ikki qator qilib ekilgan daraxtning oldingi qatordagilari kattaroq undan keyingi qatordagilari kichikroq bo`lib ko`rinadi.

Har bir jism ana shu tarzda ko`rinishiga perspektiva deyiladi.

Perspektiva qonunini ko`chada, daladagina emas, balki ko`z o`ngimizda turgan har bir katta va kichik narsalarda, chunonchi, to`g`ri burchakli, tsilindrsimon va konussimon narsalarda ham ko`rish mumkin.

Kvadrat surat tekisligiga nisbatan tik holda tursa, unda kvadratning ikki yon tomoni uzoqlashib, ufq chizig`ining bir nuqtasida kesishadi, va tasvirda kvadrat trapetsiyaga o`xshab qoladi. Uning qolgan ikki tomoni surat tekisligiga parallel bo`lgani uchun o`z yo`nalishini o`zgartirmaydi. Kvadrat surat tekisligiga nisbatan burchak holida qo`yilsa tasvirda ikkita tutashish nuqtasi hosil bo`ladi. ( - rasm).

Agar usti aylana shakldagi biron-bir narsaga, masalan, piyolaga ustidan qarasak, uning aylana shaklidaligini ko`ramiz. Agar uni sekin-asta yuqori ko`tara boshlasak, aylana qismi ellips shakliga aylangandek tuyuladi. Uning ustki aylanasi ko`zimiz balandligiga yetganda esa, ellips to`g`ri chiziq bo`lib ko`rinadi.Aylana perspektivada ellipsga aylansa-da, uning eni o`zgarmaydi. ( - rasm).





Download 143,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish