Perspektiva
Hammamizga ma'lumki, tevarak- atrofimizni o`rab turgan shakllar va ularning kattaligi tomoshabinga nisbatan qanday masofada joylashganiga va fazoda qanday holatda turganiga qarab o`zgaradi.shakl va kattaliklardagi bu o`zgarishlar aniq qonunlarga , ya'ni chiziqli perspektiva qonunlarga asosan kelib chiqadi
Ko`chadan o`tayotgan mashina, odam va hokazolarni sinchiklab kuzatish orqali ularni uzoqlashgan sari tobora kichrayib borishini va aksincha yaqinlashgan sari kattalashib borishini sezish qiyin emas. Shuningdek ko`chaning kengligi ham uzoqlashgan sari toraygandek tuyuladi. Uylar, daraxtlar, umuman hamma narsalar kuzatuvchidan uzoqlashgan sari kuchraygandek tuyiladi, yorug` - soyalari, rang xiralashadi, Hajmi esa yo`qdek tuyuladi. Buni perspektiva hodisasi deyiladi.
Perspektiva aniq fan bo`lib, u chizma geometriyaning alohida bo`limidir. Lotinchadan tarjima qilinganda perspektiva "aniq ko`ryapman " degan ma'noni bildiradi. Rasm chizish perspektivaning bir turi bo`lib unda kuzatish perspektivasidan keng foydalaniladi. Perspektivaning bu turi uning qonun - qoidalariga to`liq rioya qilingan holda kuzatish, chamalash va faraziy fikr yuritish asosida hech qanday geometirik asbobsiz (chizg`ich, tsirkul) ish yuritishni taqozo etadi.
Badiiy ijodda fazoni to`g`ri kuzata bilish va qabul qilish muhim rol o`ynaydi.
Perspektiva qonunlarini bilish rassomga realistik tasvirlarni ko`rishda yordam beradi. Lekin nazariy ijoddagi hissiyot, kechinmalar va obrazni yo`qqa chiqarmasligi kerak.
Rassomlar oldida hamma vaqt ikki o`lchamli sathda uch o`lchamli fazoni ko`rish kabi muhim vazifa turgan.
Qadimgi Misrda rassom tasvirlanayotgan predmetlarning haqiqiy, ob'ektiv shakllarini berishi lozim bo`lgan, shuning uchun ham shakllar tekis bo`lib chiqqan.
Antik davrda esa insonning atrofidagi kichikroq predmetlarni tasvirlash muhim bo`lgan. Bunday ko`rinishga eng to`g`ri keladigani aksonometriya bo`lgan. Chiziqlarni bu usulda tasvirlashda, uzoqlashayotgan chiziqlar parallel bo`lib, ularni tutashuv chiziqlarini ko`rsatish mumkin bo`lmagan. Aksonometriyada tasvirlangan predmetlarning bo`yi, eni va uzunligi haqiqiy kattaligida tasvirlanadi.
O`rta asrlarda fazoni tasvirlashda boshqa yo`ldan borishgan. Ko`pgina mehrob rasmlarida, freska, ikona, kitob minatyurasida rassomning diqqat e'tibori insonning ruhiy va hissiy hayotiga qaratilgan bo`lib, unda perspektiva nuqtai nazaridan olib qaraganda juda to`g`ri hisoblangan yaxlit fazo saqlanadi. Shu bilan birga perspektiva qisqarishlarisiz bo`lgan geometrik sxema va simvollardan ham foydalanishgan. Rassomlar tasvirlashning perspektiva va perspektiva bo`lmagan usullaridan keng foydalanishgan.
O`rta asrlardagi tasavvurlarning o`zgarishi fazoni tasvirlashning boshqacha usullariga o`tishga keng yo`l ochib berdi. XV asrlardayoq rassomlar manzarani qush uchar balandlikdan tasavvur qilib chizishga harakat qilishgan.
Uyg`onish davrida fazoni tasvirlash haqidagi matematik aniqlikka ega bo`lgan fan yaratildi. Bu perspektiva sistemasi edi. Renessans davri rassomlari uchun perspektiva dunyoni bilish usullaridan biriga aylandi.
Perspektiva fanining yuksalishida Uyg`onish davri rassomlaridan P-della Francheska, Leonardo da Vinchi, Rafael, A. Dyurer va boshqalar katta hissa qo`shishdi.
Perspektiva qonunining kashf qilinishi bilan Yevropa rassomlari uchun tevarak-atrofni realistik tasvirlash an'anaga aylanib ketdi. Sharq halqlarida (Koreya, Xitoy, Yaponiya, Markaziy Osiyo) madaniyatida fazoni tasvirlanishini o`ziga xos usullari ishlab chiqildi, perspektivaning turli sistemasidan foydalanildi. Yaqin va kichikroq ob'ektlarga aksonometriyani qo`llashgan. Sharq halqlari mu'jaz san'atida ham o`ziga xos bo`lgan perspektivani qo`llashgan. (- rasm).
Sharq va g`arbda turli davrlarda yashab ijod etgan rassomlar perspektivaning "Erkin" sistemasini qo`llashgan, ya'ni perspektiva qoidalarini bilib turib buzishgan.
Naturadan ishlash jarayonida paydo bo`luvchi tirik hissiyot ham fazoni tasvirlashda katta o`zgarishlarni keltirib chiqargan. Masalan, Impressionistlar dunyoni qanday his qilishsa shunday tasvirlashga harakat qilishgan. Bunda perspektiva emas, balki yorug`lik, hidlash katta rol uynagan. Naturani yaxlit tasavvur qilishgan.
XX asrga kelib perspektiva haqidagi fikrlar ancha o`zgardi. Hayotga fotografiya, kino, kompyuter grafikasining kirib kelishi buning asosiy sababi bo`ldi. Montajli fikrlash printsipi ob'ektning bitta tasvirida turli nuqtai - nazarlarni bera oladi.
XX asr rassomlarining asarlari fazoni ko`p o`lchamli ekanligi haqida tushuncha beradi. P.Pikasso, S.Dali, J.Brak perspektiva qonuniyatlarini bilib turib buzishadi. Ular yangi dunyoni boshqa o`lchamlarda berishgan.
XX asr bizga fazoni yangicha his qilish haqidagi yangi bilimlarni berdi. Makrokosmos va mikroqosmosning kashf qilinishi va boshqacha o`lchamlar bizning ongimizga katta o`zgarishlarni kiritdi. Kartinalarda to`rtinchi o`lchamni tasvirlash mumkin bo`lib qoldi. Unda ob'ektni xuddi turli tomondan ko`rayotgandek his paydo bo`ladi.
Rossiyada perspektiva fanini A. Sapojnikov, A. Venetsianov, M.Ge. V.Polenov, K.Petrov - Vodkin va boshqa rassomlar o`rganishgan.
Keyingi davrlarda akademik B.V. Raushenbaxning perspektiva haqidagi nazariyasiga qiziqish kuchayib ketdi.
U insonlar fazoni turlicha qurishini, ya'ni yaqindagilar va o`zoqdagilar fazoni turlicha qurishini isbotlab berdi. Bizga yaqin turgan predmetlar aniq perspektiv qisqarishlarga ega bo`lmaydi, ularni aksonometriyada tasvirlash lozim bo`ladi. Chiziqli perspektiva esa faqat uzoqdagi predmetlarda amal qiladi. Rassom bitta asarning o`zida teskari perspektivani ham, aksonometriyani ham qo`llay oladi. Bunga misol sifatida A.Rublyovning "Troitsa" asarini ko`rsatish mumkin.
Rus rassomi P.Vodkin o`zining perspektiva haqidagi qiziqarli nazariyasini yaratdi. Bu sferik perspektiva deb ataldi. Uyg`onish davri rassomlari kartinani "dunyoga ochilgan oyna" deb bilishgan bo`lsa, Petrov - Vodkinning asarlarida esa kartina ekran sifatida talqin etiladi. Bu ekranda rassom faqat krib turganinigina emas, balki tasavvur qilayotgan dunyosini ham namoyish etadi. Rassom tasavvurida tug`ilayotgan obraz fikrlarining faol ishlashi natijasi, ijodiy umumlashma va naturaning ko`pgina belgilaridan chekinish hisoblanadi. Shunday qilib rassom kuzatish va tasavvurni umumlashtiradi.
Petrov - Vodkinning asarlarida esa kartina ekran sifatida talqin etiladi. Bu ekranda rassom faqat ko`rib turganinigina emas, balki tasavvur qilayotgan dunyosini ham namoyish etadi. Rassom tasavvurida tugilayotgan obraz fikrlarning faol ishlashi natijasi, ijodiy umumlashma va naturaning ko`pgina belgilaridan chekinish hisoblanadi. Shunday qilib rassom kuzatish va tasavvurni umumlashtiradi.
Petrov - Vodkinning fazoviy - vaqtli metamorfozasi uning falsafiy dunyoqarashlaridan kelib chiqqan.
Yoshligidan bo`lajak rassomni Yerning bepoyonligi, yulduzlar hayoti, koinotning sirligi qiziqtirgan. Yoshligida juda katta balandlikdan qulab tushayotgan rassom yerni butun borlig`i bilan, xuddi kosmik fazodan ko`zatayotgandek ko`radi. Bu taassurot rassomni sferik perspektiva haqida fikr yuritishga undagan. Uning yaratgan "Peshin. Yoz" asarida ham buni sezish mumkin. Bu kartinasida rassom tabiatning bir bo`r chaginigina emas, balki chek-chegarasi yo`q yerlarni tasvirlagan. Yashil tekisliklarda insonlar figuralarini biz xuddi o`zoqlashayotgandek ko`ramiz. Yer xuddi "kush uchar" balandlikdan tasvirlangan.
Xatto K.Petrov - Vodkin o`z natyurmortlarida ham buyumlarni xuddi kosmosdan ko`zatayotgandek tasvirlaydi.
Petrov - Vodkin o`z asarlarini yaratishda "Kartinaga kirish" metodini qo`llaydi. Unda tomoshabin o`zini xuddi kartinani ichiga kirib ketayotgandek his qiladi.
Rassom o`z asarida o`zini kiziktirgan va eng muhim deb bilgan xodisalarinigina tasvirlaydi.
Hozirgi davrda san'atda perspektiva va fazoni tasvirlash asosida tasvir yaratish bilan birga, boshqa printsiplar (Kubizm, monoxrom rangtasvir) va boshqa nuqtai nazarlar ham tan olinyapti. Hozirgacha rasmda harakatning perspektiv vositalari chiziq orqali (chiziqli perspektiva) qurilgan.
Bunga qarama- qarshi va qo`shimcha sifatida rang perspektivasini ko`rsatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |