ED-5 va ED-6 epoksid yelimi
Epoksid yelimi eposid simolasi asosida-ikki atomli fenolning epixlorgidrinning polikoidensatsiyalangan maxsuloti asosida ishlanadi. Oddiy temperaturada epoksid smolasi qahrabo-sariq rangli yuqori yopishkoqlikka ega bo`lgan suyuqlikdan iborat bo`ladi. Bu smolalar o`ta yopishkoq bo`lganligidan uni atseton, spirt va boshqalar bilan eritishga to`g`ri keladi. To`ldiruvchi sifatida epoksid yelimiga tsement, kvarts qumi, kaolin, talk, rux oksidi, asbest uni, alyumin, mis, temir kukuni ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |