Kompozitsiya tushunchasi haqida


Hayvonlardan olingan yelimlar



Download 143,76 Kb.
bet75/109
Sana04.08.2021
Hajmi143,76 Kb.
#137968
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109
Bog'liq
КМПОЗ

Hayvonlardan olingan yelimlar

Suyak yelimi

Suyak yelimi hayvonlarning suyaklaridan tayyorlanadi.Ularni tozalab, maydalab, yog`sizlantirib, mineral tuzlarini yo`qotish uchun sul'fat kislota eritmasida qayta ishlanadi va maxsus apparatda qaynatiladi.

Natijada suyaklardagi kollagenlar glyutinlarga aylanadi.

Suyak yelimi quruq plitka holida eniga 80-150 mm,qalinligi 10-16 mmgacha bo`ladi.Elimning quruq,qattiq ,yaltiroq sirti to`q sariqdan,to`q jigarranggacha bo`ladi. Namligi - 17%.

Quruq yelimni suyuq holga keltirish uchun plitkalar mayda bo`laklarga bo`linadi va 24 soat davomida sovuq suvga solib qo`yiladi, keyin 40-50 mino`t davomida suvli vannada qaynatiladi,oxirgi 20 mino`tda 600 temperatura saklanadi. Qaynatish jarayonida yelim tinimsiz aralashtiriladi. Tayyor bo`lgan yelimga antiseptik qo`shiladi : Antiseptik oldindan suvda eritiladi. Yelim 5 - 60 temperaturada 7 kungacha saqlanishi mumkin.


Mezdra yelimi

Mezdra yelimi mezdradan (ishlov berilmagan terining ichki tomoni) shuningdek teri bo`laklardan tayyorlanadi. Xom ashyo ohak so`tida, keyin esa tuzli eritma va sul'fat kislotasida ishlov beriladi. Mezdradan yuqori sifatli yelim olish uchun uni 100- 900temperaturada qaynatiladi. Quruq mezdra yelimi plitka, o`shatilgan va maydalangan ko`rinishda bo`lib, rangli yorqin-sariqdan, to`q-jigarranggacha bo`ladi. Bu yelim ham xuddi suyak yelimi kabi tayyorlanadi. Issiq yelimdan achigan hid kelmasligi kerak.



Jelatin yelimi

Texnik jelatin emulsiyali gruntlar tayyorlashda xolstlarni gruntlash, shuningdek qog`ozlarni yelimlashda foydalaniladi.

Texnik jelatin toza glyutindan tashkil topgan. Suyak va mezdra yelimidan farqli ravishda uni maxsus xom-ashyolar: hayvonlarning shoxi, tugmasimon suyak, peshona suyaklaridan olinadi. Jelatining quyidagicha turlari ishlab chiqariladi: iste'mol uchun, fotografik, texnik jelatin.

Rangtasvirda foto, jelatin va texnik jelatindan foydalaniladi.

Jelatin yelimi tayyorlash uchun quruq texnik jelatinni ozroq suvga bir soatcha solib qo`yiladi. Keyin yelim 60-700 temperaturadagi suvli vannada qizdiriladi. Emulsion grunt uchun 12-15%li yelim eritmasidan foydalaniladi. Plastikligini oshirish uchun 0,2-0,3% glitserin aralashtiriladi.

Baliq yelimi.

Kollagen yelimlar qatoriga baliq yelimi ham kiradi. Unga xom ashyo sifatida osyotrsimon baliklarning suzgich sharlari ishlatiladi; past sortli yelimlar baliqning boshi va suyaklardan tayyorlanadi. Baliqning so`zgich shari bo`tunligicha to`liq kollagendan tashkil topgan. Baliq yelimi olish uchun so`zgich shar bir necha soat davomida 15- 16%li tuz eritmasida saklanadi, toza suvda yuvilib, ochiq havoda kuritiladi keyin shardan chetki qatlam sidirib olinadi va ichki qatlam yelim uchun ishlatiladi,suyuq yelim tayyorlash uchun, quruq yelim 24 soat davomida sovuq suvda saklanadi. Suvga bo`ktirilgan yelim yumshaydi, va uni suvli vannada qaynatiladi, keyin uni dokadan o`tkazilib antiseptik qo`shiladi . Baliq yelimi emulsiyali grunt tayyorlashda va kartinalarni ta'mirlashda ishlatiladi. Emulsiyali grunt tayyorlash uchun yelimning 12-15%li eritmasi olinadi.




Kazein yelimi.

Kazein hayvonlar so`ti tarkibidagi oqsil birikma hisoblanadi. Sigir so`tida kazein 3,5%gacha bo`ladi. Kazein yogsizlantirilgan so`tdan olinadi.

Kazein yaxshilab aralashtirilib, siqiladi va 80temperaturadan yuqori bo`lmagan holatda kuritiladi. Yelim tayyorlash uchun ishlab chiqiladigan kazein kukuni tarkibida kanifol, suyuq shisha va antiseptik bo`ladi. Kukun suvga solinib, bir hil massa hosil bo`lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Buning uchun bir hajm kukunga, ikki hajm suv solib aralashtiriladi.


Download 143,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish