Hususiyat
|
qiymat
|
Caption
|
YUgurish tezligi
|
Height
|
250
|
Width
|
330
|
BorderStyle
|
bsSingle
|
BorderIcons .
biMinimize
|
False
|
BorderIcons .
biMaximize
|
False
|
Font. Size
|
10
|
Keltirilgan jadvalda ayrim hususiyatlarning yonida nuqta (.) belgisi turibdi. Bu hususiyatning aniqlanadigan qiymatini belgilashni bildiradi. Boshlang‘ich formaning jadvaldagi hususiyat lari o‘rnatilganidan so‘ng, forma rasmdagi ko‘rinishni oladi.
Yugurish tezligining dasturi foydalanuvchidan boshlang‘ich ma’lumotlar – masofa hamda shu masofani yugurib bosib o‘tish vaqtini olishi lozim. Bunday hollarda odatda boshlang‘ich ma’lumotlar kiritish maydonlariga klaviatura yordamida kiritiladi. SHuning uchun formaga kiritish maydoni Edit komponetalarini joylashtirish lozim.
Eng ko‘p foydalaniladigan komponentalar Standard qurollar panelida joylashtirilgan
(rasm).
Formaga komponentani qo‘shish uchun komponentalar palitrasidan shu komponenta
piktogrammasi ustiga sichqonchani keltirib, chertiladi. So‘ngra kursorni komponentaning chap yuqori burchagi formada joylashishi kerak bo‘lgan nuqtaga o‘rnatiladi va chap tugmani yana bir marta chertiladi. Natijada formada standart o‘lchamli komponenta paydo bo‘ladi.
Standard qurollar panelining komponentalari ro‘yxati
Komponentaning o‘lchamlarini ularni formaga qo‘shish jarayonida belgilanishi mumkin. Buning uchun komponenta sichqoncha yordamida tanlanganidan so‘ng, kursorni formaning komponenta chap yuqori burchagi turishi kerak bo‘lgan nuqtasiga keltirib, chap tugmasi bosiladi va uni qo‘yib yubormagan holda kursorni komponentaning quyi o‘ng burchagi turishi kerak bo‘lgan nuqtaga olib kelinadi. SHundan so‘ng sichqonchaning chap tugmasini qo‘yib yuborish mumkin. Formada ko‘rsatilgan o‘lchamdagi komponenta paydo bo‘ladi.
Delphi formaga qo‘shilayotgan xar bir komponentaga nom beradi. Bu nom komponenta nomi va uning tartib nomeridan iborat bo‘ladi. Masalan, formaga ikkita Edit komponentasi qo‘shilgan bo‘lsa, ularning nomlari mos ravishda Edit1 va Edit2 bo‘ladi. Dasturchi Name xususiyati qiymatini o‘zgartirib, bu nomlarni boshqasiga almashtirishi mumkin. Odatda sodda dasturlarda komponentalarning nomlari almashtirilmaydi.
Rasmda formaning ikkita Edit komponentalari, ya’ni kiritish maydonlarini qo‘shilganidan keyingi holati keltirilgan. Komponentalarning biri ajratilgan. Ajratilgan komponentaning hususiyatlari Object Inspector oynasida tasvirlangan. Boshqa komponenta hususiyatlarini ko‘rish uchun sichqonchaning chap tugmasini shu komponenta ustida chertish lozim. SHuningdek, komponenta nomini Object TreeView oynasidan yoki Object Inspector oynasining yuqori qismidagi ob’ektlarning ochiladigan ro‘yxatidan ham tanlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |