Komplementar invertorlar



Download 172,4 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi172,4 Kb.
#750294
Bog'liq
9.Komplementar invertorlar



KOMPLEMENTAR INVERTORLAR
REJA:

  1. Komplementar invertorlar hakida tushuncha

  2. Komplementar invertorlarning ishlashi

Hozirgi vaqtda raqamli integral sxemalarni loyihalashda quyidagi negiz mantiqiy elementlar keng qо‘llaniladi: tranzistor – tranzistorli mantiq; emitterlari bog‘langan mantiq; integral – injeksion mantiq; bir turdagi MDYA (metall dielektrik yarimо‘tkazgich) – tranzistorli mantiq; komplementar MDYA – tranzistorli mantiq.


Multisim dasturiy ta’minotidan foydalanib “Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyixalashtirish” faniga tegishli “KMDYA tranzistorlarida bajarilgan raqamli sxemalar” mavzusidagi amaliy va laboratoriya mashg‘ulot ishlarini virtual bajarish imkoniyati yо‘lga qо‘yilgan.
Komplementar MDYA – tranzistorlar asosidagi mantiq elementlarning statik rejimda quvvat iste’moli о‘nlarcha nanovattni tashkil etib, tezkorligi esa 10 MGs va undan yuqori chastotalarda ishlashga imkon beradi. MDYA – tranzistorli raqamli integral sxemalar ichida komplementar MDYA – tranzistorli mantiqiy elementlar yuqori xalaqitbardoshlikka ega bо‘lib, kuchlanish manbai qiymatining 10÷45% ni tashkil etadi. Yana bir afzalligi – kuchlanish manbaidan samarali foydalanish hisoblanadi, chunki mantiqiy о‘tish deyarli kuchlanish manbai qiymatiga teng. Demak raqamli integral sxemalar kuchlanish manbai qiymatining о‘zgarishiga sezgir emas. KMDYA – tranzistorli mantiqiy elementlarda kirish va chiqish signallari qutblari va sathlari mos tushadi, bu esa о‘z navbatida mantiqiy elementlarlarni о‘zaro bevosita ulash imkoniyatini beradi
(sath siljitish qurilmasi talab etilmaydi). (Rasm.1.)


Rasm.1. KMDYA – tranzistorlarda bajarilgan raqamli sxemalar

Rasm.2. KMDYA – tranzistorlari asosidagi invertor mantiqiy elementining kirish va chiqish signallarini vaqt diagrammasi
Statik holatda KMDYA – tranzistorlarda bajarilgan elementlar quvvat iste’mol qilmaydilar, chunki tranzistorlarining bir guruhi berk bо‘lib, deyarli tok iste’mol qilmaydi. Bu vaqtda ulardan berk tranzistorlarning juda kichik toki oqib о‘tadi. Shu sababli raqamli integral sxemalar iste’mol qilayotgan quvvat minimal bо‘lib, asosan sig‘imlarni qayta zaryadlash uchun sarflanayotgan quvvat bilan aniqlanadi.
KMDYA tranzistorli mantiqiy elementlarning tezkorligi MDYA tranzistorli mantiqiy elementlar tezkorligiga nisbatan sezirlarli daraja yuqori. Bu holat, KMDYA tranzistorli mantiqiy elementlarida kanal kengligiga cheklanishlar qо‘yilmaganligidan kelib chiqadi. Chunki parazit sig‘imlar qayta zaryadlanadigan ochiq tranzistorlarda yetarli о‘tkazuvchanlikni ta’minlash maqsadida kanal kengligi ancha katta olinadi.
Agar xotira qurilmalarni raqamli KMDYA – tranzistorlari asosida hosil qiladigan bо‘lsak kirish va chiqish signallarini sinxronizatsiyani hamda signallarnin amplitudalari stabil ishlashini ta’minlashimiz mumkin.
Mazkur dasturiy ta’minot yordamida talabalar mustaqil xolatda о‘zlari virtual tadqiq etish asosida KMDYA tranzistorlari asosidagi invertorni kirish signallarini chiqish signallariga solishtirib, mantiqiy elementning ishlash prinitsipini о‘rganishlari mumkin.
Multisim dasturiy ta’minoti yordamida talabalar turli raqamli va analog sxemalarni tadqiq etish, о‘zlashtirish shu bilan birga 3D kо‘rinishda qurilmalar montaj sxemalari topologiyasi yaratish bosqichlarini bajarish imkoniyatiga ega. Ishlab chiqilgan virtual laboratoriya ishlari raqamli mantiqiy qurilmalarni loyixalashtirish fanida о‘quv jarayonida qо‘llanilishi mumkin.
ADABIYOTLAR RO'YHATI:
1. A.S.Karimov va boshkalar. Elektrotexnika va elektronika asoslari. T. «Ukituvchi» 1995 yil.
2. A.Y.Shixin i drugiye. Elektrotexnika. M. «Visshaya shkola» 1989 god.
A.Raximov. Elektrotexnika va elektronika asoslari .T. «Ukituvchi» 1998 yil.
3. A.I. Xolboboyev, N.A.Xoshimov. Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari. 2000 yil.
4. V.V.Paushin i drugiye. Osnova avtomatiki vichislitelniy 4 mikroprotsessornoy texniki.T. 1989 god.
Download 172,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish