Muqarrar hodisa deb, tajriba natijasida albatta ro’y beradigan hodisaga aytiladi va biz bunday xodisani (omega) harfi bilan belgilaymiz.
Mumkin bo’lmagan hodisa deb, tajriba natijasida mutlaqo ro’y bermaydigan hodisaga aytiladi va bu hodisani belgisi bilan belgilaymiz.
Tasodifiy hodisa deb, tajriba natijasida ro’y berishi ham, ro’y bermasligi ham mumkin bo’lgan hodisaga aytiladi. Tasodifiy hodisalarni A, V, S, … katta lotin harflari bilan belgilaymiz.
Misol: O’yin kubigi bir marta tashlanadi. Bu holda
= { tushgan ochko 6 dan katta emas} – muqarrar hodisa;
= {tushgan ochko 10 ga teng} – mumkin bo’lmagan hodisa;
A = {tushgan ochko juft son} – tasodifiy hodisalardir.
Albatta bu tajribaga mos bo’lgan boshqa ko’plab hodisalarni ta’riflashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |