Ishlab chiqarih, tashkilot miqyosi (масштаби) bo’yicha tarmoqlar quyidacha farqlanadi:
Bo’limlar tamog’i (сети отделов);
Kampuslar tarmog’i (сети кампусов);
Tashkilot, kompaniya tarmoqlari (корпоративные сети).
Bosqarish usullari bo’yicha tarmoqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
“Mijoz – server” tarmoqlari (Клиент–сервер);
Mijoz– bu tarmoqqa so’rovlar beruvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ektdir. Yoki boshqacha aytganda Mijoz- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan foydalanadi, ya`ni tarmoq unga xizmat qiladi.
Server–bu tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ekt. Yoki boshqacha aytganda Server- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining resurslarini taqdim etadi, o‘zi esa boshqa abonentlarni resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga xizmat qiladi.
“Peer–to Peer” (teng huqukli) tarmoqlar (одноранговые сети) bir rangli tarmoqlar, yani tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir xil kirish va resurslar huquqiga ega.
Axborotlarni uzatish tezligi
Ma`lumotlarni uzatishning kichik tezligi– bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi 10 dan 100 gacha kilobit bo’ladi;
Ma`lumotlarni uzatishning o’rtacha tezligi– bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi, birdan bir necha o’nlab megabit diapazonda bo’ladi;
Ma`lumotlarni uzatishning yuqori tezligi– bunda ma`lumotlarni uzatish tezligi 100 dan yuqori megabit va gegabit diapazonda bo’ladi.
Aloqa, ulanish topologiyasi bo’yicha kompyuter tarmoqlari quyidagicha bo’lish mumkin:
Umumiy shina tarmoq tapologiyasi (bus- Общая шина)– bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi.
“Yulduz” topologiyasi
Yulduz topologiyasi (Star– Звезда)– bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi.
“Halqa” topologiyasi
Halqa topologiyasi (Ring– Кольцо)– bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan
Daraxtsimon tuzulmali topologiya
Aralash tuzulmali topologiya
Kompyuter tarmog’ining texnik ta`minoti
Kompyuter tarmog’ini tashkil qilish uchun albatta bir nechta tarmoqda ishlatiladigan texnik vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar vazifalari har xil bo’lishi mumkin, lekin ularning ayrimlari tarmoqdagi axborot almashinuviga yordam bersa, ayrimlari axborot almashinuvi ishonchligini oshiradi, ayrimlari esa uzatish tezligi va masofasini oshiradi va hakozo.
Quyida bu texnik vositalar va ular xaqida ma’lumotlarni keltiramiz.
Kompyuter tarmog’i qurilmali quyidagilar:
Aloqa kabellari- Линия связи - Network cable
Tarmoq kartasi - Сетевая карта- Network Card
Trаnsivеrlаr - Трансивер- Transceiver
Takrorlagichlar - Повторитель- Repeater
Kоnsеntrаtоrlаr - Концентратор- Hub
Ko’priklar - Мост - Bridge
Kommutatorlar - Коммутатор- Switch
Mashrutlovchilar- Маршрутизатор- Router
Kompyuter tarmoqlarining dasturiy ta`minoti
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko'rsatadigan xizmati bilan o'lchanadi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko'plab foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lishi kerak. Xozirda shunday dasturiy ta'minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta'minoti ko'pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo'lgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga mo'ljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo'lgani uchun u shu nomni olgan.
Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo'lishi mumkin.
Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko'pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta'minoti tarmoqning operasion tizimi deb ataladi.