IP telefoniyasi
ingl.: IP-phone
rus.: IP-телефония
Internet yoki boshqa IP tarmoqni ayni vaqtdagi xalqaro va shaharlararo telefon so‘zlashuvlari va fakslarni jo‘natishni tashkil etish va amalga oshirish vositasi sifatida qo‘llanilishini ta’minlovchi texnologiya. Buning uchun tovush raqamli shaklga o‘tkazilib raqamli ma’lumotlar uzatiladigan holda uzatiladi. Odatda xalqaro va shaharlararo so‘zlashuvlar ko‘plab oraliq telefon stansiyalari orqali amalga oshirilib, har bir stansiya uzib-ulash uchun o‘z narxini qo‘shadi va bu so‘zlashuv narxining oshishiga olib keladi. Internet orqali amalga oshirilgan so‘zlashuvlar telefon stansiyalari tarifikatsiyasiga uchramaydi. Shu bilan birga, IP telefoniyasida tovush sifati, sekinlik, zichlash algoritmi va xizmat sifati kabi muammolar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |