Компьютерларни кандай турларини биласиз ? Компьютер авлодлари хакида кандай маълумотга эгасиз ?



Download 2,59 Mb.
bet55/90
Sana23.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#845125
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90
Bog'liq
javoblar informatika

Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tash­kil etuvchi kompyuter tarmog'idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo'ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha elek­tron hujjatlar va ma'lumotlar omborini giperbog'lanishlar yor­damida o'zaro bog'lab, yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi.


Tarmoqlarning texnik vositalari

Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o'tamiz.


Server — tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter.
Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini
beruvchi dasturlar, ma'lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi.
Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma'lumot­
larni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan
dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo'yilishiga ko'ra
cheklangan bo'lishi mumkin.
Konsentrator (HUB)—tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot almashinuvini ta'minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o'zaro bog'lashi mumkin.
Axborotni uzatish kabellari tar­moqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishla­tiladi).
Modem — axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o'tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Modem «modulator» va «demodulator» so'zlari birikmasidan hosil bo'lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy chastotali telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko'rini­shiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o'lchanadigan ma'lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o'rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. Masalan, Windows for Workdows 95, Windows — 1 Workstation operatsion tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega bo'lgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter — server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi
Tarmoq texnologiyasi – hisoblash tarmoqlarini qurish uchun yetarli bo‘lgan muvofiqlashtirilgan standart protokollar to‘plami va ularni amalga oshiruvchi apparat-dasturiy vositalar (masalan, tarmoq adapterlari, drayverlar, kabellar va razyomlar). Yetarli epiteti bu to‘plamning ishga layoqatli tarmoq qurishdagi vositalarining eng minimal to‘plami ekanligini ta’kidlaydi. Ehtimol, bu tarmoqni, masalan, unda qism tarmoqni ajratish yo‘li bilan yaxshilash mumkin. Bu esa Ethernet standartining protokollaridan tashqari IP protokolini hamda maxsus kommunikatsion qurilmalarni –mashrutizatorlarni talab etadi. Ba’zida tarmoq texnologiyalarini bazaviy texnologiyalar deb atalishida ular ular asosida ixtiyoriy tarmoq bazasi qurilishi ko‘zda tutilgan. Bazaviy tarmoq texnologiyalariga misol tariqasida Ethernet bilan bir qatorda Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalarini yoki XLS va Frame relay kabi tarmoq texnologiyalarini ko‘rsatish mumkin. Ishga layoqatli tarmoqni qurish uchun bitta bazaviy texnologiyaga taalluqli apparat-dasturiy vositalarni olib, ularni berilgan texnologiya standartiga mos holda birlashtirish kifoya.
Ethernet standarti 1980 –yilda qabul qilingan. Bu texnologiya asosida qurilgan tarmoqlar soni hozirgi 5 millionga, bu tarmoqdagi kompyuterlar soni 50 millionga yetadi.
Ethernetda asosiy prinsip –ma’lumotlarni uzatishning taqsimlanuvchi muhitidan foydalanishning tasodifiyligida yotadi. Ushbu prinsip asosida qurilgan birinchi tarmoq Gavay universitetining Aloha radiotarmog‘i hisoblanadi.
Ethernet standartida elektr bog‘lanish topologiyasi qat’iy belgilangan. Kompyuter taqsimlanuvchi muhitda «umumiy shina» tipik strukturaga muvofiq ulanadi. Vaqt bo‘yicha taqsimlanuvchi shinalar yordamida ixtiyoriy ikki kompyuter ma’lumotlarni almashishi mumkin. Aloqa liniyasidan foydalanishni boshqarishda maxsus kontrollerlar -Ethernetning tarmoq adapterlari ishlatiladi. Har bir kompyuter, aniqrog‘i, har bir tarmoq adapteri birdab-bir adresga ega. Ma’lumotlarni uzatish 10 Mbit/s tezlikda amalga oshiriladi. Bu kattalik Ethernet tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyati hisoblanadi.
Foydalanishning tasodifiy usulining mohiyati quyidagicha, Ethernet tarmog‘idagi kompyuter agar tarmoq bo‘sh bo‘lganidagi u orqali ma’lumotlarni uzatishi mumkin. Shu sababli Ethernet texnologiyasining muhim qismi sifatida muhitdan foydalana olishni aniqash muolajasini ko‘rsatish mumkin.
Kadr – Ethernet tarmog‘idagi kompyuterlar almashuvchi ma’lumotlar birligi. Kadr belgilangan formatga ega bo‘lib, ma’lumotlar hoshiyasi bilan bir qatorda turli xizmatchi axborotni o‘z ichiga oladi. Xizmatchi informatsiyaga misol tariqasida qabul qiluvchi va jo‘natuvchining adresini ko‘rsatish mumkin.
Bir vaqtda ikkita va undan ortiq kompyuterlar tarmoq bo‘sh deb hisoblab, axborotni uzata boshlaydilar. Kolliziya (to‘qnashuv) deb ataluvchi bunday vaziyat tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni to‘g‘ri uzatishga to‘sqinlik qiladi. Ethernet standartida kolliziyani aniqlovchi va ishlovchi algoritm ko‘zda tutilgan. Kolliziyaning paydo bo‘lish ehtimoli tarmoq trafikining jadalligiga bog‘liq.
Ethernet texnologiyaning Token Ring texnologiyasidan farqi ularda ko‘zda tutilgan muhitni taqsimlash usullari bilan aniqlanadi. Ethernet foydalanishning tasodifiy algoritmidan foydalanilsa, Token Ringda markerni uzatish yo‘li bilan foydalanish usuli ishlatiladi.
.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish