XIII – v a r i a n t
Uzunligi 200 mm, eni 45 mm va qalinligi 12 mm prizma berilgan. Uning
chap va o‘ng tomonlaridan markazlari frontal simmetriya o‘qining kontur chiziqlari
bilan kesishgan nuqtalarda joylashgan radiusi 12 mm ga teng ikki yarim silindr
o‘yib olingan. Bu plitaning ustiga oldi va orqasidan boshlab qalinligi 7 mm,
uzunligi 36 mm va balandligi 38 mm ikkita prizma qo‘yilgan. Prizmalarning tashqi
tomonlari asos plitaning oldi va orqa tomonlari bilan bir tekislikni tashkil qiladi.
Prizmalar yukoridan 18 mm li silindr bilan yakunlanib uning markazi orqali
diametri 18 mm ga teng silindr teshikning o‘qi o‘tgan. Asos plitaning o‘rtasidan
diametri 18 mm ga teng vertikal silindr teshib o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |