XIV - v a r i a n t
Uzunligi 100 mm, eni 45 mm va qalinligi 12 mm prizma berilgan. Uning
chap va o‘ng tomonlaridan markazlari frontal simmetriya o‘qining kontur chiziqlari
bilan kesishgan nuqtalarida joylashgan radiusi 12 mm ga teng ikki yarim silindr
o‘yib olingan. Bu plitaning ustiga oldi va orqasidan boshlab qalinligi 7 mm,
uzunligi 36 mm va balandligi 38 mm ikkita prizma qo‘yilgan. Ular markaziy
simmetriya vertikal o‘qqa simmetrik joylashgan. Asos plitaning o‘rtasi orqali
diametri 18 mm ga teng vertikal silindr teshib o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |