TARIX
24-dars
Darsning mavzusi: Xitoy sivilizatsiyasi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O`quvchilarning qadimgi Hindiston sivilizatsiyasi haqidagi bilimlarini orttirish, ularning
sivilizatsiya haqidagi bilimlarini kengaytirish, osha davrdagi Hindiston aholisi turmush tarsi
haqida ma`lumot berish;
Tarbiyaviy: ularda jamoa bo`lib ishlash ko`nikmasini hosil qilish, o`zgalar fikrini hurmat qilish va
mustaqil fikrlilikka o`rgatish
Rivojlantiruvchi: Ma`naviyat, madaniyat, sivilizatsiya, davlatchilikning yuqori pog`onalarida turishi
haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, insonni moloyaviy imkoniyatiga qarab tabaqalashning
salbiy oqibatlari haqida tasavvurlarini shakllantirish;
Kompetensiyalar: Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi, Kommunikativ kompetensiyani, Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasini shakllantirish.
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og`zaki, yozma
Dars usuli: “Marra tomon olg`a” o`yini, aqliy hujum, guruhlar ishi, test
Dars jihozi: darslik, Dunyoning siyosiy xaritasi, mavzuga oid atama, tushuncha va sanalar yozilgan
kartotekalar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 13 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 5 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini tekshirish:
“Marra tomon olg`a” o`yini.
1.Hindiston qaysi daryolar vodiysida joylashgan? – Hind va Gang.
2.Mil.avv. VII-VI asrlarda Hindiston hududida qanday davlatlar vujudga kelgan? – Magadxa, Koshala, Malla.
3.Yunon-makedon qo`shinlari mil.avv. 327-yilda Hindistonning qaysi hududiga bostirib kirdi? – Panjob.
4.Pataliputra qaysi davlatning poytaxti bo`lgan? – Mauriya.
5.Mauriya davlatining asoschisi kim? – Chandragupta.
6. Makedoniyalik Aleksandr Hindistondan qayerga ketdi? – Bobilga.
7.Mauriya davlati kimning hukmronligi davrida rivojining cho`qqisiga erishdi? – Ashoka.
8.Buddaviylik dinining asoschisi kim? – Sidxartxa Gautama.
9.Hindlar “Qo`shinning to`rt turi” deb nimani aytishgan? – Shaxmatni.
10.Buddaviylik dini dastlab qanday atalgan? – xudolarsiz din.
11.”Mahobxarata”, “Ramayana” dostonlari qaysi tilda yozilgan? – sanskrit.
12.Hindlar taqvimida bir yil necha kundan iborat bo`lgan? – 360 kun
Do'stlaringiz bilan baham: |