Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. Uy vazifasini tekshirish:
O`tgan mavzu “Zanjir” o`yini asosida takrorlanadi. Bunda o`qituvchi har bir guruhga o`tgan mavzuning bir qismi haqida ma`lumot berishni topshiradi, o`quvchilar navbat bilan bittadan ma`lumot aytishi kerak, zanjir uzilmasligi zarur, ya`ni orada ma`lumot aytmagan o`quvchi bo`lmasin.
1-guruh: Bobil - xudolar darvozasi.
2-guruh: Xammurapi qonunlari.
3-guruh: Yangi Bobil podsholigi.
4-guruh: Bobil madaniyati.
O`qituvchi yo`l qo`yilgan xatolarni tuzatadi va fikrlarni yakunlaydi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Miloddan avvalgi II mingyillikda Old Osiyo hududida o’lkada yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan: Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya shahar-davlatlari. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlarida kun kechirishgan. Taxminan miloddan avvalgi XVIII asrda Kichik Osiyo markazida (hozirgi Tuikiya hududida) xettlar degan shimollik xalq o’z davlatiga asos soladi. Xattusa shahri ana shu davlatning poytaxti bo’lgan. Aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik edi. Xettlar qo’shni mamlakatlar bilan doimiy urushlar olib borishgan. Jangovar aravalar va qoq o’rtasiga temir uchlik o’rnatilgan qalqonlardan foydalanishgan. Xettlar Suriyaning anchagina shaharlarini bosib olib, Bobilni talon-taroj qilganlar.
Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan qo’shni Mitanni podsholigi xettlarning xavfli raqibiga aylandi. Urushlarda mitanniliklar otliq qo’shindan foydalanishgan, xettlar poytaxti Xattusasni bosib olish chog’ida otliq qo’shin hal qiluvchi rol o’ynagan edi. Shunday bo’lsa-da, miloddan avvalgi XIV asr boshlarida Xettlar podsholigi tag’in kuchaya boshladi. Xettlar O’rtayer dengizi bo’ylarini urushib qaytarib oldilar, Mitanni podsholigini zabt etdilar. Faqat Ossuriya tahdidi xavf-xatari ostida xettlar Misr hukmdori bilan sulh tuzishga majbur bo’ladilar. Ossuriyaliklar Bobilni bosib oladilar, ammo xettlar ularning tazyiqini to’xtatishga muyassar bo’ladilar. Miloddan avvalgi XIII asr oxirida tarixda nomlari noma’lum xalqlar (ularni "dengiz xalqlari" deb atashgan) xettlar poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirdi. Davlat nuradi, xettlar esa boshqa xalqlarga singishib ketdi.
Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Dajla yuqori oqimidagi kichikroq hududni egallashgan. Avval Oshshur shahri, keyin esa Nineviya shahri poytaxt bo’lgan. Aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va savdo-sotiq edi. Ossuriyaliklar davlati miloddan avvalgi XX asr atroflarida vujudga keldi. Ossuriyaliklar jangari xalq bo’lgan. Ular qo’shni yerlarga tez-tez hujum qilib turardilar. Ossuriyaliklarning qudratli lashkari har уili yangi yerlarni zabt etishga otlanar edi. Bo’ysundirilgan xalqlar Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda xiroj to’lar edi. Mil. avv. XIII asrda podsho Salmanasar hukmronligi davrida Ossuriya podsholigi o’z ravnaqining yuqori сho’qqisiga erishadi. Mil. avv. VIII-VII asrlarda ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismi ham bosib olinadi. Quddus (Iyerusalim) shahrini bosib olgan ossuriyaliklar qal’a devorlarini, uylar va ibodatxonalarni buzib tashlab, aholini asirllkka haydab ketadllar. Hukmdorlarning haddan tashqari shafqatsizligi sababli Ossuriya poytaxti Nineviyani "qonga botgan shahar" yoki "sherlar darasi" deya ta’riflashgan. Yurishlarda talab tortib olingan hamma narsa poytaxtga oqib kelar edi. Ulug’vor saroylar va ibodatxonalar boylikka to’lib ketgan edi. Oshshurbanapal hukmronligi yillarida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan iborat bo’lgan kutubxona jamlangan edi. Asta-sekin Ossuriya davlati zaiflashib bordi. Mil. avv. 627 yilda dastlab Bobil, so’ngra Midiya Ossuriyadan ajralib chiqdi. So’ngra Bobil va Midiya birlashib, bir hamla bilan Oshshur va Nineviyani mil.avv. 612-yilda zabt etishdi. Мil. avv. 605 yilda Ossuriya armiyasi batamom qirib tashlagandan keyin Bu davlat ham zavolga yuzlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |