Kompaniyaning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixi



Download 0,66 Mb.
Sana11.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#543026
Bog'liq
Taqdimot (3)


McDonald’s Corporation – umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadigan fast-fud restoranlarining eng yirik tarmog‘i hisoblanadi. McDonald’s daromadi bo‘yicha ham dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniya tomonidan har kuni 100 dan ortiq mamlakatda o‘rtacha 69 million mijozga xizmat ko‘rsatiladi. McDonald’s gamburger, chizburger va qovurilgan kartoshka(fri)lari bilan mashhur bo‘lsa-da, ular mijozlarga qovurilgan jo‘ja, nonushta yeguliklari, alkogolsiz ichimliklar va turli shirinliklarni ham taklif qiladi. So‘nggi yillarda iste’molchilarning notabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan salbiy reaksiyasi kuchaydi. Bunga javoban kompaniya o‘z taomnomasiga salat, baliq, kokteyl va mevalarni ham qo‘shdi. 2018-yil hisobotlariga ko‘ra McDonald’s 1,7 million ishchi bilan dunyodagi ikkinchi yirik xususiy ish beruvchidir. McDonald’s brendi 2020-yilgi ko‘rsatkichlarga ko‘ra dunyoning eng yaxshi tovar belgilari reytingida 9-o‘rinni egalladi.
Kompaniyaning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixi
Kompaniya 1940-yilda aka-uka Richard va Mavrik Makdonald(McDonald)lar tomonidan tashkil etilgan. Birinchi restoran 1940-yil 15-may kuni Kaliforniya shtatining San-Bernardino shahrida ochilgan. 1948-yilda ushbu kompaniya dunyoda birinchi marta “tezkor tamaddi qilish” tushunchasini amaliyotga kiritdi. 1954-yilda illinoyslik tadbirkor Rey Krok aka-uka Makdonaldlardan ushbu franshiza doirasida maxsus agent sifatida harakat qilish huquqini sotib oldi, hamda 1955-yilda Illinoys shtatidagi Dez-Plens shaharchasida McDonald’s restoranini(hozirda korporatsiya muzeyiga aylantirilgan) ochdi. Shu yili Rey Krok kompaniya nomini McDonald’s System, Inc. ko‘rinishida ro‘yxatdan o‘tkazdi. 1959-yilga kelib Krok tomonidan ochilgan restoranlarning soni yuzdan oshdi, 1960-yilda esa u kompaniya nomini McDonald’s Corporationga o‘zgartirdi. Rey 1961-yilda Makdonaldlardan 2,7 million dollar evaziga kompaniyaga bo‘lgan barcha huquqlarni sotib oldi. Aynan shu yili oziq-ovqat sanoati uchun kadrlar tayyorlash (avvalo McDonald’s tizimida ishlovchi kadrlarni yetkazib berish)ni maqsad qilgan birinchi o‘quv muassasa — Gamburgerologiya universiteti ochildi. Bugungi kunda dunyoda jami 8 ta shunday universitet faoliyat yuritmoqda. Ular Chikago (AQSh), Tokio (Yaponiya), San-Paulu (Braziliya), London (Buyuk Britaniya), Myunxen (Germaniya), Shanxay (Xitoy), Sidney (Avstraliya) va Moskvada (Rossiya) shaharlarida joylashgan.
1960-yillar boshlaridan kompaniyaning reklamaga katta e’tibor qaratishi o‘z natijasini bermay qolmadi, ushbu doimiy reklamalar natijasida McDonald’s eng taniqli brendlardan biriga aylandi. 1962-yilda “M” harfini tashkil etuvchi ikkita oltin arka kompaniyaning logotipi sifatida tanildi.
1963-yil sotilgan gamburgerlar soni milliardga yetdi va shu yildan boshlab kompaniya restoranlarga bolalarni jalb qilishga e’tibor qarata boshladi, bunda qizil sochli Ronald Makdonald masxarabozidan foydalanildi. 1968-yilda Big Mac bozorga chiqarildi va 1000-restoran ochildi. 1970-yildan McDonald’s Amerikaning barcha shtatlarida xizmat ko‘rsatishni boshladi. McDonald’s mijozlar qiziqishlarini inobatga olgan holda 1973-yildan restoranlarda nonushta qilish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi. Oradan yetti yil o‘tib McDonald’s tayyor nonushtalar bozorining to‘rtdan bir qismiga egalik qildi. 1975-yildan boshlab mijozlar avtomobillardan tushmasdan taom buyurtma qilish va uni qabul qilib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu xizmatning yo‘lga qo‘yilishi natija bermay qolmadi, vaqt o‘tishi bilan ushbu xizmat turi McDonald’s Corporation daromadlarining yarmidan ko‘pini tashkil eta boshladi.
1979-yilda McDonald’s yosh bolalar orasida o‘z auditoriyasini kengaytirish maqsadida innovatsion xizmat “Happy Meal”(Baxtli taom) — bolalar uchun o‘yinchoq bilan birga oziq-ovqat mahsulotlarini sotish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
Yangi restoranlarning ochilishi eskilarining daromadini kamaytirdi. Natijada har bir tadbirkorlik subyektida bo‘lganidek McDonald’s rahbariyati tomonidan ham daromadni ko‘paytirish maqsadida bir nechta marketing bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi, ammo ularning barchasi ham muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Bunga menyuda yangi taomlarning paydo bo‘lishi (pitssa, makaron va past kaloriyali sendvichlar) yoki yonilg‘i quyish shoxobchalari va savdo markazlarida mini-restoranlarning ochilishini misol qilish mumkin. 1996-yilda nisbatan muvaffaqiyatli loyiha — Walt Disney kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshlarida McDonald’s Britaniyaning Aroma Cafe (1999), Amerikaning Chipotle Mexican Grill (1998), Donatos Pizza (1999) va Boston Market (2000) kafelar tarmog‘ini sotib olish orqali o‘z faoliyatini kengaytirishga harakat qildi. Biroq ushbu xaridlar ham kerakli natijani bermadi va biroz vaqt o‘tib ushbu kompaniyalar sotib yuborildi.
2019-yil 5-martda McDonald’s korporatsiyasi sun’iy intellekt sohasidagi texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi Isroilning Dynamic Yield kompaniyasi IT-startapini sotib olgani to‘g‘risida e’lon qildi. Bitim korporatsiya tarixida so‘nggi 20 yil ichidagi imzolangan eng yirik shartnoma sanaladi, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra uning miqdori 300 million dollarni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining sobiq Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyevning 2017-yil 27-sentabrdagi Xalqaro press klub sessiyasida so‘zlagan nutqiga ko‘ra 2017-yildayoq AQShning McDonald’s korporatsiyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelishga qiziqish bildirgan. Bu bilan bog‘liq xabarlar va taxminlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi 5611-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-mayda qabul qilingan 365-sonli “Chorvoq erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi natijasida ancha ommalashdi. Biroq hozirga qadar McDonald’s’ning O‘zbekistonga kirib kelishi borasida aniq bir harakat ko‘zga tashlangani yo‘q.
Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish