4.3. Ekologik muammolar va ularni hal etilish choralari
Yer atmosferasi tarkibidagi barcha gazlar o‘ziga yarasha vazifalarni bajaradi.
Hususan karbonat angidrid Yerdagi haroratni bir xilda ushlab turadi va uni
sayyoramiz ko‘rpasi deb hisoblashadi. Atmosferada uning bo‘lishi 0.003 % ni
tashikil etadi. Hozirda inson tomonidan yiliga 22 mlrd t. bu gaz havoga
ko‘tarilmokda Bu gazning havoda ko‘payishi Yer haroratini oshishiga sabab
bo‘lmoqda. Ilmiy nazariy jihatidan olimlar takidlashicha sayyora miqyosida
harorat 1-2 gardusga oshsa qutub tomoni 150-500 km suriladi deb
takidlamoqdalar.
74
Buning oqibatida g‘allachilik rayonlarida yog‘ingarchlik kamayib, aksincha
tropik zonalarda yog‘ingarchilik ko‘payadi. Ko‘plab aholi zich joylarda
haroratning ko‘tarilishi bu esa kishilarning salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Harorat va namlikning jiddiy o‘zgarishi qishloq ho‘jaligiga sezilarli ta’sir etib
hosildorlikni keskin pasayishiga olib keladi.
Yer sayyorasining harorati 1 gradusga ko‘trarilishi qutbiy kenglikdagi
muzliklarni erishini tezlashtiradi. Demak Dunyo okeani sathida ko‘tarilish bo‘ladi.
Okean sathining ko‘tarilishi quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib
keladi. Chunonchi Mal’div orollari, Okeaniya, Filippin, Bangladesh, Indoneziya,
G‘arbiy Yevropaning dengiz soxillari suv ostida qoldi. Sank-Peterburg, Koxira,
Shanxay kabi ko‘plab shaharlar toshqindan ko‘plab talofat ko‘rmokda. Bu sohil
bo‘yidagi ko‘plab aholini qishloq va sanoat xo‘jalik ishlab chiqarishni
materikning ichkarisiga ko‘chirish, portlarni qayta tamirlash kerak bo‘ladi. Dunyo
issiqxonasi samarasi iqlimning sayyoraviy tarzda isishiga ta’sir etsada, maxalliy
iqlimning sovushiga olib keladi (ayniksa kutbiy kengliklar atrofida).
Ushbu muammolarni hal etishda yagona yo‘l atmosferadagi chiqindilar
miqdorini kamaytirishdir. Hozir Dunyo bo‘yicha atmosfera havosining
ifloslanishining 20% i AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi.. Shu boisdan 1997 yilda
bo‘lib o‘tgan BMT ning iqlim o‘zagrishiga bag‘ishlangan Konvensiyasida
atmosferaning ifloslanishini AQShda 3%, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 8%,
Yaponiya 6% ga kamaytirishga qaror qilgan.
«Ozon tuynigi» muammolari. Atmosfera havosining Yer yuzasi sathidan
20-30 km balandlik qismida ozon qavati joylashagn bo‘lib uni ozon ekrani deb
ham atashadi. Ozon qatlami Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarni yutib,
Yerdagi tirik organizmga zararli ta’sirlardan asraydi. Ozon qatalmini yemiruchi
asosan freon, xlorid gazlari, ftoruglerod va poliftoruglevodorod hisoblanib, ular
o‘zlarida xlor va brom atomlarini saqlaydilar. Ular stratosferaga ko‘trailib ozonni
yemiradi. Bir dona xlor 100 molekula ozonni yemiradi. Ozon qatlamining
siyraklashishi ultrabinafsha nurlarining miqdorini oshishga olib keladi. Ozon
qatlamiga ziyon keltiruvchi freonlar atir-upa sanoatida, maishiy, kime, sovitgich
75
jihozlarida foydalaniladi. Shu tufayli uni Dunyo bo‘yicha ishlab chiqarish miqdori
ancha yuqori (yiliga taxminan 700 ming t. atrofida).
Bundan tashqari, qishloq ho‘jaligida ishlatiladigan azot o‘g‘itlari ham ozon
yemiruchi manbalardan bo‘lib qolmoqda.
Ozon qatlamining buzulishi ilk bor Antarktika osmonida kuzatilgan. 1995-
1996 yillarda aholisi zich yashaydigan Shimoliy Amerika, Osiyo va Yevropa
ustida ham ko‘zatilgan. Uning oqibatida 1982 yili Zelandiya aholisining 11
mingdan ziyodi teri raki bilan og‘rigan, 1987 yili kasallikning kuchayishi oqibatida
160 kishi halok bo‘lgan. Ultrabinafsha nurlar insonlarga teri rakini keltirib
chiqarsa, o‘simliklarning ayniqsa boshoqli, kartoshka va soyaning mahsuldorligini
keskin pasaytirib yuboradi, baliq va okean jonzotlarining yashash sharoitni
yomonlashtiradi.
Ozon qatlamini muhofaza qilish borasida Dunyo miqyosida bir qator
anjumalar va kelushuvlar o‘tkazildi, 1989 yildagi Xelsinki dekloratsiyasiga
muvofiq freon gazlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini
kamaytirishni bosqichma-bosqich olib borish tadbirlari ko‘rsatilgan.
Cho‘llanish muammosi. Quriqlik yuzasining 40 mln km
2
maydoni
qurg‘ochil-adir hududdidan iborat. Mintaqada sug‘oriladigan yerlar 200 mln.
gektardan ziyod, lalmi dehqonchilik va yaylov sifatida foydalaniladigan maydon
ulishi ham salmoqli. Dunyo aholisining 15 % ortig‘i aynan shu mintaqalarda
istiqomat qiladi. Sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishi, defolyatsiyasi natijasida
tuproqning unimdorligi yo‘qolgan. Yaylovlarda tartibsiz holda mol boqilishi, dov –
daraxtlardan o‘tin va boshqa maqsadlarda ayovsiz kesib yuborish yaroqsiz yerlarni
ko‘payishiga olib kelmoqda. Cho‘llanish jarayonini keltirib chiqaruvchi
sabablarning salkam 90% i inson zimmasiga to‘g‘ri keladi. Hozirda inson qo‘li
bilan bunyod etilgan cho‘llar maydoni 9 mln km
2
ga yetgan. Quruqlik yuzasining
21 mln. gektar yerlari yiliga yaroqsiz holiga keltirilmoqda, 6 mln.gektar
sug‘oriladigan yerlar cho‘l tusini olmokda, sug‘oriladigan yerlarning 90
mln.gektar yeri sho‘rlanishga uchragan. Cho‘llanish talofatlari Osiyo va Afrika
mamlakatlarining anchasida, Avstraliyada borgan sari katta-katta maydonlarni o‘z
76
domiga tortmoqda. Ayniqsa, 1968-1973 yillarda sodir bo‘lgan Sahroi Kabir fojiasi
yiliga 20 ming km
2
mahsuldor yerlarni cho‘l qariga tortdi. Sudan mamlakati
janubidagi cho‘l chegarasi 17 yil ichida (1958-1974) yiliga o‘rtacha 5 km dan, jami
80-100 km. janubga surildi. Umuman Sahroi Kabir yiliga 1.5 mln. gektar atrofida
kengaymokda. Cho‘llanish yerlarni yaroqsiz holiga keltirish bilan birga
qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil ekotizmlar mahsuldorligini pasayishiga sabab
bo‘lmoqda. Natijada aholining turmush darajasi pasaymokda, turli kasalliklar
paydo bo‘lishga imkoniyat ortmoqda, uy-joy, oziq – ovqat muammosi kabi
ijtimoiy – iqtisodiy muammolar ko‘payishiga olib kelmoqda. Keyingi chorak asr
davomida faqat cho‘llanish jarayoni natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining
yo‘qotilishidan ko‘rilgan zarar miqdori 520 mlrd AQSh dollariga yetgan.
1977 yilda Nayrobi shahrida BMT ning atrof-muhitni muhofazasi bo‘yicha
“Cho‘llanishga qarshi harakat” dasturi ishlab chiqildi. Bu reja bir necha yillarga
mo‘ljallanilgan bo‘lib, rejaga muvofiq 1981 yilda Toshkentda ham Xalqaro ilmiy
anjuman bo‘lib o‘tdi. Hozirda boshqa mamalakatlar singari O‘zbekistonda ham
cho‘llanishni oldini olish, sug‘oriladigan yerlar va yaylovlar mahsuldorligini
oshirish borasida qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |