4 . HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA
4.1. Mehnat xavfsizligi psixologiyasi
Ishlab chiqarish travmatizmining oldini olish bo‘yicha millionlab mablag‘
sarflanadi, biroq ko‘pgina korxonalarda travmatizmning jiddiy pasaymayotgani
sezilayapti. Binobarin, travmatizm bilan ko‘rashishning boshqa usullarini izlash
68
kerak. Baxtsiz hodisa yuz bergan sharoitlarini tekshirish shu narsani ko‘rsatadiki,
uning sodir bo‘lishiga ko‘pincha jarohatlanuvchining o‘zi, uning shahsiy
sifatlaridagi yetishmovchilik sabab bo‘lar ekan.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlovchiga bog‘liq bo‘lgan psixologik
omillarning katta ta’siri borligini ko‘rsatadi. Mehnat xavfsizligi psixologiyasining
asosiy hollarini ko‘rib chiqamiz.
1. Mehnatni muhofaza qilish ishlovchining jismoniy va biologik sifatlrining
katta kompleksiga bog‘liq bo‘lib, unga ishlovchining xatti-harakatlarida uning
professional bilimi va uquvi mehnatni muhofaza qilish talablari bilan organik
uyg‘unlashib ketganida erishish mumkin. Bunda xavfsizlik texnikasi talablari
ortiqcha yuklama bo‘lmasdan, ishni bajarishning barcha texnikaviy bosqichlariga
garmonik singib ketishi lozim. Bajarilishi xavfsiz bo‘lgan ishni yaxshi ish desa
bo‘ladi, lekin buning uchun uquv kerak. Yangi ishchilarni qabul qilirshda asosiy
e’tiborni ularning o‘z kasblarini to‘g‘ri tanlashga va ishning xavfsiz qabullarini
o‘zlashtirishlariga jalb qilish lozim.
Ishlovchilarning xatti-harakatida intizom va o‘zini tuta bilishiga erishish
ham asosiy omillardan biridir. Bu narsa qo‘shimcha nazoratsiz xavfsizlik texnikasi
talablarini tizimli ravishda bajarishda namoyon bo‘ladi. Ishlovchilarni sodir
bo‘lgan baxtsiz hodisalar bilan tanishtirishda, uning barcha sodir bo‘lish
sabablarini tushuntirish va shu yerning o‘zida uning oldini olish yo‘llarini
ko‘rsatish lozim. Amalda, asosan, ishlovchilarga baxtsiz hodisalar yuz bergan holat
va ularning sabablarini tushuntirishda, ishlovchilarni ko‘proq qo‘rqitish uchun
barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qiladilar, bu esa o‘z navbatida ba’zi
kishilarda ojizlik holatini tug‘dirib, ishda asablarning ortiqcha buzilishiga olib
keladi. Baxtsiz hodisa haqida dalolatnoma tuzishda (N-1 forma bo‘yicha) «baxtsiz
hodisa yuz bergan holat» grafasida jarohatlanuvchi va u bilan birga ishlagan
kishilarning xarakteri va boshqa sifatlarning asosiy tomonlarini keng ochib berish,
ularda shu paytda temperament qanday namoyon bo‘lganligini yoritish kerak,
chunki temperament shahsning psixologiyasi shug‘ullanadigan asosiy shaxsiy
xususiyatlaridan biridir. Smena boshlanishidan avval master yoki smena boshlig‘i
69
ishni taqsimlayotganda ishning barcha tomonlarini, garchi topshiriq qanchalik og‘ir
bo‘lmasin, ochib ko‘rsatish va odamlar ongiga yetkazishi (chunki smena vaqtida
topshiriqning o‘zgartirilishi, uning yuk tashish-ortish ishlariga o‘tkazilishi, elektr
payvanchilar va boshqalarga yordamchi qilib yuborilishi ishlovchiga yomon ta’sir
qiladi), va shu bilan mehnat faoliyati kayfiyatini vujudga keltirishi, odamlarning
asab sistemalarini bajarilishi kerak bo‘lgan ishga tayyorlashi lozim.
2. Texnikaviy kamchiliklarning ta’siri. Insonning psixik hayoti asosan tashqi
muhitga bog‘liq va ishni bajarish paytida kishi bu muhit bilan bir butun bo‘lib,
ishlab chiqarishdagi zararli omillar insonga butunlay yomon ta’sir ko‘rsatadi. Bu
zararli omillarga quyidagilar kiradi: gaz va chang bilan ifloslanganlik, yomon
yoritilganlik, juda past (-4-6S va bundan past) yoki juda yuqori (Q28dan yuqori )
temperatura, shovqin (ayniqsa bir me’yordagi shovqin). Bu omillar ishlovchining
tez charchashiga, sergakligining yo‘qolishi kabilarga sabab bo‘ladi, bular esa
tajribasizlik(ayniqsa ish staji bir yildan kam bo‘lgan ishchilarda) va ehtiyotsizlik
bilan birgalikda baxtsiz hodisaga olib keladi.
3. Ishlovchilarning travmatizmga sabab bo‘luvchi shaxsiy sifatlari. Ishga
qabul qilinayotgan ko‘pchilik kasbdagi kishilar uchun majburiy bo‘lgan tibbiy
ko‘rikni o‘tkazish vaqtida ishga qabul qilinayotgan kishining shahsiy sifatlarini,
shuningdek uning sog‘lig‘idagi travmatizmga chalinishi kuchaytiradigan
yetishmovchiliklarni kompleks ravishda hisobga olish zarur. Bularga quyidagilar
kiradi:
1. Kasalik xarakteriga yoki shunga yaqin holatga ega bo‘lgan asab sistemasi
yoki boshqa organlardagi doimiy funutsional o‘zgarishlar.
2. Sezgi organlarining turli kamchiliklari, ko‘rishning qisman yo‘qotilishi,
garanglik va h.k.
3. Asab tizimining yuqori bo‘limlaridagi sensorlar va harakatlantiruvchi
markazlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning buzilishi.
4. Harakatlarning moslashuvidagi nuqsonlar (epchilmaslik ishonchsiz
harakatlar).
70
5.
Emotsional
(ruhiy)
jarayonlarning
muvozanatlashmaganligi
(xursandchilik va jahlning almashinuvi, arzimagan tashqi ta’sirlarga darhol
berilishi), bular yengiltaklik, o‘ylamasdan ish qilish, shoshma-shosharlikda
namoyon bo‘ladi.
6. Alkogol va boshqa mast qiluvchi narkotik moddalarga ruju qo‘yish.
7. Ishdan ko‘ngli to‘lmaslik va unga qiziqishning yo‘qligi bundan esa
hardam hayollik, qiziqmaslik kelib chiqadi.
Yuqorida aytilganlardan shunday hulosa kelib chiqadiki, tibbiy ko‘rikdan
salbiy hulosasiga yoki bajaryotgan ishiga o‘zining shahsiy xislatlari mos
kelmasligiga (passivlik, bosiqmaslik, haddan tashqari harakatchanlik va h.k.)
qaramasdan ishga kirgan kishi, boshqalarga nisbatan o‘zining baxtsiz hodisaga
uchrashiga doimo sababchi bo‘ladi.
Shahsning ma’naviy buzilishining ayrim belgilari ba’zan ta’magirlik,
amalparastlik kabi formalarda namoyon bo‘ladi, bu bilan esa safsatabozlik,
ko‘zbo‘yamachilik, ko‘z-ko‘z qilish, xavfsizlik normalari va qoidalariga
hurmatsizlik qilish va boshqalar chambarchas bog‘langan.
Brigada, smena, uchastka, sexda ishchilar va muxandis-texnik xodimlar uchun
xavfsizlik qoidalariga amal qilishning yagona munosabati ishlab chiqilgan bo‘lishi
shart. Hattoki, bitta uchastkaning turli smena va brigadalari uchun bir qarashda
tushunarli bo‘lgan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha plakatlarning, qoida buzishning
turlariga qarab, har xillaridan foydalanish kerak. Eng muhimi, xavfsizlik texnikasi
qoidalarini buzish hollakrining birontasini ham jazosiz qoldirmaslik va o‘tkazib
yubormaslik kerak, buning uchun xoh ishchi bo‘lsin, xoh muxandis-texnik xodim
bo‘lsin, ularni jiddiy javobgarlikka tortish lozim. Xavfsizlik qoidalariga amal
qilinishini doimo va qat’iy har qanday sharoitlarda, hech kimga nisbatan istisnosiz
nazorat qilish kerak, chunki uzoq vaqt baxtsiz hodisaga uchramay, lekin kamdan-
kam bo‘lsa ham kichik qoida buzishlarga yo‘l qo‘yadigan odam har qanday vaqtda
shu qoida buzishning jabrlanuvchisi bo‘lib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |