Vazirlik
Aloqa ishlab chiqarish boshqarmasi
Respublika kasaba uyushmalari kengashi
Energo- nazorat
Texnik inspektor
Kotlonazorat
Bosh muxandis
Maxalliy qumita
Korxona
TX
bo’yichainstr
San-tex nazorat
muxandis
Yong’in nazorat
Sex (bo’lim
89
Adliya organlari va prokratura
Sex boshlig’i
Uchaska
MM bo’yicha komissiya
Katta jamoat nazoratchisi
Jamoat nazoratchisi
Katta jamoat
4.1-rasm. Aloqa korxonalaridan mehnat muxofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
Aloqa ishlab chiqarish-texnika boshqarmalarida (AICHTB)mehnat muxofazasi bo‘yicha ishlarni AICHTB boshliqlari, bosh muxandislar va boshliq muovinlari uyushtiradi.
Korxona boshlig‘i korxonada mehnat muxofazasini tashkil qilish uchun javob beradi, bosh muxandis va boshliq muovinlari va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, TX qoida va me’yorlari, ishlab chiqarish sanitariyasi, ularga bo‘ysunadigan bo‘limlar, sexlar, uchastkalarda yong‘in xavfsizligiga rioyaetilishi ustidan to‘liq ma’suldir.
Mehnat muxofazasi bo‘yicha ishlarning bajarilishi ustidan nazorat uchun bosh muxandisga bo‘ysunuvchi mehnat muxofazasi bo‘yicha muxandis tayinlanadi.
Raxbar yuqori xavfli ishlar ro‘yxatini bilishi, ximoya vositalari va saqlovchi qurilmalar yarog‘lilik axvoli va mavjudligi ustidan kuzatib borishi, ventilyasiya qurilmalari, ish joylarining yoritilishi, ishining to‘g‘riligini tekshirib borishi, shovqin va tebranishlarning kamayishiga erishmog‘i, ishchi va xizmatchilarni ishlashning xavfsiz uslubni ularga o‘rgatish, saboqlar uyushtirishi, texnika xavfsizligi qoidalarini nechog‘lik bilishlarini davriy tekshirib turishi lozim.
Raxbar,shuningdek, TX qoidalari va me’yorlarini bajarmagan shaxslarni ishdan chetlatishi, agar insonlar hayoti va salomatligiga taxdid solayotgan bo‘lsa, mexanizmlar ishini to‘xtatishi, jabrlanganga birinchi yordam ko‘rsatishni tashkil qilish, baxtsiz xodisalarni tergov qilish va ularni oldini olishyuzasidan choralar ko‘rishda ishtirok etishi lozim. Aloqa korxonalarida travmatizmni kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar o‘tqazish ustidan nazoratni kuchaytirish maqcadlarida mehnat muxofazasi axvoli ustidan 3-pog‘onali nazorat joriy etiladi.
Xar kuni usta yoki brigadir jamoat nazoratchisi bilan birga ishchilar axvoli, uskunalarning sozligi va ximoya vositalarining yaroqliligini tekshiradi. Nuqsonlar topilganda zudlik bilan ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Agar nosozliklarni kuchlari bilan bartaraf etish mushkul, imkonsiz bo‘lsa, nuqsonu nosozliklar 3-pog‘onali nazorat jurnaliga qayd etiladi.
Xar xafta sex boshlig‘i katta jamoat nazoratchisi bilan xamkorlikda sexda Mehnat muxofazasining axvolini birma-bir tekshiruvdan o‘tkazadi, usta tomonidan bildirilgan nosozliklar bo‘yicha qarorlar qabul qiladilar, avvalgi tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi. Tekshiruv natijalari sex boshlig‘i xuddi shu jurnalga yoziladi.
Xar oyda bosh muxandis va Mehnat muxofazasi bo‘yicha muxandis korxona bo‘yicha Mehnat muxofazasining axvolini tekshiradi, tekshiruvning 1 va 2 pog‘onalarida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etilishini nazorat qiladi.
Tekshiruv natijalari korxona bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat muxofazasi bo‘yicha muxandis muntazam TX qoidalari va me’yorlari, ishlab chiqarish sanitariyasi, yuqori turuvchi tashkilotlar farmoyishlari, nazorat qiluvchi organlari xujjatlarining ijrosini nazorat qiladi.
U yangi qabul qilingan xodimlar bilan ilk yuriqnomani o‘tadi, TX bilimlarini tekshirish bo‘yicha komissiyalar ishi va ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni tergov qilishda ishtirok etadi.
Hisobotga noqulay sharoitlarda ishlovchilar soni xaqida ma’lumotlar va hisobot yilida me’yorlarga muvofiq xujjatlar kiritiladi.
Hisobotda rekonstruksiya, kapital remont bo‘yicha bajarilgan ishlar xajmi va ishlab chiqarishsexlar, umuman TX qoidalari va me’yorlari talablariga javob bermaydigan uchastkalarni ekspluatasiyadan chiqarish to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Mamuriy-xo‘jalik va injener-texnik ishchi mehnat qonunchiligi va mehnat muxofazasi qoidalarini buzsalar intizomiy, mamuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xodimga mehnatintizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga xaqli:
Xayfsan.
O‘rtacha oylik ish xaqining yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorga jarima solish xollari xam nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish xaqidan jarima ushlab qolish ushbu Kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan xolda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish (100 - modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari). Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
Mamuriy jazo - (ogoxlantirishyoki jarima) TX qoidalari yoki sanoat sanitariyasi qoidalari buzilishida aybdor xodimga texnik inspeksiya va sanitarnazorat organlari tomonidan ogoxlantirishyoki jarima solinadi.
Mehnat muxofazasi qoidalari buzilishi, atrof-muxit ifloslanishi ustidan agar bu qonunbuzarliklar oqibatida baxtsiz xodisalar chiqishi mumkin, insonlar salomatligiga zarar etkazsa, mansabdor shaxslar prokuratura organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |