2. OSI modeli
Tayanch so‟zlar: OSI modeli, TCP/IP protokollar steki, tutashuvchanlik,
adreslash, ATM texnologiyasi, X.25, spesifikatsiya.
TCP/IP protokollarining steki
Transmission Control Protocol/Internet Protocol (TCP/IP) - bu global
tarmoqlar uchun ishlab chiqilgan protokollar stekining sanoatlashgan standarti.
Hozirgi vaqtda TCP/IP steki asosan OC UNIX li tarmoqlarda tarqalgan
lekin uning oxirgi versiyalari personal kompyuterlar (Windows NY3.5, Netware
4.1, Windows 95) ning tarmoqli operatsion tizimlari uchun amalga oshirilgan.
TCP/IP protokollar tizimi 1.3-rasmda ko‗rsatilgan. TCP/IP protokollari 4 ta
darajaga bo‗linadi.
Eng past (IV daraja) OSI modelining fizik va kanalli darajalarga muvofiq.
Ushbu daraja TCP/IP protokollarida ko‗rsatilmagan, lekin kanalli va fizik
darajalarning hamma tanilgan standartlariga: lokal tarmoqlar uchun-Ethernet,
Token Ring, FDDI, Fast Ethernet, 100VG-Any LAN; global tarmoqlar uchun SLIP
nuqta-nuqta ulanish protokoli, X.25 paketlarini kommutatsiyalashli territorial
tarmoqlar protokollari Frame Relay quvvatlaydi. Kanalli darajaning transporti
sifatida ATM texnologiyasini aniqlovchi maxsus spetsifikatsiyasi ishlab chiqilgan.
Odatda lokal yoki global tarmoqlarning yangi texnologiyalari paydo bo‗lsa, u IP
140
paketlarini uning kadrlariga inkopsulyatsiyalash usulini aniqlovchi muvofiq RFC
ishlab chiqish hisobiga TCP/IP stekiga tezda ulanadi.
Keyingi daraja (III daraja) - bu tarmoqlararo o‗zaro ishlash darajasi, u lokal
tarmoqlar, teritorial tarmoqlar, maxsus aloqa liniyalarining har xil transport
texnalogiyalarini ishlatib paketlarni uzatish bilan shug‗ullanadi.
Tarmoq darajasining asosiy protokoli sifatida (OSI modeli terminallarida)
stekda IP protokoli ishlatiladi. U boshlanishida, lokal va global bilan birgalikda
birlashgan, lokal tarmoqlarning ko‗p sonidan iborat tarkibiy tarmoqlarda paketlarni
uzatish protokoli sifatida loyixalashtirilgan. Shuning uchun IP protokolli murakkab
topogiyali tarmoqlarda ulardagi tizim ostilari borligini to‗g‗ri ishlatib va aloqaning
past tezlikli liniyalarining o‗tkazish qobiliyatini tejab yaxshi ishlaydi. IP prtokolli
deytagrammali prtokol hisoblanadi, ya‘ni u tayinlangan tugungacha paketlarning
yetkazib berilishini kafolatlamaydi. Tarmoqlararo o‗zaro ishlash darajasi, RIP
(Routing Internet Protocol) va OSPF (Open Shortest Path First) yo‗nalish
axborotini yig‗uvchi protokollar, hamda ICMP (Internet Control Message
Protocol) tarmoqlararo boshqarish xabarlari protokoli kabi marshrutlash jadvalini
tuzish va takomillashtirish bilan bog‗liq hamma protokollar kiradi. Oxirgi protokol
tarmoq marshrutizatorlari va tugun-paket manbai orasidagi hatolar to‗g‗risidagi
axborot bilan almashish uchun mo‗ljallangan. ICMP ning maxsus paketlari
yordamida paketlar yetkazib berishning imkoni yo‗qligi yashash vaqtining oshishi
yoki fragmentlardan paketlar yig‗ishning cho‗zilishi, parametrlarning anomal
kattaligi, uzatish yo‗nalishining o‗zgarishi va xizmat ko‗rsatish turi, tizimining
holati to‗g‗risida xabar berib turiladi.
Keyingi daraja (II-daraja) asosiy hisoblanadi. Bu daraja, TCP (Transmission
Control Protocol) uzatishni boshqarish prtokoli va UDP (User Datagram Protocol)
foydalanuvchining deytagramm protokoli ishlaydi. TCP prtokoli virtual
ulanishlarni tashkil qilish hisobigi uzoqlashgan qo‗shma jarayonlar orasida
xabarlarni ishonchli uzatishini ta‘minlaydi. UDP protokoli IP ga o‗xshab
deytagramm usuli bilan qo‗shma paketlarning uzatilishini ta‘minlaydi va tarmoqli
141
protokol va ko‗p sonli qo‗shma jarayonlar orasida faqat bog‗lovchi halqa vazifasini
bajaradi.
Yuqori daraja (I-daraja ) qo‗shma draja deyiladi. Har xil davlatlar va
tashkilotlar tarmoqlarida ko‗p yillik ishlatilishida TCP/IP steki qo‗shma darajada
juda ko‗p miqdorda prtokollar va servislar to‗pladi. Bular keng qo‗llaniladigan
FTP fayllarni nusxalash Telnet terminalni emulsiyalash, Internet tarmog‗inig
elektron pochtasida ishlatiluvchi SMTP pochta protokollari, uzoqlashgan
axborotga kirish uchun WWW gipertekstli servislar kiradi.
OSI modelining tarmoqli darajasi
Har xil sxemalardagi kompyuterlar orasida axborotning ko‗chib yurishi juda
murakkab masala bo‗lib hisoblanadi. 80 yillar boshida Standartlash bo‗yicha
Halqaro tashkilot, yetkazib beruvchilarga o‗zaro ishlash tarmoqlarining
foydalanishini tashkil qilishda yordam beruvchi modelni barpo etishda zaruriyat
borligini tan oldi. Bunday ehtiyojni 984 yilda chiqarilgan. Ochiq tarmoqlarning
o‗zaro ishlashi (OSI) etalon modeli qoniqtiradi.
OSI etalon modeli nafaqat kompyuterlararo, stansiyalararo xabarni ham
uzatish uchun tezda asosiy arxitektura modeli bo‗lib qoldi. OSI modeli
kompyuterlar orasidagi axborotlarni ko‗chirish muammosini tarmoq orqali
nisbatan avtonom, binobarin yengil ham bo‗ladigan yettita kichikroq
muammolarga bo‗ladi.
Muammolarning yettita soxasining har biri modelning bitta darajasi
yordamida bajariladi. Tarmoqning ko‗pchilik jixozlari yettita darajaning
hammasini amalga oshiradi. Lekin axborot oqimi rejimida, tarmoqning ayrim
amalga oshiriluvchilari bitta yoki ko‗proq darajalar o‗tkazadi. OSI ning eng pastki
ikkita darajasi apparatli va dasturiy ta‘minot bilan qolgan beshta yuqori darajalar
dasturiy ta‘minot bilan amalga oshiriladi.
142
OSI etalon modeli tarmoqning amalga oshiruvchisi bo‗lib hisoblanmaydi. U
faqat har bir daraja vazifasini aniqlaydi.
Qisqa OSI modeli darajasining asosiy vazifalarini ko‗rib chiqamiz.
Fizik daraja, koaksial kabel, burama juftlik, opto tolali kabel kabi fizik
kanallar bo‗yicha bitlarning uzatishini bajaradi. Ushbu darajada elektr signallar
parametrlari va ma‘lumotlarni uzatishning fizik muhitlar tavsiflari aniqlanadi.
Kanalli daraja, namunali topologiyali tarmoqlardan har qanday tugunlari
orasida yoki o‗z xolli topologiyali tarmoqlardagi ikkita qo‗shni tugunlar orasida
ma‘lumotlar kadrini uzatilishini ta‘minlaydi. Kanalli darajasining protokollarida
kompyuterlar orasidagi aniq aloqa tuzilishi va ularning adresatsiya usullari berilgan
lokal tarmoqlar kanalli darajada ishlatiladigan adreslar, ko‗pincha MAS-adreslar
deb nomlanadi.
Tarmoq darajasi, o‗z holli topologiyali tarmoqdagi har qanday ikkita tuguni
orasida ma‘lumotlarni yetkazib berishni ta‘minlaydi, shu davrda u ma‘lumotlarni
uzatish ishonchliligi bo‗yicha o‗z zimmasiga hech qanday majburiyat olmaydi.
Seans darajasi o‗zaro ishlovchi tomonlarning qaysi biri hozirgi paytda aktiv
ekanligini aniqlashga imkon beruvchi dialoglarni boshqarish vositalari, hamda
xabarlar bilan almashish muolajasi doirasida sinxronizatsiya vositalarini taqdim
etadi. Taqdim etish darajasi tashqi ma‘lumotlarni taqdim etish ishini bajaradi. Bu
darajada ma‘lumotlarning turli xil o‗zgarishlari bajarilishi mumkin, masalan
kompressiya va dekompressiya shifrlash va deshifrlash.
143
Qo‗shma daraja-oxirgi foydalanuvchilarga va qo‗shimchalar taqdim
etilayotgan har xil turdagi tarmoq servislarining to‗plami, masalan bunday
servislarga, elektron pochta fayllarni uzatish tarmoq bo‗yicha kompyuterga
uzoqlashgan terminallarni ulash kiradi.
Transport tarmoq osti tizimini qurishda fizik, kanalli va tarmoq darajalarining
vazifalarini ko‗proq qiziqtiradi, chunki ular ushbu tarmoqda ishlatiladigan
uskunalar: tarmoq adapterlari, konsentratorlar, ko‗priklar, kommutatorlar va
marshrutizatorlar bilan bog‗langan.
Qo‗shma, seans va taqdim etish darajalarining vazifalari operatsion tizim va
oxirgi tugunlarning tizimli qo‗shimchalari tomonidan amalga oshiriladi.
Paketlar marshrutizatsiyasi tarmoq darajasida bajariladi, shuning uchun bu
daraja vazifalarini to‗laroq ko‗rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |