5.1-расм. Morze alifbosi
100Мbit/s
10Мbit/s
1Мbit/s
100Кbit/s
10Кbit/s
1Кbit/s
100bit/s
10bit/s
0
Murojat
etish tezligi
yillar
1837
bugun
TOEKEN
RING
APP. MORZE
teletext
modem
RRI-ISDN
HDSL
ADSL
VDSL
Ethernet
52
5.1-rasmda Morze alfibosidan (10 Bit/s) VDSL texnologiyalarigacha (51
Mbit/s) misli kabelli liniyalar bo'ylab uzatish tezliklarini evolyutsiyasi keltirilgan.
xDSL texnologiyasi orasida birinchi bo'lib ishlatilgani bu- IDSL bo'lib, 160 Kbit/s
uzatish tezligi bilan ikki tomonlama aloqani bitta o'ralgan juft sim orqali amalga
oshirgan. Bu texnologiya IDSL tarmoqdan tashqari, cheklangan masofaga abonent
liniyalari uskunalarini zichlashtirish uchun yaratilgan edi.
DSL qatorida keyingi texnologiyaHDSL (High - bit-rate Digital Subscriber Line) -
yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi hisoblanadi. U to'liq ikki tomonlama
ayirboshlashni 2048 Kbit/s yoki 2,048 Mbit/s (Е1/T1) tezlikni ta'minlaydi. Uzatish
ikki yoki uch kabelli juftlikdan foydalaniladi. Shu texnologiyani keyingi
rivojlanishi natijasida bitta juftlikda ishlaydigan SDSL (Single Pair DSL) -
simmetrik yuqori tezlikni raqamli abonent liniyasi paydo bo'ldi.
Ohirgi yillari ADSL va VDSL texnologiyalari ishlab chiqildi.
ADSL - assimetrik raqamli abonent liniyasi deyilib, u ―tarmoqdan abonentgacha‖
yo'nalishda 8 Mbit/s tezlikkacha va ―abonentdan tarmoqqacha‖ yo'nalishda esa 640
Kbit/s tezlikkacha uzatishni ta'minlab, hozirgi INTERNETga ulanishning
samaralaridan biri hisoblanib turibdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bu
texnologiya faqat ma'lumotlarni uzatishda kutilgan samarani bermoqda, ammo
nutq signalini uzatishda uni ishlatib bo'lmaydi, chunki unda simmetrik ikki
tomonlama uzatishgagina qo'llanilishi mumkin. Undan tashqari yirik shaharlarda
ADSL texnologiyasini ATS lararo bog‘lovchi liniyalardagi uzatish tezligi kamida
622 Mbit/s bo'lganda qo'llanilsa katta samara beradi. Masalan, agar ATS lararo
bog‘lovchi liniyada tezlik 155 Mbit/s bo'lsa (eslatib o'tamiz bu tezlik SDH
texnologiyasining dastlabki sathi, ya'ni STM-1 to'g‘ri keladi.) u holda INTERNET
- pravayder bor yo'g‘i 20 ta abonentni ulab berishi mumkin. (155/8≈20)
RADSL - ―Rafe-Agaptive‖, ya'ni ―adaptivli uzatishtezligi‖, deb izohlanadi. Bu
texnologiya aslida standart hisoblanmaydi, chunki sharoitlarga masalan, liniyani
uzunligiga qarab tezlikni dinamik adaptapsiyalash yechimi hozircha shaxsiy
53
masala hisoblanib, har bir ishlab chiqaruvchida o'zini qoidasi bor. Lekin bu
texnologiya DSL ning variantlaridan biri bo'lib, har bir ishlab chiqaruvchining
xohishiga binoan ishlatiladi. Maqsad – liniyaning maksimal imkoniyatlaridan
foydalanishdir.
VDSL - ―Very high bitrate‖, ya'ni juda yuqori uzatish tezligi, deganidir. Bu
texnologiya qisqa masofada taxminan 500 metrcha 51...55 Mbit/s yuqori tezliklarni
bera olishiga mo'ljallangan.
G.Lite - bu naql ADSL ning ―yengillashgan‖ varianti, deb izohlanadi. Unda uzatish
tezligini bir oz pasaytirib, modem va telefonni bitta liniyada paralel ravishda
ishlash sxemasini soddalashtirish imkonini beradi. DSL ning bu versiyasi AQSH
da juda shuhrat qozongan. Bu texnologiya birinchi navbatda alohida yoki muhim
foydalanuvchilarga mo'ljallangan.
xDSL tehnolgiyasini qo'llashda misli simlarning simmetrik juftliklaridan
foydalaniladi va ular har bir texnologiya foydalaniladigan juftliklari va har hil
yo'nalishlarga ajratish sonidan foydalanish bilan ajralib turadi.
Eng sodda variant ma'lumotlarini bevosita va teskari yo'nalishlarga har hil juftliklar
bo'ylab (bevosita: ATS dan abonentga, teskarisi : abonentdan ATS ga) uzatish,
ya'ni har bir juftlik bo'yicha uzatish faqat bir tomonlama amalga oshiriladi va
shundan ham nomi - bir tomonlama, ya'ni simpleks. Shu holda UDSL
(Unidirectional DSL), deb aytishadi. Ammo xDSL texnologiyalarini asosiylari
ikki tomonlama uzatishni, ya'ni dipleksli hisoblanadi. Uzatish bitta juftlikda
bevosita va teskari yo'nalishlarda amalga oshirilib, ajratish exokompensator yoki
chastota bo'yicha ajratishlar yordamida amalga oshiriladi. Yarim dupleks uzatish
bitta juftlikda, ammo har hil vaqt mobaynida ikki yo'nalishda amalga oshiriladi.
xDSL ning texnologiyalarini vositalar va yo'nalishlar bo'yicha ―shajaraviy daraxti‖
5.2-rasmda keltirilgan.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |