4.9 -rasm. “Halqa” topologiyasi.
―Yulduz‖ topologiyasi (4.10-rasm) har bir kompyuter alohida kabel
yordamida konsentrator deb nomlanuvchi umumiy markaziy qurilmaga ulanishidan
hosil bo‘ladi. Konsentrator biror kompyuterdan keluvchi ma'lumotni boshqasiga
yoki barchasiga yo‘naltirish funksiyasini bajaradi. Konsentrator sifatida
kompyuter, maxsus qurilma, ya'ni ko‘p kirishli repiter, kommutator yoki
marshrutizator bo‘lishi mumkin. ―Yulduz‖ turidagi topologiyalarning kamchiligi
maxsus markaziy qurilmaga ega bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lgan ancha qimmatbaho
tarmoq jihozlarini qo‘llash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari tarmoqdagi tugunlarning
miqdorini ko‘paytirish imkoniyati konsentrator portlari soni bilan chegaralanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |