Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Axborot-kommunikatsiya tarmog‘i resurs va xizmatlarini taqsimlangan



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

5.3. Axborot-kommunikatsiya tarmog‘i resurs va xizmatlarini taqsimlangan 
tizimlar asosida  taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar 
 
Bugungi  kunda  servisga  yo‘naltirilgan  arxitektura  konsepsiyasi,  Grid  va  
“Bulutda hisoblash texnologiyalari asosidagi taqsimlangan tizimlar AKT sohasida 
eng zamonaviy vositalar hisoblanadi. Ularning imkoniyatlari murakkab strukturali 
tarqoq  holdagi  axborot-kommunikatsiya  tarmog‘ining  yangidan-yangi  resurs  va 
xizmatlarini  yaratish  va    keng  doirada  shakllangan  resurs  va  xizmatlarini  yuqori 
sifat darajasida taqdim etilishini ta’minlaydi. 
Axborot  -  kommunikatsiya  texnologiyalarining  zamonaviy  usullaridan 
unumli  foydalanib,  yangi    xizmat  va  resurslarni    yaratish,  ularni  keng 
foydalanuvchilar doirasiga sifatli taqdim etish masalalari O‘zbekiston Respublikasi 
axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  yo‘nalishining 
asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.  
Ushbu  yo‘nalishdagi  yirik  kompaniyalar,  tashkilotlar  ,  operatorlar  va 
provayderlar  zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanib, mavjud 
resurslarni  zamonaviylashtirish,  yangidan-yangi  resurs  va  xizmatlarni  yaratish  va 
ularni  keng  miqyosda  taqdim  etish  yo‘lida  xormay-tolmay  mehnat  qilib 
kelishayapti. Quyida ushbu ishlarni yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida yanada 
takomillashtirish bo‘yicha fikr va mulohazalar keltiriladi. 
1.  Axborot  –  kommunikatsiya  tarmog‘i  resurs  va  xizmatlari  bir  necha 
operator  va  provayderlar  tomonidan  shakllantiriladi  hamda  foydala-nuvchilarga 
taqdim  etiladi.  Bunda  ular  ko‘p  hollarda  har  xil  platformada  va  dasturlarda 
yaratilgan  bo‘ladi.  Elektron  shakldagi  resurslarni  uzoq  masofaga  uzatish 
jarayonlari  ham  har  xil  muhit  va  protokollar  yordamida    amalga  oshiriladi. 


261 
 
Resurslarga  tarmoqdan  kirishda  qo‘llanilgan  muhitga,  proto-kollarga  va 
qo‘llanilgan sistemaviy dasturiy ta’minoti hamda interfeyslarga bog‘liq.  
Shu  bilan  birga,  bir  operatorda  shakllantirilgan  resurs  (yoki  xizat)  boshqa 
operatorda  bo‘lmasligi  yoki  u  resursga  chiqish  shart-sharoitlari  o‘zgacha  bo‘lishi 
mumkin.  Foydalanuvchi  o‘zi  xoxlagan  joydan  xoxlagan  resursga  chiqa  olishi, 
so‘rovi  (ya’ni,  talabi)  ni  to‘liq  va  sifatli  bajarilishini  istaydi.  Bu  talab  yuqorida 
keltirilgan holatlarga ko‘ra qondirilmay qrolishi mumkin.   
Foydalanuvchining  tobora  o‘sib  borayotgan  talablarini  sifatli  bajarilishi 
uchun 
bugungi 
murakkab 
strukturali 
axborot-kommunikatsiya 
tarmog‘i 
moslashuvchanlik  va  keng  miqyosli  boshqaruv  xususiyatiga  ega  bo‘lishi  kerak, 
ya’ni  tarmoqning  holatiga  qarab  xizmat  parametrlari  bir  zumda  o‘zgartirilishi, 
mavjud  trafikning  xizmat  ko‘rsatish  mezonlari  korreksiyalanishi,  aniq  trafiklar 
uchun xizmat ko‘rsatish sifatining sinfi belgilanishi (QoS) va har bir aniq xizmat 
uchun  tarmoqga  kirish  tezligi  nazorat  qilinishi  va  x.k.  shartlar  bajarilishi  kerak 
bo‘ladi. 
Resurslar  axborot-kommunikatsiya  tarmog‘i  tarkibida  shakllantirilgan 
zamonaviy  taqsimlangan  tizimlar  negizida  yaratiladi  va  saqlanadi,  ularni  taqdim 
etish oraliq muhit  dasturiy ta’minotlari yordamida amalga oshiriladi.  
Oraliq  muhitni    Web  -  texnologiyalar  negizida  shakllantirilishi  tarmoqdagi 
har  qanday  ilovaning  funksiyalariga  Internet  orqali  kirishni  ta’mnlaydi.  Chunki 
Web  –  texnologiyalar  asosida  yaratilgan  Web-servislar  TCP/IP,  HTTP  (hamma 
tarmoq 
vositalari 
tomonidan 
qabul 
qilinadigan 
ya’ni, 
meynfreym 
kompyuterlaridan,  to  mobil  telefongacha)  universal  protokollar,  HTML  va    XML 
universal dasturlash tillari negizida ishlab chiqiladi.  
Web-servis  texnologiyasi  «bog‘lovchi  zveno»  vazifasini  bajaradi  –  har  xil 
nuqtadagi har xil dasturiy ta’minotlarni birlashtiradi. 
Web-servislar  tatbiqiy  dastur  muhitlari    orasida  standart  munosabatlarni 
o‘rnatish vazifasini  bajaradigan  «qobiq»  dastur ko‘rinishida ifodalanadi.  Ular har 
xil  dasturlash  tillarida  yaratilgan  ma’lumotlarni  «bog‘lash»  uchun  ishlatiladigan 
dasturlar (middleware) vazifasini bajaradi. 


262 
 
Web-cervislarni  tavsiflash,  izlash  va  ularning  bir-birlari  bilan  o‘zaro 
munosabatlarini  tashkil  etish  maxsus  standartlar  asosida  ma’lum  bir  tartibda 
amalga oshiriladi.  
Oxirgi paytda axborot - kommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi  tobora 
Web-servislarga  asoslangan  dasturiy  munosabatlar  yordamida  bajarilishi  yo‘lga 
qo‘yilayapti. Web-servislarni keng doirada qo‘llanilishi  natijasida yuqorida bayon 
etilgan  servisga  yo‘naltirilgan  arxitektura  uslublari  yaratildi  va  ular  zamonaviy 
korporativ axborot tizimlarining resurs va xizmatlarini  shakllantirish va mijozlarga 
taqdim etishda asosiy vositalardan biriga aylanib borayapti.   
Yirik  kompaniya  va  vazirliklar  tasarrufidagi  elektron  shakldagi  resurslarni 
yaratadigan  va  taqdim  etadigan  tashkilot,  kompaniya  va  firmalarning  soni  tobora 
ko‘payib borayapti.  
Ammo  ishlab  chiqilgan  tarmoq  resurslari  har  xil  platformada  yaratilgan 
bo‘lishi, har xil iqtisodiy va sifat ko‘rsatkichlari doirasida taqdim etilishi tabiiy xol 
hisoblanadi. Ya’ni, bir mazmundagi resurs operatorlar tomonidan har xil dasturlash 
tillarida yaratilib, har xil ilovalar va interfeyslar asosida taqdim etilishi mumkin. 
Bunday  xolat  resurs  iste’molchilariga  noqulayliklar  yaratadi:  bir 
mazmundagi resurs har xil oeratorlar va provayderlar tomonidan har xil sharoitda 
taqdim etiladi. 
Tarmoq  foydalanuvchisiga  unga  kerakli  resurs  qaysi  platformada 
yaratilganligi  va  qaerda  saqlanayotganligi  kam  qiziqtiradi.  Foydalanuvchini  unga 
kerakli  bo‘lgan  resurs  (servis)  to‘liq  (ya’ni,  yuqori  sifat  darajasida),  qisqa  vaqt 
ichida va kam xarajat qilgan holda taqdim etilishi qiziqtiradi. 
Qayd  etilgan  muammolarni  bugunda  tobora  rivojlanayotgan  va  yuqori 
bandlarda  sistemalashtirilgan  holda  tavsifi  keltirilgan  servisga  yo‘naltirilgan 
arxitektura  uslublari  negizida  shakllantirish  va  taqdim  etishni  tashkil  etish 
ko‘zlangan maqsadga olib keladi. 
Bunday  yondoshuvni  amalga  oshirish  jarayonlarini  bosqichma-bosqich 
bajarish kerak bo‘ladi. 


263 
 
A).  Birinchi  navbatda  AKT  resurs  va  xizmatlarini    taqdim  etadigan 
tashkilotlarning  aksariyati  imkon  qadar  yuqori  tezlikdagi  Internet  tarmog‘iga 
ulangan   bo‘lishlari kerak; 
B).  Resurs  va  xizmatlarni  yaratish  va  taqdim  etish  bilan  shug‘ullanadigan 
hamma  turdagi  tashkilotlarning  keng  foydalanuvchilarga  taqdim  etish  uchun 
mo‘ljallangan resurs va xizmatlarining katalogini tuzish va uning asosida servisga 
yo‘naltirilgan reestrini (ya’ni, UDDI, WSDL texnologiyalari asosidagi ma’lumotlar 
bazasini)    yaratish  kerak.  Bunda  resurs  va  xizmatga  tegishli  barcha  ma’lumotlar 
ya’ni,  ular  qanday  muhitda  yaratilgan  va  qanday  servislar  yoki  “kompozit” 
servislar  orqali  ularga  chiqish  ta’minlanadi,  resurslardan  foydalanish  shart-
sharoitlari  va  h.k.  ma’lumotlar  o‘z  aksini  topishi  kerak.  Bunday  ma’lumotlar 
amaliy jarayonda  yanada aniqlashtiriladi va kengaytiriladi; 
V).  Internet  tarmog‘ida  Portal  shakllantirilib,  uni  servisga  yo‘naltirilgan 
ma’lumotlar  bazasi  bilan  ya’ni  SYA  ning  reestri  bilan  bog‘lab  qo‘yilishi  kerak 
bo‘ladi; 
Portalda  resurs  yaratadigan  va  taqdim  etadigan  tashkilotlar  haqida 
ma’lumotlar keltiriladi; 
Ushbu  Portalga  foydalanuvchilar  tashkilotlarning  Web-saytlari  orqali  ham 
chiqish imkoniyatlari bo‘lishi kerak. 
Foydalanuvchi  reestrga  bog‘lanishidan  oldin  u  identifikatsiya  va 
autentifikatsiya  jarayonlaridan  o‘tishi  kerak.  Ushbu  jarayon,albatta,  Portalda  o‘z 
aksini topishi kerak;  
Portalda  tashkiliy  masalalarni  elektron  shaklda  amalga  oshirish  ko‘zda 
tutiladi (elektron to‘lovlar, statistik ma’lumotlar, qaysi tashkilotning resursi necha 
marta foydalandi, u qancha foyda ko‘rdi va x.k.).  
Bu  jarayon,  albatta,  vazirlak  tomonidan  belgilangan  tashkilot  yoki  yuridik 
shaxs orqali boshqarilishi va monitoring qilinishi kerak bo‘ladi.  
Qisqasi,  axborot-kommunikatsiya  tarmog‘ining  barcha  resurs  va  xizmat-
larini  yagona  SYA  konsepsiyasi  asosida  yaratilgan  tizim  orqali  taqdim  etishni 


264 
 
yo‘lga qo‘yish taklif etiladi. Birinchi bobning bandlarida ushbu taklif to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar batafsil yoritilgan. 
2.  Bugunda  respublikamizda  “Elektron  hukumat”  tizimini  yaratish  va  joriy 
etish  bo‘yicha  ishlar  jadal  sur’atlar  bilan  olib  borilayapti.  Bunda  kerakli 
ma’lumotlarni sistemalashtirilgan holda shakllantirish va saqlash masalalari asosan 
“monogen”  muhitda  olib  borilayapti.  Boshqa  so‘z  bilan,  ma’lumot  qayta  ishlash 
markazlari “Bulut” texnologiyasidan foydalangan holda bitta joyda yaratilayapti va 
saqlanayapti  (katta  quvvatga  ega  server  kompyuteri  negizida  virtual  mashinalar 
yaratilab, ularda har xil mazmundagi ma’lumotlar bazalari shakllantirilayapti). Bu 
tabiiy,  chunki  boshlang‘ich  davrda  ularga  chiqish  yuklamalari  unchalik  ko‘p 
bo‘lmaydi.  
Ammo,  elektron  shakldagi  AKT  xizmatlariga  talab  kundan-kunga  oshib 
borishi evaziga  tarmoqdagi  ma’lumot  hajmi  tobora  oshib boradi.  Bunday  holatda 
axborot  resurslarini  bitta  tizimda  (yoki  “bitta  joyda”)  shakllantirish  va  saqlash 
kerakli resursni topishda ancha kechikishlarga olib kelishi tabiiy. Bundan tashqari,  
transport  tarmog‘ida  yuklamalar  har  xil  taqsimlanadi:  tarmoqning  bir  bo‘lagida 
yuklama  hajmi  ko‘p,  boshqasinikida kam,  ular  taqsimotini boshqarish  jarayonlari 
ma’lum bir vaqtni oladi. Natijada so‘rov bajarilishiga belgilanganidan ko‘proq vaqt 
ketadi va foydalanuvchining e’tirozini keltirib chiqaradi. 
Buni  oldini  olish  maqsadida  “bugun  bo‘lmasa,  ertaga”  respublikaning 
boshqa xududlarida ma’lumot qayta ishlash markazlarini yaratish va ularni bir-biri 
bilan  bog‘lab,  yagona  tizim  shakliga  olib  kelishga  to‘g‘ri  keladi.  Bunda  na  faqat 
virtual  mashnalar  g‘oyasidan,  balki  virtual  tarmoq  yaratish  g‘oyasidan  ham 
foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Shuning  uchun  hozirdan  servisga  yo‘naltirilgan  ma’lumot  qayta  ishlash 
markazlarini shakllantirish kerak, degan taklif bildiriladi. 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish