function operatori oxirida nuqta vergul qo‘yilmaydi.
Tashqi funksiya sarlavhasi (nomi)dan so‘ng funksiya tanasi beriladi. Tashqi funksiya tanasi ― kiruvchi x1, x2, ... parametrlar asosida y1, y2, … - chiquvchi parametrlarni aniqlovchi Matlab tilida yaratilgan dasturdir.
Misol:
function [z,p] = F1(x,y) % z ning kublari yig‘indisi % p kvadrat ildizni hisoblash z = x.^2+y.^3; p = sqrt (abs(z));
Mazkur qism dasturdan bevosita hisoblash muhitida quyidagicha foydalanildi:
>> a = 2; b = 3;
>> d = F3(a,b) + sin(7+F3(5,7));
Tashqi funksiyaning kiruvchi va chiquvchi formal parametrlari sonini quyidagi funksiyalar yordamida aniqlash mumkin:
nargin (‘’) nardout (‘’)
function – fayl listingini Command Window oynasiga chiqarish type komandasi orqali amalga oshiriladi.
function – fayl kommentariylar qatorlarini chiqarish uchun help komandasi teriladi.
Tashqi funksiya tanasidan majburiy chiqish return operatori orqali amalga oshiriladi. Mazkur operator odatda hisoblashlarni to‘xtatishni amalga oshirishga doir holatlarda qo‘yiladi. Masalan, yuqoridagi F1 funksiyani kvadrat ildiz argumenti manfiy bo‘lgan hol uchun o‘zgartirsak: function [z,p] = F4(x,y)
% kublari yig‘indisi - z % kvadrat ildizni hisoblash - r z = x.^3+y.^3; if z < 0 p = 0; return else p = sqrt (z); end
Script – fayl va uning tuzilishi. Script – fayl deganda foydalanuvchining asosiy dasturi tushuniladi. Odatda dastur boshiga Script – sarlavha – operator qo‘yiladi. Script faylga bevosita hisoblash muhitida murojaat qilish uning nomi orqali amalga oshiriladi.
Script faylning barcha o‘zgaruvchilari global bo‘lib hisoblanadi va Workspace ning ishchi xotirasida saqlanadi. Bu asosiy dasturni umumiy xotiraga ega Script – fayllar (modullar) ketma-ketligi sifatida yaratish imkonini beradi.
Berilganlarni kiritish/chiqarish.
Berilganlarni klaviatura yordamida kiritish quyidagi funksiya yordamida amalga oshiriladi:
= input (‘’)
Misol: x1 – sonli, x2 – belgili, x3 – sonli vektor va x4 – sonli matrisalar qiymatlarini kiritish. >> x1 = input (‘x1=’); x1 = 5
>> x2 = input (‘x2=’);
x2 = ‘All’
>> x3 = input (‘vektor=’); vektor = [2 4 5 7 9]
>> x4 = input (‘matrisa 2×3=’); matrisa 2×3 = [1 2 3; 4 5 6]
Qiymatlar yoki matnni Command Window oynasiga chiqarish quyidagi funksiya orqali amalga oshiriladi:
disp()
yoki
disp(‘’)
O‘zgaruvchi nomi va qiymatini bir vaqtda chiqarish num2str funksiyasi orqali amalga oshiriladi.
Misol: Ikkita o‘zgaruvchi va ularning qiymatlarini chiqarish:
>> x=5.25; a=-3.7;
>> disp([‘x=’ num2str(x) ‘a=’ num2str(a)]) x=5.25 a=-3.7
M-fayllar bilan ishlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Asosiy (script-fayl) va qism dastur (function-fayl)larni ishlab chiqish;
Matlabda M-fayllarni yaratish, tahrirlash va saqlash; 3. M-fayllarni ishga tushirish;
4. M-fayllarni sozlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |