IT/Mutaxassislik tanlov fani (MATLABda dasturlash)
Amaliy ish-1
Bajardi: Yigitaliyev Nurali Guruh: 652-18 Dasturiy injiniring.
4-Amaliy mashg‘ulot Statistica paketi yordamida ko‘p o‘lchovli ma’lumotlar taxlili. Statistica paketi yordamida sinflashtirish Ishdan maqsad: - Matlabda dasturlash yo‘llari; - m-fayllar bilan ishlash; - function – fayllarning tuzilishi; - Script – fayl va uning tuzilishi.
Uslubiy ko‘rsatmalar: Matlab tizimining bevosita hisoblash rejimi dasturlash vositalaridan foydalanmay anchagina murakkab hisoblashlarni bajarish, hisoblashlar natijalarini grafik ko‘rinishda tasvirlash imkoniyati yaratilgani Matlabning hech shubxasiz katta imkoniyatidir.
Mazkur rejimning kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: diskda hisoblashlarning tugallangan fragmentlarini saqlab bo‘lmasligi; turli shartlarga bog‘liq tarzda hisoblash jarayonlarini boshqarib bo‘lmasligi;
murakkab sikllarni tashkil etib bo‘lmasligi;
Matlabni foydalanuvchilar dasturlari bilan kengaytirib bo‘lmasligi.
Mazkur muammolarni Matlabning dasturlash rejimida bartaraf qilish mumkin. Matlab dasturlash tili yoki Matlab tili – ma’lumotlarni matrisa ko‘rinishida berilishi, hisoblash imkoniyatlari va grafik vositalarining kengligi nuqtai nazaridan olganda, yuqori darajali algoritmik til hisoblanadi.
Shu o‘rinda, Matlab tili faqat Matlab muhitida dasturlar yaratish va ishlatish uchun xizmat qiladi.
m – fayllar – foydalanuvchilar dasturlari. Foydalanuvchilarning Matlabda yaratiladigan barcha dasturlari diskda saqlanadi va m kengaytmaga ega, shu sababli ular m -fayllar deyiladi. m -fayllar ikki turga bo‘linadi: function – fayl (fayl - funksiya);
script – fayl (fayl - ssenariy).
m –fayllar yaratishda Matlab tilining quyidagi qoidalariga amal qilinishi lozim:
shartsiz o‘tish operatori go to ishlatilmaydi; dastur tugallanganligi qayd qilinmaydi.
function – fayllarning tuzilishi. Matlabda function – fayl deb foydalanuvchi tarafidan yaratilgan va tashqi funksiya deb ataluvchi m -fayl tushuniladi. Tashqi funksiyani script fayl yoki bevosita hisoblash muhitida murojaat qilish mumkin bo‘lgan qism dastur deb qarash mumkin.