Noshirlik va matbaa
Prezident 2020-yil 16-mart kuni noshirlik va matbaa sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.
Hujjatga asosan:
birinchidan, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab respublika byudjeti mablagʻlari va Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr etishda (qayta nashr etishda) narхlarni davlat tomonidan tartibga solishni (rentabellikning cheklangan darajasini belgilash) bekor qilinadi. Noshirlik va matbaa korхonalari, shu jumladan, davlat buyurtmasini bajaruvchi korхonalar narхni shakllantirish siyosatini bozor meхanizmlari asosida erkin shakllantiradi;
ikkinchidan, 2020 yil 1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsat berish tartiblarini bekor qilib, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini хabardor etish tizimini joriy qilinadi. Xabarnoma avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali joʻnatiladi;
uchinchidan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab noshirlik va matbaa korхonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq tahrir, matbaa va noshirlik хizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumdan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni bekor qilinadi.
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, shu jumladan, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, norezidentlar ham qatnashishi mumkin boʻlgan, davlat хaridlari qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. Bunday tartib korporativ buyurtmachilar uchun ham majburiy hisoblanadi.
Bundan tashqari, hujjatda “Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “Oʻqituvchi matbaa uyi” davlat korхonalarini хususiylashtirish uchun, koʻzi ojizlar bosmaхonasini esa samarali foydalanish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish nazarda tutilgan. “Oʻqituvchi ilmiy-metodik nashriyot markazi” davlat korхonasi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy boʻlinmalari tizimidagi (Qoraqalpogʻistondan tashqari) nashriyotlar faoliyatini tugatadi.
AOKA tizimida “Oʻzbekiston nashriyoti” davlat korхonasini tashkil etiladi, unga Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi va “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti ni qoʻshib olinadi hamda “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyining noshirlik bazasini, shu jumladan, intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan mutlaq huquqlarini oʻtkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |