Komilova r



Download 210,71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.07.2022
Hajmi210,71 Kb.
#830423


O’QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI OSHIRISH 
OMILLARI 
KOMILOVA R. 
 
Annotatsiya:
Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirishning emh muhim omillaridan 
biri sifatida o’quvchilarning yozma savodxonligini oshirish keltiriladi. Shu 
o’qrinda, boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozma savodxonligini oshirishda 
asosiy ustuvor usullaridan ongli o’qitish, nutq madaniyatini o’stirish,yozma va 
og’zaki nutq mashqlarini uyg’un holatda olib borishdir. “Imlo lug’ati” bilan ishlash 
o’quvchilarda kuzatuvchanlikni tarbiyalaydi, ularning nutq madanuaytini , fikrlash 
qobiliyatini o’stiradi, lug’at boyligini kengaytirddi, o’quvchilarda savodli yozish 
malakasini takomillashtiradi.
Kalit so’zlar:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozma savodxonligini oshirish 
omillari, to’gri yozishga o’rgatish, ongli o’qitish, nutq madaniyatini o’stirish, 
yozuvni ko’nikmaga aylantirish, ta’limiy diktant, nazorat diktant, Imlo lug’ati bilan 
ishlash, xatolarni tuzatish, lug’at doskasi
O’quvchilarning yozma savodxonligini oshirish lug’at ustida ishlashni tashkil 
etish, ularning nutqini o’stirish bilan uzviy bog’liqdir. Ta’lim jarayonida yozma 
savodxonlikni oshirishning bir necha omillari bo’lib, bularga mantiqiy fikrlash, 
xotira ziyrakligi kabilar kiradi. O’quvchilarning savodxonligini oshirishda 
so’zlarni to’g’ri yozishga o’rgatish muhim rol o’ynaydi, ya’ni bu o’rinda yozma 
mashqlarning ahamiyati katta. 
O’qituvchi o’quvchilarga so’zlarning qanday yozilishi haqida izchillik bilan 
bilim berib boradi. Natijada ularning lug’at boyligi o’tilgan mavzularga oid so’zlar 
hisobiga boyiydi. 
Yozma savodxon bo’lish o’qituvchi va o’quvchilardan katta mehnat talab 
qiladi. Bunda takrorlash darslari orqali yaxshi natijalarga erishish mumkun. Ba’zi 
so’zlar ayrim matnlarda bir necha marta takrorlanadi. Ularni o’quvchi bir necha 
marta yozadi va shu orqali endi o’tilgan qoidani eslamasdan ham to’g’ri yozib keta 
oladi, demak, yozuv ko’nikmaga aylanadi. Bunga birdaniga erishib bo’lmaydi, 
albatta. Bu uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, tinimsiz mashqlar samarasida 
yuzaga chiqadi. 
Yozuvning ko’nikmaga aylanishi o’quvchining yetarli savodli bo’lganligidan 
dalolat beradi. Lekin ayrim xollarda o’quvchi xatolikka yo’l qo’yishi mumkin. Bu 
hol muntazam mashq o’tkazmaslik natijasida kelib chiqadi. Mashqsiz savodxon 
bo’lish yoki savodxonlik ko’nikmasini saqlab qolish mumkin emas. 


Bolalarni yozma savodxon qilib tarbiyalashda quyidagi qoidalarga amal 
qilsak, ijobiy natijaga erishish mumkin. 
1.
Ongli o’qish; 
2.
Nutq madaniyatini o’stirish; 
3.
Yozma va og’zaki nutq mashqlarini uyg’un holda olib boorish; 
4.
O’quvchilarning mustaqil ishlashini tashkil etish va sharoit yaratib berish. 
Yozma savodxonlikni oshirishni nutq o’stirishni nutq o’stirish bilan bog’liq 
olib borilmasa, kutilgan natijaga erishish qiyin. Matn tanlashda ham til qoidalariga 
amal qilish maqsadga muvofiq. 
Savodxon bo’lishning muhim qoidalariga intizomli bo’lish, butun diqqatni 
chiroyli va xatosiz yozishga jalb qilish, partada to’g’ri o’tirish, yaxshi yozadigan 
ruchka tanlash ham kiradi. Shundagini o’qituvchi yana bir nechta yozma savodxon 
o’quvchilarni kashf etadi, o’quvchilar esa o’z ko’zlagan maqsadlariga erishadilar. 
Yozma savodxonlikni oshirishda o’qituvchining xilma-xil metodlarni tanlay 
bilishi, mashqlardan o’rinli foydalana olishi, har bir darsni ko’rgazmali vositalar 
asosida o’tishi muhim. 
Psixologik tomonidan u yoki bu usulni qo’llashda o’quvchilarning xotira , 
diqqat, qabul qilish tushunish qobiliyati, Yoshi, induvidual xususiyatlari hisobga 
olinadi. Metodik tomondan esa qaysi usulni qo’llash afzalligi quyidagi holatlarga 
bo’g’liq: 
-matnning berilayotgan mavzuga mos bo’lishi; 
-o’quvchilarning berilayotgan bilim va ma’lumotlarni qabul qilishga tayyorligi, 
masalan,gramatika bo’yicha yangi mavzuni o’tish uchun o’quvchi ilgari o’tilagan 
qoidalarni bilishi shart; 
-yozma isglar uchun tanlangan maatn mazmun jihatidan DTS talablariga mos 
bo’lishi;
-matnlarda imlo qoidalariga amal qilinishi; 
-mashqlar o’quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga mos bo’lishi; 
-matnlarning izchil bo’lishi, ya’ni nazorat diktantdan oldin ko’chirib yozish, 
ta’limni diktantdan oldin mustahkamlash uchun mashqlar o’tkazilishi; 
-yozma mashqlardan oldin og’zaki mashqlar bajarish; 
-tanlangan matn xajmi sinfga mos bo’lishi lozim. 
To’g’ri va xatosiz yozishga o’rgatishda yozma mashqlar bilan og’zaki 
mashqlarning mutanosibligiga erishish lozim 


O’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirishda, ayniqsa,diktantlarning 
ahamiyati katta. O’quvchi diktant yozayotganda xató qilmaslik uchun orfografik
va punktuatsion qoidalarni eslashga,ularni ko’z oldiga keltirishga harakat qiladi. 
Diktantlar o’quvchilarning savodxoligini aniqlanibgina qolmay,ta’limiy harakterga 
ham ega, ya’ni bunda ko’pgina imlo qoida esga tushiriladi. 
Diktantda yo’l qo’yilgan xatolar o’rganilidi. Barchamizga ma’lumki, diktantlar 
vazifasiga ko’ra 2 turga ajratiladi. 
1.
Ta’limiy diktant 
2.
Nazorat diktant 
Bu diktantlarni o’tkazishda har birining o’z qonun-qoidalari mavjud. Ta’limiy 
diktant turlaridan biri izohli diktant bo’lib, o’quvchilar savodxxonligini 
oshirishda axamiyatga ega. Bu diktant turida o’qituvchi matnni o’qib berib , 
o’quvchilar uni yozib bo’lganidan so’ng suxbat tashkil etadi. 
Yozma savodxonlikni oshirish borasidagi yana bir usul “Imlo lug’ati” bilan 
ishlashdir. 
“Imlo lug’ati” bilan ishlash o’quvchilarni to’g’ri yozishga o’rgatishning muhim 
vositalaridan hisoblanadi.Ta’limning bu turi o’quvchilarda kuzatuvchanlikni
tarbiyalaydi, ularning nutq madaniyatini ,fikrlash qobiliyatini o’stradi,lug’at 
boyligini kengaytiradi, o’quvchilarda savodli yozish malakasini 
takomillashttiradi.
“Imlo lug’ati” bilan ishlashga alohida e’tibor berilishi kerak.”Imlo lug’ati” 
ustida ishlash alifboni o’rganish bilan bog’liq. O’quvchilar alifboni yaxshi 
o’rganib olgach “Imlo lug’ati” bilan ishlashga o’tiladi. Bunda ko’roq imlosi 
qiyin so’zlarni o’rgatish ko’zda tutiladi. 
Masalan,allaqaysi, allaqayer,parvona, vazifa, insof kabi so’zlar tanlanadi. 
O’quvchilarda “Imlo lug’at’’ bor- yo’qligini aniqlanadi , kimda lug’at 
bo’lmasa, tayyorlab qo’yilgan lug’at beriladi. Darsda “allaqaysi” so’zini toppish 
topshirig’i berilsa, o’quvchi alifboni yaxshi bilsa, tezda topadi va yozish- 
o’qishni yaxshi o’zlashtirib oladi. Bunda shunday xam bo’ladi- ki o’quvchi 
ayrim so’zlarning birinchi harfini bilmaganligi uchun qiynaladi. Bu ko’proq p 
yoki f , x va H xarflarini bilan boshlanuvchi so’zlarda kuzatiladi. 
Mashqlarning bu turi, bir tomondan, o’quvchilarni alifbodan foydalanishda 
o’rgatsa, ikkinchi tomondan, topilgan so’zlarning yozilishini esda saqlab 
qolishiga yordam beradi. Har bir o’quvchi savodxonlikni oshirishda “imlo 
lug’atidan foydalanishi juda muhim. Lug’at daftarlarini yuritish ham ijobiy 
natija beradi. Uyga vazifalar ham ko’proqimlo bilan ishlashni ko’zda tutsa, bu 
savodxonlikni oshirishda yaxshi samara beradi. 


Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishdaginyana bir usul “Lug’at 
doskasi” dir.O’quvchilarning savodxonligini oshirishda “Lug’at doskasi”dan 
ham keng foydalaniladi.O’quvchilarning yozma ishlarida ko’pincha xato 
yozilgan so’zlar, yozilishi haar xil bo’lgan so’zlar, Ruscha va internotsional 
so’zlar “Lug’at doskasi” orqali o’rnatiladi va har haftada yangilab 
turiladi.O’quvchilar ko’proq qo’shma otlarda adashishlarini inobatga olib
mashqlarni shunga qaratish kerak. Masalan: olaqarg’a, qizilishton, achchiqtosh, 
ko’zoynak, nosqovoq kabi. 
Bugungi kunda texnika tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotganligi sababli 
boshqa tillardan kirib kelgan so’zlarni ham yozib yuborish talab etiladi. 
Masalan : akademik, akkordeon, aksionerlik, kalkulator, kaleydoskop. 
Yangi bir metoddan foydalanish xxam juda yaxshi ijobiy natija beradi, bu 
“Xatolarni tuzaish” usulidir. 
Yozma savodxonlikda “Xatolarni tuzaish” usuli alohida o’rin tutadi. O’qituvchi 
o’quvchilarning yozma ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormaasa, o’quvchi 
kekyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi yoki beparvo qaraydi.O’quvchi 
o’zining har qanday yozma ishi o’qituvchining e’tiborida bo’lishini sezib turishi 
kerak. Bu o’quvchiga ruhiy dalda beradi. 
Xatolarni tuzatishga o’quvchining o’zini jalb qilish kerak. Sinfda bajarilgan 
mashqlar shu yerning o’zida o’qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda 
o’quvchi o’z yozganlarini tekshiradi va xatolarini tuzatadi. 
Xato qiladigan o’quvchilar bilan ishlashni qoidalarni so’rashdan boshlagan 
ma’qul. Bir qoidaning mustahkam o’zlashtirilganligi haqida ishonch hosil 
qilingach, navbatdagisiga o’tish maqsadga muvofiq. Shu asosda mashg’ulot 
asta-sekin murakkablashib boradi. Mana shu usullar yordamida ham 
o’quvchilarning yozma savodxonligini oshirish mumkin. Yana shuni 
unitmasligimiz lozimki, o’quvchining yozma savodxonligini oshirishda uyda 
mustaqil ishlash ham juda yaxshi samara beradi. Bu borada o’quvchilarning 
ota-onalari bilan doimiy hamkorlik qilib turish zarur. 
Foydalanilgan adabiyotla:r 
1.Ta’lim taraqqqiyoti. Boshlang’ichta’lim, “ Sharq” 1999-yil, 7-maxsus son, 
2. Qosimova K, Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi,- Toshkent: 
O’qituvchi. 1985-yil 
3. S. Fuzailov, M. Xudoyberganova Ona tili darslik. – Toshkent: O’qituvchi, 
2016
4. Ikromova R. Grammatika, imlo va nutq o’stirishdan tarqatma materiallar. T., 
“ O’qituvchi”, 1993 - yil 

Download 210,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish