3-modda. Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat xavfsizligi — O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |