III. TERRORChILIKKA QARShI OPERATSIYANING O‘TKAZILIShI
15-modda. Terrorchilik harakatiga chek qo‘yish
Terrorchilik harakatiga chek qo‘yish uchun qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar qo‘llaniladi, shu jumladan terrorchilikka qarshi operatsiyalar o‘tkaziladi.
16-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish
Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish har bir muayyan holatda terrorchilik harakati tahdidi va xavfining ko‘lamlarini inobatga olgan holda belgilanadi hamda mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi tegishli tuzilmalar zimmasiga yuklanadi.
Terrorizm tahdidini zararsizlantirish va tugatish uchun jalb etiladigan tuzilmalar va bo‘linmalarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha zaruratga qarab shtablar tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |