6-rasm.Muomalaga chiqarilgan bank kartalar soni
(1 yanvar holatiga, ming donada)
24
Izoh: DUET kartalari bilan bog’liq loyixalarning tugatilayotganlinligi sababli
2017 yil davomida kartalarning umumiy soni qisqargan
.
Bank kartalari orqali o’tkazilgan operatsiyalarning asosiy qismi savdo
to’lov terminallari, bankomatlar va infokiosklar orqali amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda jami o’rnatilgan va aholiga xizmat ko’rsatayotgan terminallar
soni 235 ming dan ortiq bo’lib, infokiosklar soni esa qariyb 5,5 mingtani tashkil
24
www.cbu.uz
sayti ma’lumotlari asosida mualif tomondan tayyorlandi
76
etmoqda.Bu ko’rsatlichlar yanada o’sishi kutilmoqda.Shu bilan birga
muomaladagi plastik kartalar soni o’shib bormoqda.Xalqaro to’lov kartalariga
(Visa, MasterCard, Unionpay) axoli tomondan katta talab yuzaga kelmoqda.
7-rasm. O’rnatilgan hisob-kitob terminallari, infokiosk va bankomatlar soni
(1 yanvar xolatiga)
25
Zamonaviy to’lov texnologiyalari va masofaviy bank xizmatlarini
rivojlanishi bilan bir qatorda masofaviy naqd pulsiz to’lovlar soni oshib
bormoqda. Jumladan, xozirgi kunda mobil telefonlar orqali to’lovlarni amalga
oshirish ommalashib bormoqda. Bu borada banklar tomonidan chiqarilgan 3,7
mln. dan ortiq bank kartalarining egalari mobil to’lov tizimlaridan
foydalanmoqdalar.
Mobil to’lov tizimlari orqali ko’rsatilayotgan xizmatlar asosan mobil
operatorlar, internet provayderlar xizmatlari uchun (nobank chakana to’lov
25
www.cbu.uz
sayti ma’lumotlari asosida mualif tomondan tayyorlandi
77
tizimlari orqali) to’lovlarni o’tkazish bo’lib, kommunal to’lovlar, soliqlar va
boshqa majburiy to’lovlarni Kliring tizimi orqali o’tkazish salmog’i yuqori
bo’lib kelmoqda. Joriy yilning o’tgan o’n oyi mobaynida Markaziy bankning
Kliring tizimi orqali xizmat ko’rsatuvchi va boshqa tashkilotlar xisobiga amalga
oshirilgan to’lovlar so’mmasi 4 trln. so’mga yetib, tranzaksiyalar soni 31
mln.tadan ortdi.
Shu bilan birga, mobil to’lov dasturlari imkoniyatlarini yanada
kengaytirish maqsadida Markaziy bankning Kliring to’lov tizimi asosida
banklardagi hisobraqamlarni boshqarish, kartadan kartaga, hisobraqamdan
hisobraqamga to’lovlarni amalga oshirish, onlayn kreditlar qaytarish (kreditlarni
so’ndirish) va to’lovlarni amalga oshirish, onlayn jamg’armalar ochish, savdo
va xizmat ko’rsatish shaxobchalariga onlayn to’lovlarni amalga oshirish
imkoniyatini beruvchi mexanizmlar sinovdan o’tkazilmoqda va qisman
ishlamoqda. Ushbu mexnizmlarning yagona platformada joriy qilinishi, bank
mijozlari - jismoniy shaxslarga bankdagi o’z hisobraqamlarini xar kuni 24 soat
(dam olish va bayram kunlarisiz) tasarruf etish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi kunda Kliring tizimi orqali TIF Milliy banki, Davr Bank,
Qishloqqurilishbanki, Hamkorbank, Ipoteka banki, Uzsanoatqurilishbanki, Ipak
Yuli banki, Turonbank, Turkistonbank mijozlari R2R-to’lovlarini o’tkazish
imkoniyatiga ega bo’lib, bu ruyxat doimiy ravishda kengaymoqda.
Naqd pulsiz to’lovlarni rivojlantirish borasida 2018 yilda banklar
tomonidan mobil to’lov dasturlari yordamida QR code va NFC kabi
texnologiyalar asosida kontaktsiz to’lovlarni o’tkazish va kabul kilish
imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Davr Bank tomonidan o’z mijozlariga
EPOC virtual terminallarni taklif qilmoqda. Istemolchilar QR code orqali
to’lovlarni amalga oshirib o’z ehtiyojlarini qondilirish mumkin. Bu
imkoniyatlardan bozorlarda, sayyor yarmarka va ayniqsa, transportda
foydalanilish aholi uchun judaqulay bo’ladi.
Ta'kidlash
joizki,
mobil
tizimlarning
funksional
imkoniyatlarini
78
kengaytirish o’z navbatida, foydalanuvchilarni masofadan identifikatsiya qilish
tizimlarini rivojlantirish zaruriyatini yaratadi.
Masofadan identifikatsiya qilish bank xizmatlarini soddalashtirgan holda,
bank operatsiyalarini nazorat qilish talablarini ta'minlaydi. Mijozlar uchun esa
bank xizmatlaridan qog’oz xujjatlarni qayta taqdim etmagan holda foydalanish,
bankning bir filiali mijozi bo’la turib, boshqa filiallari va kelajakda boshqa bank
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini beradi.
O’z navbatida, masofaviy identifikatsiya qilish bank xizmatlari tannarxi
kamayishi natijasida yangi mijozlarni jalb qilish hamda moliya bozorida
raqobatni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Natijada bu ishlarni yo’lga qo’yish
bank daromadini oshirishga ham turtki bo’ladi. Shuning uchun 2018 yilda bank
mijozlari bo’lgan jismoniy shaxslarni ro’yxatga olish va ularga xos raqam
berishni joriy qilish orqali Bank depozitorlarining milliy axborot bazasini
(BDMAB yoki NIBBD ) modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda.
Jismoniy shaxslarga xos raqam ajratish “Elektron hukumat” tizimi uchun
xam dolzarb bo’lib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi tomonidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion
raqamini identifikator sifatida axborot tizimlariga joriy etish taklif qilinmoqda.
Mobil to’lov tizimlari tijorat banklari tomonidan mustaqil yoki nobank
tijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda joriy qilinib, foydalanuvchilarga xizmat
ko’rsatmoqda. Bulardan keng tarqalgan tizimlar qatorida Click, Payme, U-PAY,
M-bank xamda Davr Bank, Xamkorbank, TIF Milliy banki, Agrobank,
Asakabank va boshqa banklarning mobil to’lov tizimlarini ko’rsatish mumkin.
Masofaviy bank xizmatlarini (mobil-banking, internet-banking) keng joriy
qilish, o’z navbatida, yangi bank xizmatlari bo’yicha tegishli marketing ishlarini
olib borilishini taqozo etadi.Xorijiy amaliyotda, internetning interaktiv
imkoniyatlaridan foydalanuvchi banklar ijtimoiy tarmoqlarda faol reklama
kampaniyalarini olib boradilar.
79
8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |