Alanga fotometriyasi.
Alanga fotometriyasi – emission spektral analiz turlaridan biri. Asosan eritmalardagi ko‘pgina metallar va nodir yer elementlari atomlari miqdorini ularning alanga spek-tral chiziqlari yoki yo‘llariga qarab aniqlashda qo‘llaniladi. Yoritgich gaz, vodorod, atsetilen yoki ditsian alangasi spektrlarning paydo bo‘lish man-bai hisoblanadi. Vodorod-kislorod alangasi ko‘proq tarqalgan bo‘lib, unga yuqori temperatura (2900°K), kam nurlanish va chala yonganda alangada qattiq zarralar bo‘lmasligi xos.
Nurlanishni qabul qiluvchi sifa-tida fotoelement yoki fotoelektron ko‘paytirgichdan, qayd qiluvchi sifa-tida esa galvanometr yoki o‘zi yozar as-bobdan foydalaniladi. Qayd qilishda olingan yozuv nurlanish intensivligi to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini bildiradi. Tekshirilayotgan element spek-tral chiziqlarining intensivligi shu element konsentratsiyasining me’yori hisoblanadi. Alanga fotometriyasi ishqoriy elementlar bo‘yicha 0,01 mkg/ml, ishqoriy yer elementlari bo‘yicha 0,1 mkg/ml sezgirlikka ega bo‘lgan tezkor usul hisoblanadi. Fotometriya (foto... va metriya) — fizik optikaning manbalardan chiqib, turli muhitlarda tarqaladigan va jismlar bilan oʻzaro taʼsirlashadigan optik nurlanishning energetik koʻrsatkichlarini oʻrganadigan boʻlimi. F. fotometrik kattaliklarni oʻlchashning eksperimental usullari va vositalarini xamda shu kattaliklarga tegi shli nazariy qoidalar va x.isoblarni oʻz ichiga oladi. F.ning asosiy energetik tushunchasi nurlanish oqimi F(, boʻlib, uning fizik maʼnosi elektromagnit nurlanish tashiydigan oʻrtacha quvvatdir. Tor maʼnoda F. deb, yoruglik kattaliklari tizimiga tegishli (yoritilganlik, yoruglik kuchi, ravshanlik va h.k.) kattaliklarni oʻlchash va hisoblash tushuniladi. Fotometrik kattaliklarning nurlanish toʻlqin uzunligiga bogʻliqligini va energetik kattaliklarning spektral zichliklarini oʻrganish spektrofotometriya hamda spektroradiometriya mazmunini tashkil etadi.
Fotometr (foto... va ...metr) — fotometrik kattaliklar (yoruglik kuchi, yoruglik energiyasi, yoritilganlik, nurlilik, yorituvchanlik, yoruglik ekspozitsiyasi), shuningdek, optik materiallarning yorugʻlik xarakteristikalari, mas, yoruglik yutish va kaytarish koeffitsiyentlari va boshqa oʻlchanadigan asbob. F. yasalishi va ishlash prinsipiga koʻra, vizual, fotoelektrik, taqsimlash, integrallovchi, sharli va boshqa xillarga boʻlinadi. F. gaz, qattiq va suyuq moddalarni tekshirishda, optik tizimlarda ishlatiladi.
F.ning asosiy qonunini I.Kepler 1604 yil taʼriflagan: Ye=1/R (bunda Ye — yoruglik kuchi / boʻlgan yorugʻlik manbaidan / masofadagi yoritilganlik). F.ni P. Buger eksperimental asoslab bergan. Modsalar va jismlarning fotometrik xususiyatlari oʻtkazish koeffitsiyenti t, qaytarish koeffitsiyenti r va yutish koeffitsiyenti a bilan tavsiflanadi. Bir jiyemning oʻzi uchun t+r+a=1 munosabat oʻrinli. Nurlanishning ingichka dastasi modda orqali oʻtishida nurlanish oqimining susayishi Buger — Lambert — Ber qonuni orqali aniqlanadi. F. usullari astronomiyada spektrning turli diapazonlarida nurlanuvchi kosmik manbalarni tadqiq qilishda, yorugʻlik texnikasida, signalizatsiya texnikasida, astronomiya, astrofizika va h.k.da qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |