Koʻl chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari issiq, moʻtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil rayonlarida mavjud



Download 8,1 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi8,1 Kb.
#935760
Bog'liq
Ko‘l


Ko‘l
Koʻl — chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari — issiq, moʻtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil rayonlarida mavjud. Koʻpchilik Koʻllar dengizga muayyan daryo orqali oʻtib tushadi. Qurgʻoqchil joylarda oqmas Koʻl ham koʻp. Eng katta oqmas koʻllar — Kaspiy dengizi va Orol dengizidkr. Koʻl oʻrnining paydo boʻlishiga qarab bir necha turga boʻlinadi. Yerning ichki kuchlari taʼsirida paydo boʻlgan tektonik Koʻl katta va chuqur boʻladi (Kaspiy, Yuqori koʻl, Viktoriya, Orol dengizi, Guron, Michigan, Tanganika, Nyasa, Baykal, Issiqkoʻl). Zilzila natijasida daryo oʻzaniga togʻ yon bagʻirlarining qulab tushishidan yuzaga kelgan qulama (toʻgʻonli) Koʻl (Pomirdagi Sarez koʻli, Yashilkoʻl, Zarafshon, havzasidagi Iskandarkoʻl, Ozarbayjondagi Goʻkkoʻl va boshqalar) ham tektonik Koʻl hisoblanadi; vul k a n i k Koʻl sungan vulkanlar kraterida, lana qoplamalarining chuqur, pastqam joylarida hosil boʻladi; gid roge n Koʻl daryo, dengiz va yer osti suvlari faoliyati natijasida vujudga keladi. Gidrogen Koʻl daryo kayirlarining pastqam joylarida hosil boʻlgan qayir Koʻl, qoldiq oʻzan oʻrnidagi Koʻl, deltaning pastqam joylarida vujudga kelgan delta Koʻl, ohaktosh va gips kabi jinslardan tarkib topgan joylarning choʻkishi natijasida hosil boʻladigan karst Koʻl, abadiy muzloq yerdar choʻkkan joylardagi termokarst Koʻl, ostki qat-lamlardagi jinslarni yer osti suvlari yuvib ketishi natijasida tashkil topgan laguva Koʻl, limanlarning dengizdan ajralib krlishi natijasida shakllangan liman Koʻlga boʻlinadi. Glyasiogen Koʻl muzliklarning erozion va akkumulyativ faoliyati natijasida vujudga keladi. Ular daryo vodiylarining morena yotqiziqlari bilan toʻsilib qolishi natijasida yoki morena yotqiziqlari orasidagi chuqurliklarda hosil boʻlgan morena Koʻl va togʻ yon bagirlaridagi kar muzliklari oʻyib ketgan joylarida hosil boʻlgan kar Koʻlga boʻlinadi. Suv omborlari va hovoʻzlar sunʼiy Koʻl deyiladi.

Koʻl.
Suvi tashqariga oqib chiqishchiqmasligiga koʻra, oqar va oqmas Koʻl., shoʻrligiga koʻra, chuchuk, shoʻrtang, shoʻr va juda shoʻr (achchiq) Koʻl, suv temperaturasiga qarab iliq (tropik), sovuq (qutbiy) va aralash tipdagi (moʻtadil) Koʻl, tuzlarning kimyoviy tarkibiga koʻra, gidrokarbonatli va karbonatli (NSO3+SO4), sulfatli (SO4), xloridli (CL) Koʻl ga boʻlinadi. Loyqa bosishi, qirgʻoqlarning shakllanib turishi natijasida Koʻlning shakli va kattaligi oʻzgarib turadi.

Koʻldan baliqchilik, suv transporti, suv taʼminoti, sugʻorishda, har xil mineral tuzlar, shifobaxsh balchiqlar olish maqsadida foydalaniladi. Yer sxaridagi barcha Koʻllarning umumiy maydoni 2,1 mln. km². Oʻzbekistonda 250 ga yaqin Koʻl bor. Ular, asosan, Sirdaryo va Amudaryo qayirlarida, Xorazm vohasi va Amudaryo deltasida joylashgan (yana qarang Koʻlshunoslik). Tasniflanishiga koʻra, Oʻzbekiston hududida 2 tipdagi Koʻl joylashgan: 1) togʻ Koʻl, 2) tekislik Koʻl Koʻllarning togʻli hududlarda koʻproq joylashishi iqlimiy va morfologik-gidrografik xususiyatlarga bogʻliq, chunki togʻlar daryolar okib tushishini shakllantiruvchi namlik akkumulyatorlari sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, ularda qulay geomorfologik va geotektonik sharoitlar ham mavjud. Togʻ Koʻl dan: Ixvach, Bodak, Shavorkoʻl, Urungach, Koʻksuv va boshqa maʼlum. Togʻ Koʻl toza, chuchuk va oʻta chuchuk suvlarning potensial manbaidir. Koʻlning Oʻzbekiston hududida notekis tarqalishi, ularning shikastlanishiga taʼsir qiluvchi asosiy tabiiy omillar (iqlim, relyef, geologik tuzilish va oqim)ning nihoyat darajada xilma-xilligidan. Tekislik hududlardagi katta koʻl maydonlari, koʻp miqdordagi oqimli daryo suvlari shakllanadigan hamda namlikka boyroq togʻlarga tutashgan tekislik iqlimining quruqligi natijasida paydo boʻlgan.

Tekislik Koʻlning tipik vakillari: Arvasoy koʻl sistemasi, Dengizkoʻl, Sudochye, Zarafshon va Kashqadaryoning quyi qismi. Tekislik Koʻl daryolarning qayirlarida (qayirli) va sugʻoriladigan hududlarning atrofida joylashgan. Keyingi paytlarda tekislik hududdagi barcha Koʻl kollektor-dren aj suvlarining ifloslantirish taʼsiridadir. Suv bilan taʼminlanishi, asosan, sugʻoriladigan dalalardan oqib tushgan partov suvlar hisobiga boʻladigan ayrim oqmas irrigatsion-partov Koʻl ayniqsa, noqulay sharoitga tushib qoladi. Baʼzi oqmas Koʻlning oʻzani va oʻrni vaqt-vaqti bilan siljib turadi (mas, Lobnor koʻli).

Koʻllar tabiat qolatiga faol taʼsir koʻrsatadi. Ular ustki oqimni boshqarish, yaʼni yilning namli kelgan davrlarida suvni toʻplash va uni qurgʻoqchil davrda daryolarga berish, ustki va yer osti suvlar bilan suv toʻplanish joyidan okib kelgan limnik jarayonlar chogʻida bir necha bor qayta ishlangan mineral va organik moddalarni toʻplashlari mumkin.

Gidrologik koʻrsatkichlar, suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari, oʻz navbatida, hayot faoliyati Koʻl tabiiy kompleksiga muhim taʼsir kursatuvchi suv hayvonlari va oʻsimlik organizmlarining rivojlanish sharoitlarini belgilaydi. Shunday holatda Koʻllar oʻz joylashish xususiyatlarini aks ettiruvchi murakkab ekologik sistema sifatida namoyon boʻladi.



Adabiyotlar
Tahrirlash
Bogoslovskiy B. B., Ozerovedeniye, M., 1960; Berg R. A., Po ozeram Sibiri i Sredney Azii. Puteshestviya L. S. Berga (1893-1906 gg.) i P. G. Igvatova (1898— 1902), M, 1965; Nikitin A. M., Ozera Sredney Azii, L., 1987.[1]
Manbalar
Download 8,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish