9-sinf 3-nazorat ishi. Test sinovi.
1.Xalq dostonlaridan biridagi qaysi qahramon qizini: "Koʻkqamish koʻlida qoʻy sogʻdirib, chorvachilik ilmini oʻrgatayin, qoʻy sogʻmoqqa usta boʻlsin",- deb maktabdan chiqarib oladi?
A) Shoir vazir. B) Buvraxon
C) Qoraxon D) Boysari
2. Boysariga : " Bu alplarni kuyov qilib olamiz, mina elga toza erkin boʻlamiz", - deya qalmoq alplariga qizini berishni maslahat bergan qahramon kim?
A) Qultoy. B) Qoʻshquloq
C) Yortiboy D) Koʻsa sinchi
3. ... Mast uyquda yotib edi bu shunqor,
Koʻziga koʻrindi Rasul paygʻambar.
Bu soʻzlarni Rasul paygʻambar aytdi...
Ushbu parchada xalq dostonlaridan biridagi qaysi qahramonning tushi tasvirlangan?
A) Hasanxonning. B) Ravshanning
C) Qultoyning. C) Alpomishning
4. Alisher Navoiyning qaysi asari doston shaklida boʻlib, undagi muayyan mavzuga bagʻishlangan har bir maqolat soʻngida shu mavzuga mutanosib ibratli hikoyat yoki masal bayon qilinadi?
A) "Mahbub ul-qulub". B) "Sab'ai sayyor"
C) "Hayrat ul-abror". D) "Majolis un-nafois"
5. Navoiyning "Farhod va Shirin" dostoniga oid qaysi ma'lumot toʻgʻri emas?
A) Kuzguning tilsimini ochmoqchi boʻlgan odam xatarli safarga otlanib, Yunonistondagi bir toifa borishi kerak boʻladi.
B) Farhod Shirinning Arman yurtidan ekanligini tarbiyachisi uztozi Mulkorodan eshitadi.
C) Xusrav Buzurg Ummid degan vaziri maslahati bilan Mehinbonuga Shirinni soʻratib sovchi yuboradi.
D) Farhodning emikdoshi- Bahromning talabi bilan Sheruya otasi Xusravning Armaniyaga yetkazgan ziyonlari uchun xazinadan tovon toʻlab, yurtiga qaytadi.
6. U Farhodning otabegi, ya'ni tarbiyachi uztozi edi. U toʻrt qasr qurilishiga ma'mur etib tayinlanadi.
Ushbu ma'lumot "Farhod va Shirin" dostonidagi qaysi qahramon haqida?
A) Buzurg Ummid B) Mulkoro
C) Bahrom. D) Suqrot
7. Qaysi javobda Nizomiy Ganjaviy"Xamsa"si tarkibiga kiruvchi dostonlar berilgan?
A) "Iskandarnoma", "Silsilat uz-zahab.
B) " "Maxzan ul-asror", "Haft paykar"
C) "Xusrav va Shirin" "Hasht behisht"
D) "Matla' ul-anvor", "Xusrav va Shirin"
8. Qaysi javobda Nizomiy Ganjaviyning"Xamsa"sidagi toʻrtinchi doston nomi berilgan?
A) "Hasht behisht". B) "Haft avrang"
C) "Yusuf va Zulayho". D) " Haft paykar"
9. "Sen agar zohir etting itlikni, Men senga koʻrguzay yigitlikni"
Ushbu soʻzlar Navoiy"Xamsa"sidagi qaysi qahramon tilidan oʻz raqibiga qarata aytiladi?
A) Suhayl. B) Farhod
C) Xusrav. D) Jobir
10. Yana kimlar Alpomish Chilbir choʻliga kelib, choʻponlar qoʻshxonasida uxlab koʻrgan tushni koʻradi?
A) Boysari,Boyboʻri
B) Bu tushni yolgʻiz oʻzi koʻrgan
C) Barchin, Qaldirgʻoch
D) Qorajon, Barchin
11. "Alpomish" dostonida alplar "Kelganboy" deb kimni aytishar edi?
A) Kaykubodni. B) Alpomishni
C) Qalmoqshohni. C) Boysarini
12. "Alpomish dostonida bir qancha xotinlar marosimi badiiy talqin etilgan.
Shu marosim nomlarini toʻgʻri belgilang.
1) "It irillar", 2) "Kampir oʻldi" 3) "Soch siypatar" 4)"Qoʻl ushlatar" 5) Toʻqqiz tovoq" 6) "Supra soldi" 7) "Kelin salom"
A) 1,2,3,4,5,6,7. B) 1,2,3,4
C) 2,5,6,7. D) 3,4,5,7
13. "Alpomish" dostonining yozib olingan variantlari soni qancha?
A) 40 dan ortiq. B) 100dan ortiq
C) 50 dan ortiq. C) 70 dan ortiq
14. "Alpomish dostonida uchraydigan sinchi obrazi qaysi javobda berilgan?
A) Koʻsa B) Tersak
C) Koʻkaman. D) Haqdil
15. "Alpomisha"da Boysaribiy "Mening toza ulsizligimni bildirdi" deb qaysi voqeaga ishora qiladi?
A) koʻchishga. B) zakot voqeasiga
C) zindonga tushishiga. D) qalmoq muzofatiga
16. Qaysi javobda"Alpomish" dostoni qahramoni Oybarchin haqida maʼlumot berilgan?
A) U oʻzining suratini qogʻozga sogʻdirib bir sandiqqa solib yuboradi...
B) U yorining zolim xon qoʻlida bandi boʻlib, qirq kun muhlat bilan zindonga solinganini maktub qilib joʻnatadi.
C) Otasi uni Koʻkqamish koʻlida qoʻy sogʻdirib chorvachilik ilmini oʻrgatish maqsadida maktabdan chiqarib oladi.
D) U oshiq yigitga :"... Menga qarab sen ham nobud boʻlma..."deya iltijo etadi.
17. "Alpomish"da Eliboylar nomi bilan qanday ijtimoiy tabaqa tilga olinadi?
A) qalmoqlar. B) koʻchmanchilar
C) dehqonlar. D) chorvadorlar
18. "Alpomish" dostonida Boyboʻri oʻgʻlining yetti yoshida qaysi ilmni oʻrgatish uchun uni mulladan chiqarib oladi?
A) savdo-sotiq ilmi. B) chorvachilik ilmi
C) shohlik, sipohlik. D) ovchilik ilmi
19. Kim "oʻzbakning otini maqtading",-deb qalmoq sinchining koʻzini oʻyib olgan edi?
A) Koʻkaman
B) Koʻkaldosh
C) Surxayil
D) Toychixon
20. Dostonda boylar toʻydan izza boʻlgach, chupronga qancha tilla tashlab chiqib ketadi?
A) 90 tilla. B) 70 tilla
C) 60 tilla C) 80 tilla
Do'stlaringiz bilan baham: |