natriy-silikatli shisha
deyiladi.
Natriy silikatli shishaning o‘tga chidamliligi kundalik turmush uchun, uy-ro‘zg‘or
uchun kifoya qiladi. Lekin, masalan, laboratoriya ishlari singari maxsus amaliyotlardagi ba’zi
sharoitlarda harorat va bosimga bardosh bera olmasligi mumkin. Bunday holatlar uchun
shishaning boshqacha turi –
ohakli shisha
ishlab chiqariladi. Ohakli shisha natriy-silikatli
shishaga qaraganda, pishiqroq va yuqori haroratlarga chidamli bo‘ladi. Bunda ham yuqorida
aytilgan xom-ashyolar, ya'ni, qum va ohak ishlatiladi. Faqat bu safar sodaning o‘rniga potash,
ya'ni, kaliy qo‘shiladi.
Oddiy shishani sayqallash ham biroz mushkul. Uning sirtida dag‘alliklar qolib ketadi
va ichkarisi ham bir tekis bo‘lmay, balki to‘lqinsimon ko‘rinishda, qavariq-botiq bo‘lib qoladi.
Bunday shisha orqali buyumlarga qaralsa, tasvir aslidagidan buzib ko‘rsatiladi. Agar, egri
ko‘zgular o‘rnatilgan xandonxonalarda bunday shisha-ko‘zgulardan atayin foydalanilsa, biroq,
boshqa joylarda, masalan, uylarning derazalarida va avtomobil oynalaridan bu kabi shishani
qo‘llash yaramaydi. Bunday bo‘lmasligi uchun shishaga maxsus ishlov berish kerak.
119
Ikki qatlam shisha orasiga yupqa va shaffof plastik qistirib qo‘yilsa, bunday shisha
sinmaydigan bo‘lib qoladi. Albatta, bunday shisha ham shisha qattiq zarb bilan urilsa,
parchalanib, maydalanib ketadi. Lekin uning siniqlari juda mayda bo‘laklarga parchalanib
ketadi. Agar oddiy shisha sinsa, u odatda katta-katta bo‘laklarga, yirik siniqlarga bo‘linadi
xolos. Bunday shisha siniqlari esa kesgir va sanchiluvchan bo‘lib qoladi. Sinmaydigan shishani
ayniqsa avtomobillar peshoynalari uchun qo‘llansa, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligi
uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, oddiy shishadan farqli ravishda, sinmaydigan shisha
zarb ta’sirida parchalansa ham, u kesmaydigan va sanchilmaydigan tarzda, juda mayda
bo‘laklarga parchalanib ketadi. Shu tarzda, avtomobil ichidagilarning shisha siniqlaridan
jarohatlanishi oldi olinadi.
Suvoq, yoki, terilgan g‘isht ustiga yupqa shisha qatlam berilsa, chiroyli va yarqiroq
pardoz bezagi yuzaga keladi. Bunday bezakni
glazur
deyiladi. Glazurga maxsus moddalarni
qo‘shish orqali, unga turli ranglar berish, yoki, shaffof holga keltirish mumkin. Shaffof
bo‘lmagan glazurni
emal
deyiladi. Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan metalldan tayyorlangan
oshxona anjomlarining aksariyati sirti emallangan bo‘ladi. Emal - metall buyumlarni
zanglashdan saqlaydi va tashqi ko‘rinishini ham chiroyli holatga keltiradi.
Kalsiyning boshqa turkum birikmalari – tirik tabiat, shu jumladan odam hayoti uchun
ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zaruriy moddalar sanaladi. Masalan, qishloq xo‘jaligi
uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mineral o‘g‘it –
superfosfat
o‘g‘itining tarkibi – kalsiy
fosfati va kalsiy sulfatidan iborat. Shuningdek, kalsiyning nitrati va oksidi aralashmasi ham
yaxshi o‘g‘it sanaladi.
Kalsiyning odam organizmi uchun eng muhim ahamiyati esa – sklet suyaklarining
asosan ushbu elementdan tashkil topganligidir. Suyaklarimizning asosiy tarkibiy qismi bu –
kalsiy fosfati moddasidan iborat. Shuningdek, suyakda nisbatan kamroq miqdorda kalsiy
karbonati ham mavjud bo‘ladi. O‘rtacha gavdali, voyaga yetgan odamning skletida 1 kg dan
ziyodroq miqdorda kalsiy mavjud bo‘ladi (shuningdek, 500 gramm atrofida fosfor elementi
ham). Fosfor – yumshoq to‘qimalar tarkibida ham uchraydi. Lekin, kalsiy faqat suyaklarda
mavjud bo‘ladi xolos. Shu sababli, fiziologlar va biokimyogarlar kalsiyni «suyak elementi»
deb ham atashadi.
Yuqorida bayon qilingan ma’lumotlarga tayanib, kalsiy – faqat foydali element ekan
degan xayolga borish mumkin. Lekin, aslida kalsiy doim ham foydali bo‘lavermaydi.
Uylarimizda jo‘mrakdan oqayotgan ichimlik suvining sifati yaxshi bo‘lsa, u ichishga ham
oson, yutimi yumshoq va yuvinishga ham qulay bo‘ladi. Sifati yaxshi bo‘lgan suvda sovun
ham yaxshi gupuradi. Bunday suvda odatda yot aralashmalar miqdori juda kam bo‘ladi. Yaxshi
sifatli suvni asosan yomg‘ir va qor suvlaridan to‘yingan tog‘ ko‘llari suvlaridan olinadi.
Daryolar va pasttekisliklardagi ko‘llar suvlari esa tuproq va oqiziq jinslar bilan aloqada
bo‘lgan bo‘ladi. Buning oqibatida esa, bunday suvlarda tuproq va loy tarkibidagi kalsiy
birikmalari juda oz miqdorda bo‘lsa-da, harholda eriydi va suv tarkibiga aralashib ketadi.
Tarkibida erigan kalsiy birikmalari mavjud bo‘lgan suvda qo‘lni sovunlab yuvilganda, suvdagi
kalsiy birikmalari va sovun molekulalari o‘zaro reaksiyaga kirishib,
kalsiyli sovun
hosil qiladi.
Bunday sovun esa gupurmaydi. Aksincha, u saqich singari yopishqoq bo‘lib qoladi va suvda
yuvsangiz ham ketishi qiyin bo‘ladi. Kiyimga tegib qolsa bunday sovun dog‘ini ketkazish qiyin
bo‘ladi. Santexnika jihozlari – vanna, unitaz va rakovina singarilarga ham kalsiyli sovun
yopishib qolsa, uni tozalash juda qiyin mashg‘ulotga aylanadi. Bunday dog‘ni ketkazish uchun
120
uni artib, yoki ishqab tozalamoqchi bo‘lsangiz, u battar xunuklashib, juda iflos ko‘rinishga
kelib qoladi. Aholiga suvni mahalliy ko‘l va daryolardan olib tozalab uzatiladigan katta
shaharlarda odamlarning uyida vanna va rakovinalardagi sarg‘ish xunuk dog‘lar shu tarzda
paydo bo‘ladi. Bunday dog‘ paydo bo‘lishiga olib keluvchi, ya'ni, tarkibida erigan kalsiy
birikmalari mavjud suvni
qattiq suv
deyiladi.
Qattiq suvni tegishli texnologik ishlov berish yo‘li bilan yumshoq suvga aylantirish
mumkin. Agar qattiq suv tarkibidagi kalsiy birikmasi bu – kalsiy bikarbonati bo‘lsa, unda,
bunday suvni yumshatish, tozalash uchun uni qaynatish kifoya qiladi. Bunda eruvchan kalsiy
bikarbonati qaynash natijasida, harorat ta’sirida erimaydigan kalsiy karbonatiga aylanadi va
cho‘kindi holida idish tubida to‘planib qoladi. Natijada suv tozalanadi. Kalsiyning faqat suvda
eriydigan birikmalari yuqorida aytilgandek ko‘ngilni xira qiladigan dog‘larga sabab bo‘ladi.
Shu tarzda, qaynatib sovutilgan qattiq suvda ham qo‘lni bemalol sovunlab yuvsa bo‘ladi.
Chunki endi u dog‘ paydo qilmaydi. Qaynatish orqali yumshatish mumkin bo‘lgan suvni
mutaxassislar
muvaqqat qattiq suv
deyishadi.
Biroq har qanday qattiq suv ham bunchalik osonlikcha bo‘yin egmaydi. Masalan,
tarkibida erigan kalsiy xlorid va yoki kalsiy sulfat mavjud bo‘lgan qattiq suvni qaynatish bilan
masalani hal qila olmaysiz. Bunday suvni istalgancha qaynatilsa ham, baribir u qattiq
suvligicha qolaveradi. Bunday suvni
doimiy qattiq suv
deyiladi.
Bunday doimiy qattiq suvni yumshatish uchun, unga natriy karbonati qo‘shish kerak.
Natriy karbonati qattiq suv tarkibidagi kalsiy sulfat yoki, kalsiy xloridi bilan birikib, kalsiy
karbonati hosil qiladi. Natijada yana o‘sha jarayon takrorlanadi – kalsiy karbonati cho‘kib
qoladi. Suvda esa natriy sulfat va natriy xloridi qoladi. Bunday suv bilan sovun reaksiyaga
kirishmaydi. Natriy karbonatini uy bekalari
kir yuvish kukuni
sifatida yaxshi tanishadi. Natriy
karbonat ham suvni juda yaxshi yumshatadi. Shuningdek suvni yumshatish uchun unga natriy
fosfat, yoki ammiak qo‘shish mumkin, lekin bu tarzda yumshatilgan suvlar asosan texnik
maqsadlar uchun ishlatiladi va sanoat korxonalarida foydalaniladi. Suvni yana
seolit
deb
nomlanadigan maxsus gil tuproq vositasida ham yumshatish mumkin. Bunda, kalsiy atomlari
seolit atomlari bilan birikib qoladi, ularning eritmadagi o‘rnini esa xavfsiz bo‘lgan natriy
atomlari egallaydi. Hozirgi kunda kimyogar-texnologlar suvni yumshatishning yanada
samarador usullarini ishlab chiqishgan. Masalan, ion-almashinuvchi polimerlar orqali suvni
yumshatish, seolitdan ko‘ra ancha samarali va ishonchli chiqadi. Ion-almashinish usuli bilan
suvni yumshatadigan va tozalaydigan polimerlarning hozirda shunday turlari ishlab
chiqilganki, ular vositasida suvda erigan har qanday birikmalarni, jumladan, natriy xloridini
ham tozalash mumkin. Bu esa, hatto dengiz suvini ham qayta ishlash orqali ichimlik suviga
aylantirish imkonini beradi. Bu esa, sayyoramizdagi toza ichimlik suviga muhtoj hududlar
yaqinida dengiz va okeanlar sohilida suvni tozalash inshootlarini qurish orqali, toza ichimlik
suvi muammosini qisman bo‘lsa-da hal qilish imkonini bermoqda. Okeanlar bo‘ylab uzoq
suzadigan kemalarda ham, ichimlik suvi masalasi aynan shu usul bilan hal qilinadi.
121
Do'stlaringiz bilan baham: |