117
ham yomonroq eriydi. Karbonat angidrid gazi ta’sirida kalsiy karbonat hosil bo‘lishi bilanoq,
u oq kukun ko‘rinishida, eritma turgan idish tubiga cho‘ka boshlaydi. Agar ohakli suvga
ingichka naycha orqali og‘izdan havo puflansa, ohakli suv bir zumda qaymoqrangli, yoki, sut
rangidagi eritmaga aylanadi. Kimyo darslarida avvallari shu usul bilan, odam chiqarayotgan
nafas tarkibida karbonat angidrid gazi mavjudligini namoyish qilib ko‘rsatilar edi.
Qurilish qilgan, yoki hech bo‘lmasa, qurilish ishlarini kuzatgan kishilar, ohakning
qurilish uchun muhim moddalardan biri ekanini juda yaxshi bilishadi. Ohakni suvda so‘ndirib
olingach, oppoq eritma hosil bo‘ladi. Bunda idish tubida kalsiy gidrooksididan iborat cho‘kma
hosil bo‘ladi. Ohak eritmasini yaxshilab aralashtirib yuborilsa, nisbatan quyuq ko‘rinishdagi,
ohakli suspenziya hosil bo‘ladi. Devorni, yoki daraxt tanasini ohaklaganda, o‘sha kalsiy
gidrooksidi devor yoki daraxt tanasi yuzasi bo‘ylab yupqa qatlab hosil qilib, o‘rnab qoladi.
Surtilgan kalsiy gidrooksidi devor sirtida turib, yon-atrofdagi atmosferada doimiy mavjud
uglerod dioksidi bilan darhol birika boshlaydi tezkorlik bilan kalsiy karbonatiga aylanadi.
Kalsiy karbonati esa, devor va daraxtga mustahkam yopishib qoladi. Kalsiy karbonatining
suvda erimasligi tufayli, uni eng shiddat bilan yoqqan yomg‘ir ham yuvib ketmaydi.
Kalsiy gidroksidini qurilish qumi bilan muayyan nisbatlarda aralashtirib, quruvchi
ustalar, bino va inshootlarni qurishda g‘isht terish uchun ishlatiladigan qorishma hosil
qilishadi. Bunda ham, qorishma tarkibidagi kalsiy gidrooksid, havodagi karbonat angidrid gazi
bilan ta’sirlashib, kalsiy karbonatiga aylanadi va o‘z ostidagi va ustidagi g‘ishtlarni o‘zaro
mustahkam jipslashtirib qo‘yadi. Shu tarzda, g‘ishtlar bir-butun yaxlit devorga aylanadi va
mustahkam sobit turadi.
Ba’zan quruvchilar suv ostida ham qotadigan qorishmaga ehtiyoj sezishadi. Masalan,
ko‘priklar qurilishida, yoki, sohilbo‘yi inshootlarini barpo qilishda, muayyan qurilish ishlarini
suv ostida ham bajarishga to‘g‘ri keladi. Suv ostida yuqorida aytilgan qorishma yaramaydi.
Chunki uning qotib, mustahkam bo‘lib qolishi uchun havodagi uglerod dioksidi gazi kerak.
Suv ostida ham qotadigan qorishmani esa quruvchilar
sement
deyishadi. Sement bu – ohak va
gil aralashmasi bo‘ladi. Bunday aralashmaga suv qo‘shilganda, ohak va gil bir-biri bilan va suv
bilan birikib,
Do'stlaringiz bilan baham: