KOINOT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Maqsad:
Ayrim topshiriqlar asosida koinotning fazoda
cheksiz va vaqt jixatdan
abadiyligini, Yerning koinotdagi osmon jismlari bilan uzviy bog’lik ekanligini o’rganish.
Koinot-Osmon-Olam atrofimizni o`rab turgan, vaqt va makon bilan cheklanmagan, materiyaning
taraqqiyot jarayonida hosil qilgan shakllariga ko’ra nixoyatda xilma-xil borliqdir. U to’xtovsiz
rivojlanib, shakllanib turadi. Koinotda Quyosh
kabi yoritgichlar-yulduzlar,
Yer singari
sayyoralar, yulduzlar to’plami-Galaktikalar nixoyatda ko’p.Yulduzlar,
yulduzlar sistemalari-
Galaktikalarni hosil qilgan.Cheksiz Galaktikalarning biri bizning Galaktikadir. Quyosh sistemasi
Galaktikamizning (bizning Galaktika 150 mlrd. dan ortiq yulduz, 100 mln. dan ortik tumanlik va
yulduzlararo moddalarning o’zaro bog’langan to’plamidan iborat) juda kichik bir qismida bo’lib,
Yer esa Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biridir.