Koinot — fazo, olamning astronomik taʼrifi; koʻpincha fazoviy apparatlar, Yer sunʼiy yoʻldoshlari va sayyoralararo stansiyalar orqali oʻrganiladigan yaqin koinot



Download 70,99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.08.2021
Hajmi70,99 Kb.
#151127
Bog'liq
Koinot - Vikipediya



Koinot

Koinot — fazo, olamning astronomik

taʼrifi; koʻpincha fazoviy apparatlar, Yer

sunʼiy yoʻldoshlari va sayyoralararo

stansiyalar orqali oʻrganiladigan yaqin



koinot nazarda tutiladi. Bugungi kunda

koinotning sarhadlari toʻla toʻkis oʻrganila

olingan emas. Koinotdagi borliqning

asosini 


vodorod

 tashkil etadi.

Vodorodning

 turli omillar natijasida qayta

ishlanishi (yuqori harorat va gravitatsiya

(tortishish kuchi)) natijasida turli

koʻrinishdagi galaktikalar va ularning



tarkibida yulduz (quyosh sistemalari)

vujudga keladi. Koinotning qariyb ~85

foiz massasi qora teshiklar va Ulkan qora

teshiklarga toʻgʻri keladi.



Koinot — makon va zamonda bepoyon

borliq, cheksiz moddiy olam. Har xil

alohida jismlarni, ularning sistemalarini,

moddalarning harakati jarayonida

vujudga keladigan kosmik obʼyektlarni

(Yerga Qaraganda bir necha mln. marta

katta) oʻz ichiga oladi. Olamda sodir

boʻladigan turli hodisalar oʻzaro bogʻliq va

bir-birini taqazo etadi. Ular fazo va

vaqtga bogʻliq holda rivojlanadi. Bu

aloqalarga boʻysunadigan qonuniyatlarni

oʻrganish tabiatshunoslikning asosiy




vazifasidir. Moddaning K.da makon va

zamonda taqsimlanishi, turli kosmik

jismlar va ularning tizimlari

astronomiyada, K.ning umumiy tuzilishi,

oʻtmishi va kelajagiga oid masalalar

kosmologiyada oʻrganiladi.

Jamiyat taraqqiyotining har bir

bosqichida insoniyat K.ning biror

chegarasini oʻrgana olgan. Koinot usullari

va astronomik asboblar takomillashgan

sari, K.ni kuzatish chegaralari kengayib,

tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat

bilimi haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib

borgan. Dastlab, inson oʻzi yashab turgan

joy va uning yaqin atrofini, osmonda

koʻzga tashlanib turadigan jismlarni




birgalikda K. deb tushungan. Yerning

sharsimonligi maʼlum boʻlgandan keyin

markazda Yer va uning atrofida

aylanuvchi gʻoyat katta osmon gumbazi

K. hisoblangan. Beruniy, Ulugʻbek, N.

Kopernik, J. Bruno, G. Galiley, I. Kepler, I.

Nyuton va boshqalarning ishlari K. haqida

tasavvur hosil qilishda haqiqiy inqilob

boʻldi hamda Yerning K.dagi vaziyati

haqidagi, sayyoralarning harakat

qonunlari haqidagi va boshqa fanlarga

asos solindi. Quyosh sistemasi haqida

haqiqatga birmuncha yaqin tasavvur

vujudga keldi. 19-asrda rus astronomi V.

Ya. Struve, nemis astronomi F. Bessel va

boshqa olimlar K.ni tadqiq etishda

yangilik — yaqin yulduzlargacha boʻlgan



masofani aniqlaydigan yangi sahifani

ochdilar. Yulduzlarning sayyoralarga

qaraganda koʻp marta uzoqligi aniqlandi.

Galaktika haqida tushuncha paydo

boʻddi. Faqat 20-asr 30-yillaridagina

uning oʻlchamlari va tuzilishi haqida

umumiy maʼlumotlar olindi. Bu davrda

osmondagi tumansimon spiral va elliptik

obʼyektlarning Galaktikadan tashqarida

joylashganligi, ularning har biri

Galaktikaga oʻxshash bir necha oʻn

milliard yulduzdan tashkil topgan

mustaqil galaktikalar ekanligi isbotlandi.

K.ni kuzatishdagi yangi texnik vositalar

(kosmik zondlar, kosmik apparat) ning

paydo boʻlishi yangi kashfiyotlarning

yaratilishiga olib keldi. Mas, Yer, Oy,



Venera, Mars, Merkuriy, Yupiter va ularni

qurshab olgan fazolar haqida koʻpgina

yangi maʼlumotlar olindi. Yer sunʼiy

yuldoshlarishn foydalanish natijasida

fanning amaliy tarmoqlari, xususan,

kosmik yershunoslik — tabiiy muhit, yer

resurslari, geogr., geol., okeanshunoslik

va boshqa masalalarni oʻrganuvchi fanlar

majmui vujudga keldi. Navbatda ularning

birgalikda olingan sistemasi —

Metagalaktikank oʻrganish muammosi

turadi. Astronomik asboblar bizdan bir

necha mlrd. yorugʻlik yili uzoqlikdagi

obʼyektlarni kuzatish imkonini beradi.

1963 yilda kashf qilingan kvazarlar

bundan ham uzoqda joylashgan. K.ning

oʻrganilayotgan qismi chegaralanganligi



uning makon va zamonda cheksizligiga

zid boʻlmay, fan va texnikaning ayni

paytdagi taraqqiyot chegarasini

belgilaydi.

K.dagi moddalarning asosiy tarkibi

plazmadan iborat. Biroq, K.da oʻta zich

tabiatli ("qora oʻra"), shuningdek, asosan,

aynigan gazlardan iborat boʻlgan

obʼyektlar (neytron yulduzlar) ham bor.

Yulduzlar va galaktikalarning oʻziga xos

xususiyatlari uning sirtida portlashlar va

moddalarning otilishi vaqtida yuqori

faollik mavjudligi hisoblanadi (yangi

yulduzlar, chaqnaydigan yulduzlar,

yadrosi faol galaktikalar).



Yer materik jismlarining yoshi zamonaviy

hisoblashlarga koʻra, oʻrtacha 4,6 mlrd.

yilni, Quyoshniki — 5 mlrd. yildan ortiqni,

Galaktikalarniki — 10 mlrd. yilni tashkil

etadi.

Astronomiya fani Quyosh sistemasi,



yulduzlar va galaktikalar olamidagi fizik

qonuniyatlar va evolyusiya qonunlari

hamda sabablarini oʻrganmoqda.

Koʻpgina kosmik jismlar va ular

sistemalarining tarkib topish jarayonlari

juda sekin — millionlab va milliardlab yil

davomida boradi. Quyosh sistemasining

kosmogoniyayechni oʻrgana borib, uning

tuzilishi va jismlarning hosil boʻlish tarkibi



haqidagi maʼlumotlarga asoslanish

mumkin.


Ilgari, K.dagi barcha jismlar massasi,

asosan, yulduzlarda toʻplangan,

sayyoralar va mayda jismlar (kometa,

meteor jism, gaz, chang va boshqalar)

uning ozgina qismini tashkil etadi deb

faraz qilinar edi. Endilikda yulduzlarning

paydo boʻlishi va taraqqiyotida

galaktikalar yadrosi faol ahamiyati

aniqlandi, noyob kvazarlar gravitatsion

linzalar kashf qilindi K. massasining

asosiy qismi galaktikada toʻplangan

deyish mumkin. Galaktikalarning oʻzaro

uzoqlashishi galaktikalar kachonlardir bir



joyda toʻplangan oʻta zich jiyemdan iborat

boʻlganligidan dalolat beradi.

Agekyan T.A., Zvyozdi, galaktiki,

Metagalaktika, 2 izd. M., 1970;

Nuritdinov S.N., Koinot orollari, T.,

1978; Nuritdinov S. N., Somon yoʻli

fizikasi, T., 1989.

Mamadmuso Mamadazimov.

[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

Adabiyot


Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Astronomiyaga oid ushbu maqola

chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga

yordam berishingiz mumkin.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?title=Koinot&oldid=1825271

dan olindi




  Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha



foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Download 70,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish